Tasdiqlayman” yobib direktor o`rinbosari


Buyuk Ekaterina 11(1729 — 1796)



Yüklə 436,67 Kb.
səhifə9/10
tarix31.05.2023
ölçüsü436,67 Kb.
#114640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Manaviyat soati 2-kurs 2023

Buyuk Ekaterina 11(1729 — 1796). 34 yil Rossiya imperiyasini boshqargan. Ekaterina II davrida mamlakatning g‘arbi va janubidagi 518.000 km2lik hudud Rossiya tarkibiga kiritildi. Qrim, Ukraina, Belarus, Latviya va Litva kabi o‘lkalarni o‘z imperiyasiga qo‘shib oldi. Ekaterina II o‘z navbatida madaniyat va san’atga ham mehri baland inson bo‘lgan. O‘z zamonasining faylasuflari bo‘lmish Volter, Diderot va D'Alembertlar bilan yozishmalar qilib turgan. 1764 yilda Evropadan keltirgan 250 ta san’at asarini namoyish qilish maqsadida Sankt Peterburgda Ermitaj muzeyini barpo qildiradi. Bu muzey ayni damda ham dunyoning eng qadimiy muzeylaridan biri sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.
“Nobel”ni olgan ilk ayol
Mariya Kyuri (1867 - 1934) Kelib chiqishi polshalik fransuz kimyogari. Asl ismi Mariya Sklodovska bo‘lgan olima fizika fani o‘qituvchi bo‘lgan. Uran elementi ustida o‘tkazgan tajribalari orqali radioaktivni kashf qildi. Ushbu tadqiqotlari sababli 1903 yilda ayol olimalar ichida ilk bor fizika sohasida “Nobel” mukofotini olgan. 1911 yilda ikkinchi bor ushbu mukofotni qo‘lga kiritdi, bu gal kimyo sohasida. SHu tariqa u “Nobel” mukofotini ikki marta qo‘lga kiritgan birinchi insonga aylandi. Uning qilgan tadqiqotlari bir elementning radioaktiv ishlovdan keyin boshqa bir elementga aylana bilishini ko‘rsatardi. Bu kimyo sohasidagi yangi bir sahifaning ochilishi edi. 1934 yilda qon saratonidan vafot etdi. Ushbu kasallikka radiatsiya nurlarida ko‘proq qolish sabab bo‘lganligi ma’lum qilindi. SHu bois uni fan uchun qurbon bo‘lgan olima sifatida tan olishgan.
Ko‘r, soqov, kar pedagog
Elen Keller (1880 - 1968). 19 oylik oylik paytida chalingan bir kasallik tufayli ko‘r, kar va soqov bo‘lib qolgan. Bunga qaramay u erishgan marralar afsonaviy muvafaqqiyatga aylandi. Beshta tilni bilgan, velosiped, kanoe va elkanli kema orqali sayr qila oladigan, suzishni, shaxmat o‘ynashni bilgan Elen Keller yozgan maqolalari va bir nechta kitoblari bilan o‘zi singari nogironlarga juda katta asqotgan. Amerika ko‘zi ojizlar vaqfida faoliyat yuritgani bois dunyoning juda ko‘plab davlatlarida bo‘lgan. Bir zamonlar Kellerning do‘sti bo‘lmish mashhur yozuvchi Mark Tven u haqda shunday degan: “Sezar, Makedonskiy, Napoleon, Gomer, SHekspir va boshqa ko‘plab barhayot siymolar guruhiga mansub buyuk inson. Bundan 1000 yil o‘tib ham bugungidek mashhur bo‘lib qoladi”. “Hayotimning hikoyasi” kitobi klassik asarlar qatoridan joy egalladi, 50 dan ortiq tillarga o‘grildi. 1953 yilda Elen Keller hayoti haqida hujjatli film ishlandi va ushbu film “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi.
Inson huquqlari himoyachisi

Yüklə 436,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə