Ташқи иқтисодий фаолиятни ривожлантиришда суғурта бозорининг роли



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə4/6
tarix27.03.2018
ölçüsü0,49 Mb.
#34833
1   2   3   4   5   6

Buyuk Britaniya sug`urta tizimi.Buyuk Britaniya sug`urta bozorining markazi London xisoblanib, shahar uzining kup qirrali sug`urta faoliyati bilan jaxonda mashxur. Unda jaxondagi yirik sug`urta kompaniyalarining vakolatxonalari mavjud, ular faqat sug`urtalash bilangina emas, balki qayta sug`urtalash bilan ham shugullanadilar. Bular orasida «Lloyd» sug`urta kompaniyasi markaziy o’rin egallaydi.

Buyuk Britaniya sug`urta bozorining xususiyati quyidagilardan iborat:



  1. Aholiga xizmat kursatadigan pensiya, investistiya kompaniyalari faqat avtomobillargina emas, balki boshqa uy-ruzgor mol-mulklari, javobgarlik, fuqarolik sug`urta va sug`urtaning boshqa turlari bilan ham shugullanadilar;

  2. Akstiyadorlar jamiyati hamkorlik sug`urtasi yo’li bilan o’zlariga tegishli sug`urta turlarini amalga oshiradilar;

  3. Sug`urta tashkilotlari orasida Lloyd sug`urta tashkiloti markaziy o’rinni egalaydi, unga 400 sug`urta sindikatlari qaraydi. Ular anderrayterlar tomonidan boshqariladi. Bundan tashqari brokerlar tomonidan oddiy va qayta sug`urta shartnomalari tuziladi;

  4. Sug`urta tashkilotlari ustidan savdo va sanoat departamentining sug`urta nazorat bo’limi nazorat urnatadi. Sug`urtaning ayrim turlari bo’yicha ruxsat olish uchun departament bo’limiga qator xujjatlar taqdim etiladi;

  5. qayta sug`urta xajmi cheklangan bo’lib, 10 dan 20% gacha olingan majburiyat xisobidan qayta sug`urtalanadi;

  6. Savdo va sanoat departamenti xuzurida sug`urtalanganlar xuquqini ximoya qilish bo’limi bo’lib, bo’lim ixtiyorida maxsus fond tashkil qilingan, uning xisobidan zarar kurgan sug`urta tashkilotlariga dotastiya beriladi;

  7. Buyuk Britaniyada fuqarolik javobgarligining majburiy sug`urtasi mavjud. Transport, uy xayvonlari bundan tashqari buxgalterlar, advokatlarning kasb javobgarligi bo’yicha sug`urta shartnomalari tuziladi;

  8. Moliyaviy xisobot auditor tekshiruvidan o’tadi;

  9. Sug`urta tashkilotlari uz foydasidan mol-mulk uchun soliq to’laydilar.

Germaniya sug`urta bozori.Germaniya sug`urta bozorida mol-mulk sug`urtasi 51%, shaxsiy sug`urta 37%, tibbiyot sug`urtasi 12% ni tashkil qiladi. Bu sug`urta to’lovlari faqat fuqarolarga tegishli bulmasdan balki yuridik shaxslarga ham tegishlidir. Hammasi bo’lib sug`urta tashkilotlari faoliyati fuqarolarga xizmat kursatish bo’yicha 87%, xuquqiy shaxslarga esa 13% ni tashkil qiladi.

Sug`urta faoliyati ikki yo’nalishga ega:



  1. Ijtimoiy ta’minot;

  2. Sug`urta xizmatini ko’rsatuvchi sektor.

Ijtimoiy ta’minot yo’li bilan qarilik, vaqtincha mehnat qobiliyatini yuqotish, ishsizlik sug`urtalanadi.

Xususiy sektor 3 yo’nalishda faoliyat kursatadi:



  1. Akstionerlik jamiyatlari mulkini sug`urtalash;

  2. Hamkorlik (uzaro) sug`urtasi;

  3. Davlat sug`urtasi.

Sug`urtani boshqarish Germaniyada yaxshi yulga qo’yilgan. Maxsus sug`urta kompaniyalari faoliyatini nazorat qilish departamenti mavjud bo’lib, uning asosiy vazifasi sug`urtalanganlar xuquqini ximoya qilishdan iborat bo’lib, buning sababi Germaniyada sug`urta tashkilotlari keltirilgan zararlarni qoplaydigan fond tashkil qilinmaganidadir.

Sug`urta tashkilotlari federal viloyatlar (er organlari) tomonidan nazorat qilinadi. Barcha viloyat sug`urta kompaniyalari ustidan Federal Nazorat Departamenti kuzatib boradi.

Germaniyada ixtiyoriy sug`urta bilan birga majburiy sug`urta ham mavjud bo’lib, bunda yollanib ishlovchilar, avtotransport egalarini uchinchi shaxsga etkazgan zararlari, xavo transporti xodimlari, dori-darmon ishlab chiqaruvchilar majburiy tartibda sug`urtalanadilar.

Har bir sug`urta tashkiloti yillik xisobot topshiradi. Sug`urta tashkilotlari daromadi soliqlar vositasida bilan tartibga solinadi. Sug`urta faoliyatidan 50% stavka bilan hayot sug`urtasidan tashqari tuzilgan barcha shartnomalar bo’yicha keladigan daromadlardan soliq olinadi.



Yaponiya sug`urta tizimi.Yaponiyada sug`urta dastlab XX asrning urtasida Buyuk Britaniyaning tashabbusi bilan vujudga kelgan. Faqat Yokogomada 240 ta sug`urta tashkiloti faoliyat ko’rsatgan. Lekin dastlabki milliy sug`urta tashkiloti 1879 yilda Tokio Marina nomi bilan 8 yil bo’lgandan keyin yong`inga qarshi sug`urtalaydigan Yasuda sug`urta kompaniyasi qad kutargan.

Bu tashkilot faqat mulklarni sug`urtalash bilan emas, balki shaxsiy sug`urtani amalga oshirish bilan shugullangan bo’lib, lekin dastlabki davrlarda sug`urta tashkilotlari faoliyatlari davlat tomonida emas edilar. Faqat 1900 yilda birinchi sug`urta konuni qabul qilinib, sug`urta zamon talablariga javob beradigan tartibda tashkil qilina boshlandi, mulkiy sug`urta bilan shaxsiy sug`urta urtasidagi xususiyatlar aniqlandi. Shu yildan boshlab sug`urta ustidan davlat nazorati urnatildi. Utgan 100 yil davomida sug`urta haqidagi qonunga faqat ikki marotaba uzgartirish kiritildi.

1940 yilda sug`urta tashkilotlarining soni 48 taga etdi. Urush davrida sug`urta tashkilotlarinig soni bir muncha qisqargan bulsa ham, 1955 yilga kelib, ayniqsa avtomobillarni sug`urtalash haqidagi qonun qabul qilingandan keyin, sug`urta tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi.

Xozirda Yaponiyada 56 ta sug`urta kompaniyalari majud bo’lib, 1955 yilga nisbatan sug`urta to’lovlari 130 barobarga yaqin kupaydi. Yillik usish 13% ni tashkil qiladi. Yaponiya iqtisodiyotining rivojlanishi natijasida sug`urta tashkilotlarini jamgarmalari 100 mlrd. AqSh dollarini tashkil qildi. Sug`urta agentliklarida 1 mln.dan ortiq agent faoliyat ko’rsatadi.

Sug`urta turlari orasida avtomobillarni sug`urtalash katta o’rin tutadi, uning xissasi 51,1%, dengiz transporti sug`urtasi 10% dan ortig`ni tashkil qiladi.

Sug`urta tashkilotlari faoliyati ustidan Yaponiya moliya vazirligi nazorat olib boradi. Vazirlik qoshidagi assostiastiyalar sug`urta, ayniqsa avtomobil sug`urtasining stavkasini, baxtsizlik xodisalari, yongin sug`urtasi shaxsiy sug`urtaning boshqa turlari bo’yicha ta’riflarni belgilaydi.

Yaponiya sug`urta tashkilotlari iqtisodiy jixatdan barqaror bulishlariga qaramasdan o’z faoliyatlarini kengaytirishga, buning uchun harajatlarni kamaytirishga aloxida ahamiyat berdilar. Yaponiyada yuklarini sug`urtalash diqqatga sazovordir. Oziq-ovqat, sanoat tovarlari muzlatilgan gushtlarni tashish aloxida xususiyatlarga ega. Bunda ta’rif qo’llangan marshrut yukning turi va tashish usuli xisobga olinadi. 1996 yil aprelda sug`urta qonuniga kiritilgan uzgartirishlarda sug`urta ishida davlatning aralashuvini kamaytirish, mulk va shaxsiy sug`urtaning o’zaro munosabatlarini takomillashtirishga aloxida ahamiyat berildi.

Aholi tarkibida qariyalarning xissasini oshirib borishi sug`urtalashda ham e’tiborga olinmoqda. Avtomobil sug`urtasida xaydovchini yoshi, tajribasi, mashina markasi, olib qochish sodir bulganda qarshilik kursatish vositalari va boshqalar e’tiborga olinadi. Keyingi yillarda sug`urta tizimini yiriklashtirishga aloxida e’tibor berildi.

Shunday qilib xorijiy mamlakatlarda sug`urta xalqaro sug`urta bozorining tarkibiy qismi xisoblanadi. Sug`urta yordami bilan yalpi milliy maxsulotining 8-12% taqsimlanadi. Sug`urta badallari yirik investistiyalarning manbai xisoblanadi va sug`urta fondlaridan davlat qarzlarini tulashda ham foydalaniladi.

Ko’pchilik mamlakatlarda sug`urta markazlashtirilmagan xolda boshqariladi, lekin xozirda sug`urtani boshqarishni markazlashtirilgan xolda tashkil qilishga aloxida ahamiyat bermoqda. Uning uchun zarar kurgan sug`urta tashkilotlarini faoliyati ustidan nazorat kuchaytirilmoqda.

Jaxon miqyosida mamlakatlar o’rtasida sug`urta aloqalarining rivojlanishi bilan qayta sug`urtalash operastiyalarini kengaytirishga aloxida ahamiyatga ega bulmoqda.

Fan - texnika taraqqiyoti natijasida yangi xavf-xatarlarning vujudga kelishi bilan sug`urtaning yangi turlarini shakllanishi vujudga keldi.Jaxonda fan-texnika taraqqiyoti ilmiy texnika rivojlanishiga ijobiy ta’sir kursatmoqda. Shu munosabat bilan boshqa mamlakatlarda amalga oshiriladigan yoki kelgusida istiqbolga ega bulgan sug`urtaning turlariga quyidagi xavf-xatarlarni kiritilishi mumkin:



  1. Dastlab boshqa sayyoralarga muntazam kosmik kemalarining parvozini tashkil etilishi munosabati bilan osmonga uchish tadbirlari bo’yicha sug`urta;

  2. Atom xavf-xatari sug`urtasi, bu sug`urta atom asosida ishlaydigan elektr stanstiyalarga doir sug`urta;

  3. Robotlar va elektron xisoblash mashinalari bo’yicha sug`urta;

  4. Tabiatni muxofaza qilish tadbirlari bo’yicha sug`urta;

  5. Yangi ixtirolar va kashfiyotlarni ishlab chiqarishga joriy qilish bo’yicha sug`urta.

Xorijiy mamlakatlar sug`urta kompaniyalari tomonidan sug`urta ishlarini tashkil etish bo’yicha qator tajribalar to’plangan bo’lib, mamlakatimizda sug`urta ishlarini kengaytirish uchun birinchi navbatda ushbu tajribalardan foydalanib, quyidagi tadbirlarni amalga oshirilishi lozim:

  1. Sug`urta bozorini tashkil qilish va sug`urta nazoratini amalga oshirishni takomillashtirish;

  2. Tashqi savdo bilan bog`liq tadbirlarni sug`urtalashni kengaytirish;

  3. O’zbekinvest EIMSK faoliyatini kengaytirish;

  4. Turizm va avtoturizmni sug`urtalashga aloxida ahamiyat berish;

  5. Kreditni sug`urtalashni kengaytirish;

  6. Javobgarlik sug`urtasining boshqa turlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  7. qurilish, kommunal xo’jaligi korxonalarini sug`urtalash tadbirlarini ishlab chiqish;

  8. qishloq xo’jalik korxonalarini sug`urtalashni qayta qurish;

  9. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni sug`urtalashni yangi usullarini joriy qilish;

  10. qayta sug`urtalash ishlarini yanada takomillashtirish;

Boshqa mamlakatlar bilan sug`urta soxasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, sug`urta soxasida xizmat qiluvchi kadrlar tayyorlashni yaxshilash

Mamlakatimizdagi ba’zi-bir sug`urta kompaniyalari haqida qisqacha gapirib o’tsak."ALFA INVEST" YoAJ Sug`urta Kompaniyasi Kompaniya sug`urta mukofotlarini yig`ish bo’yicha birinchi o’ntalikka kiradi. Nizom kapitalining qiymati 500 000 AQSh dollariga teng.


Mijozlar bilan tezkor va bevosita ish olib borish, egiluvchan tarif siyosati, mustahkam moliyaviy baza, dunyo standartlariga javob beruvchi sug`urta himoyasini ta’minlash Kompaniyaning asosiy faoliyat tamoyillari hisoblanadi. Kompaniya:
- International SOS kompaniyalar guruhlari xalqaro tarmoqlari bilan hamkorlik qiladi;
- to’xtovsiz ishlaydigan Dispetcherlik markaziga ega;
- mijozning talabiga ko’ra yangi sug`urta mahsulotlari ishlab chiqish va joriy etish hamda mavjud mahsulotlarga qo’shimchalar kiritish imkoniyatiga ega

ALSKOM" Sug`urta Kompaniyasi OAJ , O’zbek-Rossiya QK . Kompaniya O’zbekistonning sug`urta bozorida yuridik va jismoniy shaxslarga kompleks sug`urta xizmatlari ko’rsatadigan eng barqaror sug`urta kompaniyalaridan biri sanaladi. Shakllantirilgan Nizom kapitali 1 211 064 AQSh dollariga teng miqdorni tashkil etadi.
2005 yil yakunlariga ko’ra, O’zbekiston Respublikasining yirik sug`urta kompaniyalari renkingida Kompaniya yig`ib olingan sug`urta badallari hajmi bo’yicha oltinchi o’rinni egalladi (BVV 4-son (730), 26.01.2006 yil).
"SAIPRO" loyiha-injiniring kompaniyasi tomonidan Kompaniyaga O’zbekiston Respublikasining milliy shkalasiga ko’ra ishonchlilik reytingida "uzbB+"- qoniqarli ishonchlilik darajasi berilgan.
Xizmatlarning ishonchliligi yirik sug`urta va qayta sug`urta kompaniyalarida, jumladan, Rossiya Federastiyasining etakchi sug`urta kompaniyasi - "Soglasie" SKda ("Ekspert RA"ning ishonchlilik reytingi bo’yicha A+, barqaror kelajakka ega yuksak darajadagi ishonchlilikka ega) kafolatli qayta sug`urtalanish sxemasi bilan ham ta’minlanadi.
"ALSKOM" Kompaniyasi biznesining ustuvor yo’nalishlari:

  • har bir mijozga shaxsiy yondashuv

  • yuqori darajadagi professionallik

  • hamkorlikni yo’lga qo’yishda katta ijobiy o’zgarishlar

  • taklif etilayotgan xizmatlardagi ishonchlilik va sifat

  • zararlarni qoplashda tezkorlik

MChJ ASIA Road INSHURANS Sug`urta kompaniyasi/Kompaniyaning Nizom jamg`armasi – so’mda 1 278 000,00 AQSh dollari miqdoriga teng.

Kompaniya aktivlari – 1 899 028,00 ming so’m.

Kompaniyaning sug`urta zahiralari – 517 508,00 ming so’m.

"O’zagrosug`urta" Davlat-akstiyadorlik sug`urta Kompaniyasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 7 fevraldagi PF-1713 Farmoni asosida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshidagi Davlat sug`urtasi Bosh Boshqarmasi negizida tashkil etilgan.
Kompaniyaning Nizom jamg`armasi 2,23 mlrd. so’m. Kompaniyaning asosiy ta’sischilari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (75%), "O’zpaxtasanoat" assostiastiyasi, "O’zdonmahsulot" korporastiyasi, shuningdek, "Paxta-bank", "G`allabank", "Savdogarbank" va boshqa tijorat banklari hisoblanadi.
2003 yili Kompaniya umumiy sug`urtalash tarmog`ining 12 turi bo’yicha sug`urta faoliyatini olib borish uchun listenziya olgan.

"Madad"xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning sug`urta himoyasi bo’yicha Agentlik OAJ."Madad"xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning sug`urta himoyasi bo’yicha Agentlik OAJ O’zbekiston Respublikasining etakchi banklari tashabbusi bilan tashkil etilgan. Ushbu qaror O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan ma’qullangan hamda Prezidentning maxsus Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 26 iyul 1995 yildagi Qarori bilan qo’llab-quvvatlangan.

III.Bob.O’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlanishida sug`urta siyosatining ahamiyati



3.1.O’zbekiston Respublikasida sug`urta biznesi taraqqiyotining moliyaviy masalalari
Mamlakatimizda sug`urta tashkilotlarining moliyasi tabiiy ofatlar, kutilmagan xodisalar natijasida etkazilgan zararlarni qoplash va ularni oldini olish maqsadida shakllangan pul resurslari fondlari bilan bog`liq munosabatlarni ifoda etadi.

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin markazlashgan sug`urta fondi o’rniga markazlashmagan ayrim davlat akstiyadorlik va xususiy sug`urta kompaniyalarining moliyasi shakllandi.



3.1.1-jadval. O’zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko’rsatuvchi mavjud infratuzilma ob’ektlari (2010 yil 1 yanvar holatiga, birlikda)


Infratuzilma ob’ekti nomi

Soni

Tijorat banklari filiallari

1042

Minibanklar

2318

Axborot-maslahat markazlari

262

Konsalting markazlari

327

Auditor firmalari

113

O’quv markazlari

917

Baholash kompaniyalari

138

Tovar xom ashyo birjasining savdo maydonchalari

204

Mikrokredit tashkilotlari

32

Kredit uyushmalari

103

Biznes-inkubatorlar

34

Sug`urta tashkilotlari

32

Brokerlik idoralari

1424

Manba:www/stat/uz

Jadvaldan ko’rinadiki, O’zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko’rsatuvchi mavjud infratuzilma ob’ektlari sug`urta tashkilotlari soni 32 taga ko’paygan.

Mustaqillik yillarida sug`urta markazlashgan tartibda emas, balki markazlashmagan tartibda boshqarila boshlandi. Xozirda har bir sug`urta tashkiloti uzining mustaqil moliyasiga ega bo’lib, ular orasida davlat akstiyadorlik sug`urta tashkilotlari O’zagrosug`urta, Kafolat, O’zbekinvest va Madad sug`urta tashkilotlarining mustaqil moliyalari markaziy o’rin tutadi.

Xozirda sug`urta tashkilotlarining moliyasini tashkil etuvchi pul munosabatlari ikki yo’nalishda amalga oshirilmoqda:



  1. Sug`urta ximoyasi tashkil qilish bilan bog`liq pul munosabatlari;

  2. Sug`urta fondini tashkil qilish bilan bog`liq pul munosabatlari;

O’z navbatida sug`urta ximoyasini shakllantiruvchi pul munosabatlari yana ikki bosqichdan utdi. Birinchi bosqichida sug`urta fondini shakllantiruvchi taqsimlash munosabatlari, ikkinchi bosqichda undan foydalanish bilan bog`liq investistiya munosabatlari amalga oshiriladi.

Sug`urta fondlari tarif asosida xisoblanadigan sug`urta to’lovlari asosida shakllanadi.

Sug`urta to’lovlarini qabul qilish va uning sarflanishi bir vaqtda sodir bulmasdan, turli vaqtlarda sodir buladi. Tuplangan sug`urta mablaglarining bir qismi sug`urta tashkiloti ixtiyorida qoladi. Lekin bozor iqtisodiyoti davrida sug`urta tashkiloti faqat uz harajatlarini qoplash bilan chegaralanmay, balki foyda olishni ham kuzda tutadi.

Shuni aytish kerakki, bu o’rinda «foyda» atamasi shartli ma’noda qullaniladi, chunki sug`urta tashkilotlari milliy daromad xosil qilishda qatnashmaydilar. Shuning uchun ular katta xajmda foyda olishga intilmasliklari kerak, chunki buning natijasida sug`urta tashkiloti bilan sug`urtalanuvchi o’rtasidagi ekvivalentlik tamoyili buziladi.

Foyda deganda - shunday ijobiy natija kuzda tutiladiki, sug`urta ximoyasini amalga oshirish maqsadida daromadlarning harajatlardan oshgan xolda muvozanatlanishi ta’minlanadi. Shunga qaramasdan hududda kamroq zarar kurilsa, sug`urta tashkilotlarining foyda miqdori ba’zan yuqori bulishi mumkin.

Sug`urta tashkilotlari foydasining asosiy manbai uning investistiya faoliyati xisoblanadi. Bu faoliyat natijasida sug`urta fondi mablaglarining bir qismi tijorat maqsadlarini kuzlab sarflanadi.

Sug`urta faoliyatining maqsadi ulkan ijtimoiy ahamiyatiga ega bo’lgan ko’rsatiladigan xizmatlar bo’lsa, investistiya faoliyatining maqsadi esa foyda olishdan iborat. Xaqiqatdan ham bu ikki yo’nalish uzaro uzviy boglangan.

Shunday qilib sug`urtalanuvchining moliyaviy barqarorligining negizi ularning ustav kapitalini va sug`urta zaxiralarini mavjud bo’lishi, shuningdek, qayta sug`urta qilish tizimidan olingan manfaatdorlik xisoblanadi.



Sug`urta tashkilotlarining daromadi va harajatlari.Sug`urta tashkilotlari daromad va harajatlarining muvozanati ularning barqarorligini ifoda qiladi.

Sug`urtalovchilar zimmalariga olgan sug`urta majburiyatlari bajarilishini ta’minlash maqsadida shaxsiy sug`urta bo’yicha bo’lg`usi to’lovlar, mulkiy va javobgarlik sug`urtasi bo’yicha zaxiralarni vujudga keltiradilar. Bu zaxiralar musodara qilinishi mumkin emas. Ular soliklar tulangandan keyin qoladigan va o’z ixtiyorlariga kelib tushadigan daromadlaridan uz faoliyatlarini ta’minlash uchun zarur bulgan fondlar tashkil qilishlari mumkin.

Sug`urta tashkilotlarining daromadlari sug`urta tadbirlaridan investistiya faoliyatlaridan va boshqa tushumlar xisobidan shakllanishi mumkin. Sug`urta to’lovlari sug`urta tashkilotlarining birlamchi daromadidir. Uning asosida sug`urta mablaglarining doimiy harajatlari amalga oshiriladi, shu bilan birga u investistiya faoliyatini mablag` bilan ta’minlashining manbai xisoblanadi.

Sug`urta harajatlariga mablag sarflash bilan uning ixtiyoriga daromadlarning kelib tushishi urtasida muayan vaqt o’tadi. Bu vaqt davomida daromad bilan harajatning farqidan, ya’ni daromadlarni harajatlardan oshgan qismidan foydalanish mumkin. Shaxsiy sug`urtada zaxira mablag`lari 10 va undan kup davrda sug`urta ixtiyorida bulishi mumkin undan tashqari aloxida zaxira va rezerv fondlari shakllanadi. Demak, ular un yillar davomida harakatsiz yotishi mumkin. Bu imkoniyatlar sug`urta fondidan sug`urtalovchining qarz fondini shakllantirishga, tijorat munosabatlarida qatnashishga imkon beradi.

Sug`urtalovchining bu mablaglari iqtisodiyotning har bir tarmog`iga kredit to’g`ridan-to’g`ri berish qimmatbaxo qog`ozlar sotib olish va boshqa maqsadlar uchun foydalanilishi mumkin.

Bundan tashqari sug`urta tashkilotlari kadrlar tayyorlash, maslaxat berish va boshqa xizmat kursatishdan ham daromad olishlari mumkin.

Sug`urta tashkilotlarining harajatlari sug`urta fondining taqsimlanishi jarayonida shakllanishi mumkin. Bu harajatlar ikki bir-biriga bog`liq iqtisodiy jarayonga xizmat qiladi.


  1. Sug`urta bo’yicha zararlarni qoplash majburiyatlarini sug`urtalanuvchilarga tulash.

  2. Sug`urta tashkiloti faoliyatini mablag bilan ta’minlash. Harajatlarni quyidagi moddalarga ajratish mumkin:

  1. Sug`urta qoplamalari va sug`urta ta’minotiga mablag ajratish;

  2. Sug`urta rezervlariga mablag ajratish;

  3. Ogoxlantirish tadbirlariga mablag ajratish;

  4. Mablaglardan bir qismini qayta sug`urtalashga utkazish;

  5. Sug`urtani boshqarishga mablag ajratish;

  6. Boshqa harajatlar.

Bu harajatlarning hammasi sug`urta xizmatlarining tannarxini tashkil qiladi. Tannarxni ikki guruxga bulish mumkin:

  1. Keng ma’nodagi tannarx;

  2. Tor ma’nodagi tannarx.

Yuqoridagi sanab o’tilgan barcha harajatlar keng ma’nodagi harajatlarga kiradi. Sug`urtani boshqarish harajatlari esa (ma’muriy) tor ma’nodagi tannarxga misol buladi.

Jaxon amaliyotida sug`urtaning boshqarish harajatlari ekvizastion inkassa, tugallash va boshqarish harajatlariga bulinadi. Ekvizastion harajatlar shartnoma tuzish maqsadlarida amalga oshiriladi. Shartnoma tuzishdan oldin tibbiyot ko’rigidan o’tish kerak.

Inkassa harajatlari sug`urta to’lovlarini to’lash bilan bog`liq bo’lib, xodimlarga mehnat xaqi sifatida beriladi. Tugallash harajatlariga sug`urta komissiyalari va eksportlarning sug`urta xodisasi sodir bulgan joylarga borishlari bilan bog`liq yul xaqi, sud harajatlari, aloqa harajatlari va boshqalar kiradi. Boshqarish harajatlari xodimlarning ma’muriy idora harajatlaridan tashkil topadi.

Sug`urtalanuvchining daromad va harajatlarini taqqoslab sug`urta tadbirlarining yakunlari aniqlanadi. Bu kursatkich sug`urta tashkilotining barcha faoliyati va sug`urtalashning har biri bo’yicha xisoblanadi.

Moliyaviy natija ikki kursatkich bilan ifodalanadi:


  1. Sug`urtalovchining foydasi (zarari);

  2. Badallar rezervining kupayishi.

Sug`urta tadbirlaridan olinadigan foyda sug`urta xizmatlari kursatish baxosi bilan uning tannarxi urtasidagi farq sifatida xisoblanadi. Daromadlik darajasi rentabellik sifatida yillik foyda miqdorini yillik sug`urta badallari miqdoriga munosabati sifatida aniqlanadi.

Sug`urta tadbirlaridan olinadigan foydadan tashqari investistiya tadbirlaridan ham foyda olinishi mumkin.

Sug`urta tashkilotining sug`urta tadbirlari va investistiya faoliyatidan olinadigan daromadlari daromad soligiga tortiladi.

Sug`urta xodisalarining tasodifiy sodir bulishi qulay sharoitlar va ayrim yillarda ortiqcha mablaglardan zaxira fondini shakllantirishni taqozo etadi. Bu tadbir sug`urta tashkilotlari moliyaviy axvolini barqaror bulishini ta’minlaydi.

Rezerv-(zaxira)fondlarini manbai netto stavkasining ortib qolgan mablagi bo’lib, bu qoldiq, yildan yilga ko’payib va noqulay yilda sarflash uchun to’planib boriladi. Noqulay yillarda harajatlarning daromadlaridan ortgan qismi ana shu rezerv fondlari xisobidan qoplanadi.

Sug`urta soxasida zararning 3 xili kuzatiladi.

Birinchi xilga har yili takrorlanib turadigan bir me’yordagi zararlar xajmi kiradi, ikkinchisiga urtacha zarardan kuproq sodir bulgan zararlar, uchinchisiga esa ulkan sifatlar natijasida xosil bulgan katta miqyosdagi zararlar kiradi. Birinchi va ikkinchi xil zararlarni sug`urta tashkiloti xisobidagi zaxira fondlari xisobidan qoplansa, uchinchi xildagi zararlar esa katta miqdordagi zaxira fondini tashkil qilishni talab qiladi.

Katta miqdordagi zaxira fondlari bir necha sug`urta tashkiloti ishtirokida tashkil qilinishi mumkin. Bunday fondlarni tashkil qilishda qayta sug`urtalash usullaridan ham foydalanish taqdim qilinadi. Bundan tashqari sug`urta zaxiralarini shakllantirishda badallar rezervlardan ham foydalaniladi.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə