Tasdiqlayman” yobib direktor o`rinbosari


YOBIB direktor o`rinbosari



Yüklə 436,67 Kb.
səhifə6/10
tarix31.05.2023
ölçüsü436,67 Kb.
#114640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Manaviyat soati 2-kurs 2023

YOBIB direktor o`rinbosari
_______________ P. Jumayev
Mavzu: Boburning axloqiy-falsafiy qarashlari
Buyuk mutafakkir, shoir, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) otasi Mirzo Umar SHayx hukmronlik qilgan Farg‘onada tug‘iladi, ammo otasidan juda erta etim qoladi. Umar SHayx vafot etganda Bobur o‘n ikki yoshga hali to‘lmagan edi. Bobur o‘zining tarixiy asari bo‘lgan "Boburnoma"da takidlashicha, u o‘n ikki yoshda podshoh bo‘lgan. YOsh bo‘lishiga qaramay Bobur iste’dodli hukmdor, aql-zakovatli shoir bo‘lib etishdi. U yoshligidan ilm- ma’rifatli kishilarni juda qadrlar, o‘z zamondoshlari asarlarini qunt bilan mutola kilardi. Bobur "Boburnoma" asarini yozish bilan birga ko‘plab g‘azal, ruboiylar yozgan, o‘z asarlarida insonning ma’naviy barkamolligi, yaxshilik, mehr-oqibat, Vatanga muhabbat kabi g‘oyalarni ilgari suradi. U o‘z otasi Umar SHayxni pokiza, e’tiqodli, ilmli, sahovatli, xushxulq, shirinso‘z, mard kishi sifatida tariflaydi, uning misolida insoniy fazilatlarni ulug‘laydi, barcha insonlarning yuqori ma’naviyat egasi bo‘lishini orzu qiladi. Bobur insonlarga yaxshilik qilish inson uchun eng yaxshi fazilat deb biladi, buning uchun u yaxshi xulq-odob egasi bo‘lishi, hayotda yaxshi nom qoldirishga intilishi lozimligini o‘z g‘azallarida ifoda etadi:
Xulqingni rost etgil har sorig‘aki borsang,
"Axsanta"dir bori el, gar yaxshi ot chiqarsang.
Bori elga yaxshilik qilgilki, mundin yaxshi yo‘q.
Kim degaylar daxr aro, qoldi falondin yaxshilik.
Bobur o‘z g‘azallarida kishilarni rostgo‘y bo‘lish, to‘g‘ri, halol, sof ko‘ngil bo‘lishga, hayotni qadrlashga, xayr-sahovatli bo‘lishga undaydi, yolg‘on so‘z yomon oqibatlarga olib kelishini aytadi:
YOlg‘on so‘z ila itob etarsen,
YUz nahr birla xitob etarsen.
Gar yolg‘on bo‘lsa, oxir ey do‘st SHarmanda bo‘lursen, oxir ey do‘st.
Bobur ijodidagi asosiy g‘oyalardan biri Vatan ishtiyoqi, Vatan tuyg‘usi, uni sevish va ardoqlash, Vatanni sog‘inish, uning ishqi bilan yonish kabilar bo‘lib, u ona yurt go‘zalliklari, nozu nematlari, xalqning urf-odatlarini, muhabbatini qo‘msaydi, Vatandan uzoqda bo‘lishlikni g‘ariblikda yashash deb biladi:
YOd etmas emish kishini g‘urbatda kishi,
SHod etmas emish ko‘ngilni mehnatda kishi.
Ko‘nglum bu g‘ariblikda shod o‘lmadi, oh,
G‘urbatda sevinmas emish, albatta, kishi.
Tole yo‘qki, jonimga balolig‘ bo‘ldi,
Har ishni ayladim xatolig‘ bo‘ldi.
O‘z erni qo‘yub Hind sori yuzlandim,
YO rab netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.
Boburning ushbu g‘azallari yoshlarni Vatanni sevish, vatanparvarlik, rostgo‘ylik ruhida tarbiyalashda ibrat namunasi bo‘lib xizmat qiladi.
Boburning ulkan san’atkorligi shundaki, shaxsiy kechinmalarini jiddiy umumlashma darajasiga ko‘tara oladi va natijada asarlarida olg‘a surilgan g‘oyalar umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko‘tariladi. Bobur ijodida, xususan, she’riyatida kindik qoni to‘kilgan ona yurtini dildildan qo‘msash, uning tuprog‘iga talpinish, g‘ariblik azoblaridan o‘tli hasrat, yoru diyor soginchi va visol ilinji, takdir zarbalari va turmush uqubatlari, zamona nosozliklaridan nola badiiy tahlil etiladi.
Buyuk tarixiy siymo sifatida Bobur shaxsi Evropa va AQSH sharqshunos- tarixchi olimlari diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb etgan. Ingliz tarixchisi Eduard Holden, avvalo, Boburni mashhur YUliy Sezar bilan qiyoslashni lozim topadi: «Bobur fe’l-atvoriga ko‘ra Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir. Uning manglayiga yuksak fazilatli inson deb bitib qo‘yilgan».
Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik va o‘smirlik yillari haqida roman yozgan «Boburnoma»ning ingliz tarjimoni Uilyam Erskin Boburni Osiyo podshohlariga qiyosan shunday baholaydi:
«Saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi».
Bobur, nazarimizda, bir necha jihatdan kamolot sohibidir: birinchidan, o‘z qarindosh-urug‘larigagina emas, begonalarga ham mehr-muruvvat va hadyalar saxovatidagi oliyhimmatlilik;
ikkinchidan, kim bo‘lmasin, do‘st yoki dushmanmi, uning shaxsini xolis, to‘la- to‘kis baholash iqtidori;
uchinchidan, shariatning tolmas bayroqdori, shariatpanohlilik;
har bir ijtimoiy-siyosiy, axloqiy holatga baho va hukmni shar’an berish
salohiyati, zinhor bundan chekinmaslik;
to‘rtinchidan, jismoniy etuklik (chunonchi, Hashtiyak qishlog‘ida qirg‘og‘i muzlagan chuqur tezoqar ariqda ko‘p marotaba cho‘mib chiqadi (matn tabdili): «Menga g‘uslga ehtiyoj bor edi. Bir ariq suvidakim qirg‘oqlari qalin muz to‘ngub edi, o‘rtasi suvning tezligi sababli muz bog‘lamagan edi, bu suvga kirib g‘usl qildim. O‘n olti qatla suvga cho‘mdim. Suvning sovuqligi xiyla ta’sir qildi»);
beshinchidan, kechirimlilikda musulmoni komilga xos eng yuksak daraja sohibi edi (Bobur Hirotga, Husayn Boyqaro ta’ziyasiga ketganida pochchasi
Mirzoxon Kobul saltanatini egallab oladi. Bobur qaytib kelib, o‘z taxtiga ega bo‘lib, hech bir jazo chorasini qo‘llamay, Mirzoxonni Xurosonga jo‘natadi. Bir yil o‘tar-o‘tmas Mirzoxon qaytib kelib, Boburning ishonchli va e’tiborli kishilari safiga qabul qilinadi);
oltinchidan, har sohada fikr etukligi — mutafakkirlik unga xos edi.
TASDIQLAYMAN”

Yüklə 436,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə