Tasdiqlayman” yobib direktor o`rinbosari


YOBIB direktor o`rinbosari



Yüklə 436,67 Kb.
səhifə3/10
tarix31.05.2023
ölçüsü436,67 Kb.
#114640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Manaviyat soati 2-kurs 2023

YOBIB direktor o`rinbosari
_______________ P. Jumayev
Mavzu: Moddiy hayotga oid tushunchalar1
Moddiy hayotga oid har bir narsa inson turmushiga bevosita foyda etkursagani u kerak va yaxshi. Agar amaliy foydasi tegmasa, uning zaruriyati yo‘q. Abu Rayhon Beruniy o‘zining “Mineralogiya” kitobida quyidagi voqeani hikoya qiladi. Uni bir dengizchi aytib bergan ekan. Dengiz safari chog‘ida shamol avj olib ketgan. Natijada, kema bir orolga kelib etgan. Bu orol kemaning bosayotgan yo‘lidan ancha narida edi. Kema orol qirg‘og‘ida to‘xtadi. SHu dengizchi sheriklari bilan orolga tushdilar. U bir mahalliy odamda o‘zini qiziqtirgan narsani ko‘rdi. SHuni sotib olmoqchi bo‘lib, egasiga bir dinor (oltin tanga) berdi. Mahalliy odam dinorni olib, uni qo‘lida aylantirdi, hidladi, ta’mini bilmoq uchun tishlab ko‘rdi. SHu odam o‘z sezgi organlari orqali hech qanday foyda va ta’mni sezmagach, u dinorni dengizchiga qaytarib berdi. So‘ngra unga dediki, foydali bir narsa evaziga hech qanday foydasi yo‘q narsani bermoq yaxshi emas.
Bu hikoyadan xulosa chiqarib, buyuk olim Abu Rayhon Beruniy bunday deb yozadi: “Hayotim nomiga qasamyod qilib aytamanki, ana shu savdoning tabiiy shaklidir. Unda hayotning asl tartibi bor. Madaniy xalqlardagi savdo-sotiq shunday bo‘lmog‘i kerak”. Abu Rayhon Beruniy yozadiki, oziq-ovqat bilan inson yashaydi, avlod qoldiradi; kiyim-kechak kishini zarardan saqlaydi, issiq-sovuqda unga kerak bo‘ladi, makon unga joy bo‘ladi, zarardan asraydi. Oltin va kumush esa bunday xususiyatlarga ega emas. Ular - har ikkalasi ham tosh, odamni na to‘ydira, na chanqog‘ini bosar; na zo‘ravonlikdan qutqara, na yomonlikdan saqlay oladilar. Ular faqat insonga zarur bo‘lgan narsalarni sotib olmoqda kerakliklari uchungina maqtaladilar (“Mineralogiya”, 13-b.).
SHuning uchun moddiy hayotda ma’lum o‘rin egallagan oltin va kumushga haddan tashqari katta o‘rin bermoqlik kerak emas. O‘zbek xalqi bu xulosani sodda va juda tushunarli qilib aytib qo‘ygan: “Tilla, kumush tosh ekan; arpa bug‘doy osh ekan”.
Nizomiy Ganjaviyning “Iskandarnoma” dostonida bir ajoyib hikoya bor. Bir mamlakatda No‘shoba ismli ayol hukmronlik qilar edi. U buyuk fotih Iskandar bilan uchrashganida dasturxon yozdi. Dasturxonga oltin, kumush, dur kabi qimmatbaho toshlar to‘ldirib qo‘yilgan tovoqlarni terib qo‘ydi va mehmon Iskandarga dedi:

  • Ol bulardan egin.

Iskandar hayron qoldi va dedi:

  • Bularni eb bo‘lmaydi. Ular tishingni sindiradi, halqumingni tirnaydi va qonatadi. Me’dangni ishdan chiqaradi. Ichaklaringni shiladi va o‘zing esa og‘ir dardga mubtalo bo‘lasan. Nahotki, bu erda oddiy taom topilmasa.

No‘shoba Iskandarga javob berib bunday degan:

  • Nahotki, sening o‘z mamlakatingda senga etarli oddiy taom etishmagan bo‘lsa. Sen ana shu durri gavharlarni deb jahonni egallamoqdasanku. Mana ular, ol, egin!

Iskandar bu haqqoniy savolga javob bera olmay jim bo‘lib qolgan ekan. Bani odam iz ilm yobad kamol Na az hashmatu johu molu minol (SHayx Sa’diy)

Yüklə 436,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə