Tasdiqlayman” yobib direktor o`rinbosari


YOBIB direktor o`rinbosari



Yüklə 436,67 Kb.
səhifə5/10
tarix31.05.2023
ölçüsü436,67 Kb.
#114640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Manaviyat soati 2-kurs 2023

YOBIB direktor o`rinbosari
_______________ P. Jumayev
Mavzu: Hazrat Navoiy ibrati
Temuriylar davrida yashab, ijod etgan shoir, mutafakkir, donishmand, davlat arbobi Alisher Navoiy o‘z zamonasining buyuk allomasi sifatida o‘z asarlarida inson, uning taqdiri, qadr-qimmati, yaxshi-yomon fazilatlari xususida juda ko‘p teran fikrlarni aytib o‘tganligini alohida ta’kidlamoq joiz.
Alisher Navoiy hayotni sevadi, insonni sharaflaydi va ulug‘laydi. Uning ta’kidlashicha, inson hayotini o‘zi uchun ham, shuningdek o‘zgalarga, jamiyatga ham foydali xizmatga bag‘ishlashi, kasb-hunar o‘rganishi, ma’rifatli bo‘lishi, o‘zida yaxshi fazilatlarni rivojlantira borishi kerak.
Alisher Navoiy kishilarni to‘g‘ri, halol, rostgo‘y, sahovatli, himmatli, marhamatli, oqil va odobli bo‘lishga da’vat etadi. Kishilarga insoniy xolatlariga qarab baho berish kerak, deb hisoblaydi. Odamlardagi yomon, xunuk odat, qiliqlarni qattiq tanqid qiladi.
Alisher Navoiy inson tafakkuri, aqli, bilimini va ilmiy bilimlarini yuksak qadrlagan. U “Bilim va donishmandlik insonning bezagidir” deb yozadi. Navoiy farzand tarbiyasiga va uni shaxs sifatida shakllantirishga katta ahamiyat berib, tarbiyalanuvchini “hayot chirog‘i” deb ta’riflaydi. Farzand oilaga baxt va saodat keltiruvchi ziyodir. Uning fikricha, farzandga kichik yoshligidanok bilim va tarbiya berish lozim deb xisoblaydi.
SHuningdek, Navoiy hayotda o‘z ilmiga amal kilish, o‘rganganlarini hayotga tadbiq etish masalasiga alohida e’tibor beradi. Masalan, u “Mahbub ul-qulub” asarida ilm o‘qib uni ishlatmagan kishi, shudgor qilib dehqonchilik qilmagan yoki urug‘ sochib hosildan bahra olmaganga o‘xshaydi, deydi.
Ilm o‘qib qilmagan amal maqbul,
Dona sochib ko‘tarmadi maxsul.
Alisher Navoiy bilim olishda barcha fanlarni o‘rganishni targ‘ib etadi. Bunda u olimu fozillarni yig‘ib, ular orqali ilm-fanni taraqqiy ettirishga e’tibor beradi.
Alisher Navoiyning fikricha, bilimlarni tinmay uzluksiz o‘rganish zarur, bunda har qanday qiyinchiliklarni engib o‘tish muhimligini, qunt bilan ishlash, tirishqoqlik bilan harakat qilish, izchillik bilan kurash, uni oxirigacha etkazish, chidam va sabot bilan o‘rganishni ta’kidlaydi.
Mutafakkir, shoir xotin-qizlarni hurmat qilish, ardoqlash, ona va rafiqa sifatida ulug‘lashni tavsiya etadi.
Alisher Navoiy sevgi va xursandchilik, shodu xurramlikning otashin va jo‘shqin kuychisi edi. U sevgi mavzusini yuqori ko‘tarish bilan, hayotga, insonga bo‘lgan mehr-muhabbatni kuylaydi, olijanob insoniy fazilatlarni targ‘ib qiladi.
Sevgi - inson uchun eng yaxshi xislat, fazilatdir. Sevadigan va seviladigan inson vafodor, sadoqatli, hamdam, to‘g‘ri va halol bo‘ladi.
Navoiy sevgini zo‘r va zar bilan qo‘lga kiritib bo‘lmasligi, sevgi yo‘lida shoh ham, gado ham teng ekanligini uqdiradi.
U o‘zining ko‘pgina she’rlarida zulm, adolatsizlik, insofsizlik, riyokorlik, badbinlikni tanqid qiladi.
Alisher Navoiy 1500 yilda o‘zining «Mahbub-ul-qulub” (“Ko‘ngillarning sevgani”) nomli yirik falsafiy-ta’limiy asarini yozadi. Uning bu asarida hayotdan olgan tajribalari, taassurotlari, ijtimoiy-siyosiy va axloqiy- ta’limiy qarashlariga yakun yasashga harakat qilingan.
«Mahbub-ul-qulub” uch qismga bo‘lingan. Ikkinchi va uchinchi qismlarida yaxshi qiliqlar, yomon xislatlar, yaxshilikning natijasi, yomon hislatlarning oqibati haqida fikr yuritiladi. «Mahbub-ul-qulub”ning ikkinchi qismidagi ayrim boblar va butun uchinchi qismi axloq-odob masalalariga bag‘ishlangan.
«Mahbub-ul-qulub” o‘ziga xos bir nasihatnomadir.
Navoiy bu asarida tavba, zuhd, tavakkal, qanoat, sabr, tavozu va odob, shariat, nazar solish, rizo va ishq masalalarida fikr yuritadi.
SHoir odob va tavozuni insonning olijanob fazilati deb baholaydi. U sevgi va sadoqat masalalariga katta e’tibor beradi.
Vafo va muruvvat insonning oliyjanob fazilati va sifati deb ta’riflaydi.
Navoiy o‘z zamonasi bilan hamnafas bo‘la oladigan va doimo komillikka intilib yashaydigan insonni axloqiy namuna deb hisoblaydi. Inson o‘z zamonasi imkoniyatlaridan foydalanib ham o‘zini, ham zamonasini go‘zal qilishga astoydil harakat qilmog‘i lozim.
CHUMOLI VOQEASI
Alisher Navoiy g‘oyat odamlarga g‘amxo‘r va mehribon bir zot edi. U kishilarga pandu nasihatlar qilar ekan, hech qachon birovga ozor etkazmaslik kerakligini hamisha uqdirardi. SHunda, deydi Navoiy, o‘zing ham hech qachon ozor chekmaysen.
SHoir yozadi:
Fil ersa agar xasming, desangki, zarar ko‘rmay Bir pashshaga olamda etkazma zarar hargiz.
Ma’nosi: Agar sening dushmaning fil kabi kuchli bo‘lsayu, undan biror zarar ko‘rmaslikni istasang, bu olamda bironta pashshaga ham zarar etkazmagin.
Butun molu mulkini ezgu ishlarga sarf etilmog‘i uchun vaqf qilib bergan Navoiyning shaxsiyati shunchalar ulug‘ edi. U nafaqat insonlarga, balki bir pashshaga ham zarar etkazmaslik kerakligini shunday ta’sirli misralarda ifoda etgan.
Xondamirning “Makorimul axloq” (“YAxshi xulqlar”) kitobida Navoiyning qanchalar beozor bo‘lganini ko‘rsatuvchi bir hikoya bor. Bu hikoya Navoiyning o‘sha o‘gitiga o‘zi qanday amal qilganini ko‘rsatadi.

TASDIQLAYMAN”

Yüklə 436,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə