Tasdiqlayman” yobib direktor o`rinbosari



Yüklə 436,67 Kb.
səhifə10/10
tarix31.05.2023
ölçüsü436,67 Kb.
#114640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Manaviyat soati 2-kurs 2023

Roza Parks (1913 - 2005). XX asrning o‘rtalarida AQSHning janubiy
shtatlarida oq tanlilar va qora tanlilar avtobuslarda alohida o‘rindiqlarda
o‘tirish an’anasi bo‘lgan. 1955 yilda Alabamada bir oq tanli odam qora tanli
127
bo‘lgan Parksdan o‘ziga joy berishni so‘raydi. Oq tanlilarga oid o‘rindiqda o‘tirgan Parks o‘rnidan turmaslikka qaror qiladi va bu “aybi” uchun uni qamoqqa olishadi. Bu voqea mamlakatda qora tanlilarning haq-huquqlarini talab qilish borasidagi ilk namunalardan biri sifatida tan olindi. Ushbu voqeadan so‘ng qora tanlilar bir yil avtobusga minishdan bosh tortishadi va faqat piyoda yurishadi. Bundan keyin federal mahkama bu ayirmachilk qonunini bekor qilishga majbur bo‘lgan. 1996 yilda hukumat tomonidan “Hurriyat” oltin medali bilan taqdirlangan. 1999 yilda “T1te” nashri Roza Parksni “XX asrning inson huquqlarini himoyachisi” deb e’lon qildi.
TASDIQLAYMAN”
YOBIB direktor o`rinbosari
_______________ P. Jumayev
Mavzu: Ayol aziz ona muqaddas!
Yurtimizda mustaqillik yillariga kelibgina ayollar chin ma’noda e’zoz topdi, ularning jamiyatda tutgan mavqei va nufuzini, ijtimoiy hayotimizdagi faolligini oshirish borasida beqiyos ishlar amalga oshirildi.
Bugun onalarimiz, opa-singillarimiz mamlakatimizning katta vazifasini zimmasiga olgan senator, deputat, vazir, hokim, tashkilot rahbari, ilm so‘qmoqlarida ixtirolar yaratayotgan olima, madaniy merosimiz rivojiga hissa qo‘shayotgan san’atkor, xalqimiz baxtini tarannum etayotgan adiba, xalqaro musiqa, fan olimpiadalari va sport musobaqalarining g‘oliblari, yangi avlodning oqila murabbiyasi, dillariga darmon shifokori, xullasi kalom, har biri yurtimizning fidoyisi.
YUrtboshimizning «Ayollarni qancha ulug‘lasak, hayotimizning chirog‘i, umrimizning guli deb e’zozlasak, demakki, oilamizni, Vatanimizni e’zoz- lagan bo‘lamiz», «Dunyoda «muqaddas» degan so‘zga eng munosib zot ham — Ona- dir», degan da’vati bugun har birimizning ongu shuurimizni munavvar etib, ezgu ishlarimizga qanot bag‘ishlayapti. Ayol — Oila — Jamiyat — Taraqqiyot tushunchalarining bir-biriga uzviy bog‘langanligini teranroq anglatib, bu uzviylikni qadrlashga, mustahkamlashga undayapti.
Dunyoda onaday zahmatkash zot yo‘q, deb bejiz aytilmaydi. Darhaqiqat, ona- larning umri davomida amalga oshiradigan ishlarini uncha-muncha alloma hisoblab adog‘iga eta olmaydi.
Lekin barchamiz ko‘rib-bilib turibmiz, bizning yurtimizda, bizning davrimizda onalarning, ayollarning zahmatli mehnati munosib sharafla- nayapti. Ko‘ksida Qahramonlik yulduzi, yuzida quyosh balqib turgan ayollarimizga qaraganda qalbimiz faxr-iftixor tuyg‘ulariga to‘ladi. Vatanimizning yuksak mukofotlariga loyiq ko‘rilgan opa-singillarimizni, ayniqsa, o‘z iqtidorlarini namoyon qilib «Nihol» va Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan yosh-yosh qizlarimizni ko‘rganda, ko‘ngillarimiz quvonchdan yashnab, sevimli shoiramizning farahbaxsh tilaklarini dilda takrorlaymiz: «Bu bog‘lar — bir bog‘lar bo‘ladi hali!»
Ha, o‘z bekalari, begoyim, bekajonlarini e’zozlayotgan O‘zbekiston deb atalgan bu bog‘ jannatmonand bir bog‘ bo‘ladi. Bunga ayollarni qadrlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, og‘irini engil qilish ishlari davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani kafolat beradi. Ayollarni, onalarni e’zozlagan yurt esa taraqqiyotda yuksak bo‘lsa yuksak bo‘ladi, aslo hech bir mamlakatdan kam bo‘l- maydi.
Bizning qulog‘imizga onalarimiz allasi bilan ezgulik singgan edi. Hozirgi yangi avlod qulog‘iga esa Mustaqillik ne’matlaridan bahra olgan baxtiyor onalarning allalari bilan ezgulikning xush nafasi singmoqda va ular yurtimizda barkamol avlodni tarbiyalash borasida yaratilgan shart- sharoitlardan bahramand bo‘lib voyaga etmoqda. Demakki, intellektual salohiyati keng bu avlod bizdan ko‘ra ko‘proq yurtimizni, onalarni, ayollarni ulug‘laydi. Ona -O‘zbekistonimizni qudratli davlatlar ichra qudratli, obod mamlakatlar ichra obod davlatga aylantiradi.2

1МАТН Азизхон Қаюмовнинг “Ёшлар тарбиясида моддий ва маънавий ҳаёт уйғунлиги масалалари” китобидан олинди. - Т.: 2012й. 31-34 б.

2"Ўзбекистон овози» газетасидан олинди.8.03.2013

Yüklə 436,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə