Tasdiqlayman” yobib direktor o`rinbosari


YOBIB direktor o`rinbosari



Yüklə 436,67 Kb.
səhifə2/10
tarix31.05.2023
ölçüsü436,67 Kb.
#114640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Manaviyat soati 2-kurs 2023

YOBIB direktor o`rinbosari
_______________ P. Jumayev
Mavzu: Tasavvufda - komil inson tarbiyasi
Tasavvufda komil inson mavzusi bosh masalalardan biri hisoblanadi. Komil inson qanday bo‘lishi kerakligi haqida gap ketarkan, tasavvuf ahli komil insonlar odamzod orzu qilgan barcha ezgu xislatlarning ifodachisi bo‘lishi lozim, deb hisoblaydi. CHunki, olam komil insonlar tufayli obod va barqarordir.
Komil inson - bu yaxshi so‘z, yaxshi fe’l, yaxshi axloq va maorifga ega bo‘lgan insondir. Barcha odamlar komil inson tufayli mavjuddirlar.
Tasavvuf insonni Alloh yo‘liga boshlaydi, go‘zal xulqli, halol va pok bo‘lishga, so‘zi bilan ishi, tili bilan dili bir bo‘lishga, ilmli, madaniyatli, ma’naviyatli bo‘lishga da’vat etadi.
Tasavvuf etimlar haqida g‘amxo‘rlik qilish, yosh avlodga astoydil ilm o‘rgatish, o‘z bor imkoniyatlarini odamlardan qizg‘anmaslik, qarindosh-urug‘, ota-ona, yaqinlari, piru ustozlarini hurmat qilib, ulardan xabar olib turishni targ‘ib qiladi.
Tasavvuf tarafdorlari ilm egallash, ma’rifatli bo‘lish inson uchun eng zarur omillardan hisoblanadi, deb uqdirdilar.
Umuman olganda, tasavvuf serqirra, jozibali, sirli bir ta’limotdir.
Inson ma’naviy-ruhiy komillikka erishishi uchun to‘rt bosqichni bosib o‘tishi kerak: shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat.
Birinchi bosqich bo‘yicha diniy marosimlar, shariat aqidalarining taqvolarini aynan, izchil bajarmoq zarur.
Ikkinchi bosqichda nafsni tiyish, xushnudlik, xilvat, ma’naviy muhabbatni chuqurlashtirib, xudo to‘g‘risida o‘ylash, ya’ni tariqat-fano, o‘zdan kechish, ko‘ngilni poklab, ruhni nurlantiruvchi faoliyatda bo‘lmog‘i lozim.
Uchinchi bosqichda hamma narsaning, butun borliqning asosi Xudo ekanligini, o‘z mohiyati bilan birligini bilish va anglashga intilishi kerak. Bu holda odam uchun barcha kibru havo, manmanlik, shon-shuhrat be’mani bo‘lib ko‘rinadi. SHunda u orif, ya’ni bilimli, Xudoni tanigan bo‘ladi.
Nihoyat, to‘rtinchi bosqichda, so‘fiy Xudoning dargohiga erishadi, vasliga vosil bo‘ladi, u bilan birlashadi, vahdat tashkil etadi, shu bilan inson foniy, ya’ni «anal-haq» bo‘la oladi.
Tasavvuf (so‘fiylik) uch oqimga bo‘lingan.
Birinchi oqimning mashhur nazariyotchilari Zayniddin Muhammad Imom G‘azzoliy (1058-1111) va Ahmad YAssaviylardir. G‘azzoliy inson kamolga etishi, Xudo «vasliga» erishishi uchun ma’lum shartlarni bajarmog‘i lozimligini ta’kidlaydi.
Ikkinchi oqim Naqshbandiya ta’limoti bilan bog‘liqdir. Bu oqim XIII asr oxirlarida shakllanib, X1U-XU asrlarda Markaziy Osiyoda keng rivojlanadi.
Uchinchi oqim- Kubraviya tariqatidir.
Aytilganlarga muvofiq bu uch oqim tegishlicha, YAssaviya, Naqshbandiya, Kubraviya oqimlari deb ataladi.
Tasavvufning Turonzaminda paydo bo‘lib, keyinchalik butun islom dunyosida keng tarqalgan bu uch tariqatdan birinchisi Xoja Ahmad YAssaviy hazratlari nomi bilan bog‘liq. SHuning uch bu oqim YAssaviya tariqati deb ataladi.
XII asrdan keyin bu tariqat butun Turkiston xududida keng tarqaladi.
YAssaviya ta’limoti bo‘yicha, nodonlik tufayli hayotda savodsizlik, diyonatsizlik, ota-ona va ustozlarga hurmatsizlik, ma’naviy qashshoqlik, yovuzlik, nodonlik, razolat hukm surgan joyda, ma’rifat bo‘lmagan o‘lkada inqirozga yuz tutiladi.
YAssaviy qarashlarida islomni tasdiq etish g‘oyasi markaziy o‘rinni egallaydi. Odam Allohning eng go‘zal va mukammal ijodi, shuning uchun uni e’zozlash, ardoqlash lozim.
YAssaviy kishilarni adolatsizlikdan himoya qilish g‘oyasini targ‘ib etadi. Ahmad YAssaviy turkiyzabon xalqlarning o‘ziga xos tasavvuf qoidalarini yaratdi. Bu tariqatning eng asosiy fazilati-uning xalqchilligidir. Unda ham Alloh, ham inson madh etiladi.
Ahmad YAssaviyning «Devoni hikmat» asarida insonni qadrlash, uni adolatsizlikdan, zulmdan himoya etishga, komillik va mukammallikka da’vat etiladi. YAssaviya tariqatida diniy-ahloqiy, falsafiy g‘oyalar behisobdir. Jumladan, unda ariq ochib, ikki tup daraxt ko‘kartiring, qo‘lingizdan kelsa, odamlarni ilm-ma’rifat, odob-axloqqa o‘rgating, masjid, madrasa quring, farzandlaringizni mo‘min-qobil qilib tarbiyalang, ezgulikka o‘rgating deyiladi.
Tariqat bu dunyo qusurlarini insonga yuqtirmaslik, uning sofligi va musaffoligi g‘oyasini olg‘a suradi.
Ahmad YAssaviy hikmatlarida poklik, halollik, mehr-shafqat, o‘z kuchi, peshona teri va halol mehnati bilan kun kechirish, g‘ayri insoniy ishlarga nafrat bilan qarash, insoniy soflikni saqlashga intilish behad darajada sharaflanadi. YAssaviya tariqati g‘oyalari va asosiy qoidalari Xoja Ahmad YAssaviyning izdoshlari Sulaymon Boqirg‘oniy va Abdulxoliq G‘ijduvoniy tomonidan rivojlantirildi.
Abduxoliq G‘ijduvoniy Ahmad YAssaviy yo‘lini davom ettirib, uning ta’limotini ijodiy boyitdi. U o‘zining farzandi uchun maxsus yozilgan “Vasiyatnoma”sida o‘g‘liga juda ko‘p maslahatlarni aytib o‘tadi. CHunonchi, shuhrat talab bo‘lma, kam gapir, kam e, oz uxla, hamisha halol va pok yasha, halol e, nashadan parhez qil, har bir kishiga mehr-shafqat ko‘zi bilan boq. Mehribon bo‘l, hech kimni o‘zingdan past hisoblab, uni tahqir etma, birovdan aslo biror narsa ta’ma qilma, degan o‘gitlari hozirgi zamon yoshlari uchun ham asosiy yo‘l- yo‘riqdir.
XII asrda Kubroviya tariqati vujudga keladi. Uning asoschisi Xorazmlik Najmiddin Kubrodir (1145-1221). Najmiddin Kubro 8 ta asar yozib qoldirgan. Ulardan ikkitasi bizgacha etib kelgan: “Ayn-al-hayot” (Qur’on sharhiga bag‘ishlangan tafsir) va “Fi-al-adab” (“Odob qoidalari”). YAna 25ruboisi ham saqlanib qolgan. Najmiddin Kubro ruboiylaridagi asosiy g‘oya komil insonni tarbiyalash, odamni halokatga boshlovchi nafs, xusumat, gumon, ta’na, nifoq, riyo, fosiqlik kabi yomon fe’l-atvorlardan xalos bo‘lib, faqat yaxshi ishlar qilishga, ruhiy poklikka chorlashdan iboratdir.

TASDIQLAYMAN”

Yüklə 436,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə