Ташқи иқтисодий фаолиятни ривожлантиришда суғурта бозорининг роли


Moliyaviy rejalashtirish va xisobotlar tuzish



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə5/6
tarix27.03.2018
ölçüsü0,49 Mb.
#34833
1   2   3   4   5   6

Moliyaviy rejalashtirish va xisobotlar tuzish

Moliyaviy prognozlash markazlashtirilgan tartibda emas, balki markazlashtirilmagan tartibda amalga oshiriladi. Har bir davlat va xususiy sug`urta tashkiloti uz faoliyatini rejalashtiradi.

Rejalashtirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:


  1. Rejalashtirilish maqsadi aniqlanadi;

  2. Har bir maqsadni amalga oshirish uchun sarflanadigan mablaglar va xosil buladigan daromadlar aniklanadi;

  3. Rejani bajarish bosqichlari aniklanadi;

  4. Rejani tekshiriladi, baxolanadi va tegishli xulosa chiqariladi.

Sug`urta tashkilotining rejasi asosan daromad va harajat balansi shaklida tuziladi.

Bu moliyaviy rejaning asosi sug`urta to’lovlarining tushumi xisoblanadi. Sug`urta to’lovlari tushumining rejalashtirganda, birinchi navbatda xuquqiy va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar e’tiborga olinadi. Rejalashtirish sug`urtaning har bir turi bo’yicha amalga oshiriladi.

Rejalashtirish quyidagi bosqichlarni uzida mujassamlashtiradi:


  1. Joriy yilda olinishi kutilgan to’lovlar tushumi;

  2. Shartnomaning soni, bir shartnomaga to’g`ri keladigan to’lov miqdori.

Bu ikki kursatkichni aniqlab, sug`urta tushumining miqdori aniqlanadi. Bunda ayrim sug`urta to’lovlarining muddati va xususiyatlari e’tiborga olinadi.

Uchinchi bosqichda ko’rsatkichlarni har bir ijrochiga etkazish, ma’lum qilish kerak buladi. Har bir sug`urta agenti uzining reja ko’rsatkichlariga ega bulishi kerak. Yillik reja choraklarga bo’lib xisoblanadi.

Sug`urta tashkilotining moliyaviy rejasi daromad va harajat bo’limlariga ajratilib aloxida jadvallarda tuziladi. Bunda sug`urta tashkiloti daromad va harajatlarining har bir turi kursatiladi.

Masalan, «O’zagrosug`urta» cheklanmagan miqdorda sug`urta fondini belgilashi mumkin. Zaxiraviy fondlar ustav fondining 25 foizini tashkil qiladi, u kompaniya daromadi xisobidan tashkil qilinadi.

Kompaniya uz faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa fondlarni ham tashkil qilishi mumkin.

Sug`urta kompaniyasi moliyaviy xo’jalik faoliyatining asosiy umumlashtiruvchi kursatkichlariga mablaglar tushumlari va ishlab chiqarish harajatlariga ajratiladigan mablaglar, zaxiraviy fondlar, ish yuritish harajatlari kiradi.

Soliq tulangandan keyin qolgan daromaddan kompaniyaning fondlarini tashkil qilish va kupaytirishga yunaltirilgan mablaglar ish xaqi fondi, ijtimoiy rivojlantirish, ishlab chiqarish va moddiy ragbatlantirish fondlari chegirib tashlangandan keyin sof foyda aniqlanadi. Bu foyda dividendlar shaklida akstiyadorlar orasida egalik qilayotgan akstiyalari soniga qarab proporstional taqsimlanadi.

Sug`urta kompaniyalari uz faoliyati yuzasidan buxgalteriya va statistika xisobotini olib boradi. Yillik xisobot akstiyadorlarining umumiy yigilishida tasdiqlanadi.



3.1.1-jadval

O’zbekistonda sug`urta kompaniyalari tomonidan investistiyaga

yo’naltirilgan mablag`larning YaIMdagi ulushi

(mlrd.so’m hisobida)




Yillar

YaIM

Investistiya

YaIMda investistiyalar

ulushi, (foizhisobida



O’sish yoki

kamayish (foiz



hisobida)


2004

9837

8126

0.01

-

2005

12261


0141.2

0.01

-

2006

15210

4163.6

0.01%

-

2007

20759

3182.5

0.008

-0.002

2008

28235

2207.9

0.007

-0.001

Manba: QO’LDOShEV .Q. M “SUG`URTA BOZORINI RIVOJLANTIRISh VA BOShQARISh” AVTOREFERATI Toshkent -2009
3.2. O’zekiston import va eksport salohiyatini oshirishda sug`urta siyosati va «O’zbekinvest» ning ahamiyati
Eksportni sug‘urtalash yoki siyosiy va tijorat qaltisliklaridan eksport shartnomalarini sug‘urtalash O‘zbekistonda sug‘urta ishining nisbatan yangi sohasi hisoblanadi. Korxonalar uchun eksport sug‘urtasi deganda, birinchi navbatda, xorijga yuborilayotgan yuklarni sug‘urtalashni tasavvur qilinadi. Biroq eksport sug‘urtasi – bu moliyaviy qaltisliklarni sug‘urtalash hamdir. Eksport operatsiyalarini sug‘urtalash O‘zbekiston bozorida, birinchi navbatda, «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi faoliyati bilan bog‘liq. Kompaniya zimmasiga amalda O‘zbekiston Respublikasi eksport-kredit agentligi (EKA) vazifasi yuklatilgan .Ayni paytda investistiyalar moliyaviy manbalari tarkibiy tuzilishida ham sezilarli o’zgarishlar ro’y berdi (3.2.2-jadval).
3.2.2-jadval. 2005-2010 yillarda investistiyalar tarkibining o’zgarishi, foizda

Moliyalashtirish manbalari

2005 yil

2006 yil

2007 yil

2008 yil

2009 yil

2010 yil

Davlat byudjeti

12,7

10,7

9,0

9,0

8,1

8,5

Chet el

investistiyalari



19,2

19,0

22,8

25,8

32,4

42,4


Korxonalar va aholi mablag`lari

60,3

60,0

59,0

53,9

46,9

54,6


Boshqa manbalar

7,8

10,3

9,2

11,3

12,6




Manba:www.stat.uz

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, investistiyalar moliyaviy manbalari tarkibida davlat byudjetining ulushi 2008 yildagi 9,0 foizdan 2009 yilda 8,1 foizga qadar, korxonalar va aholi mablag`lari ulushi tegishli ravishda 53,9 foizdan 46,9 foizga qadar pasaygan. Chet el investistiyalarining ulushi esa, aksincha, 25,8 foizdan 32,4 foizga qadar ko’tarilgan.


3.2.4 –jadval. O’zbekistonda sug`urta mukofotlarining aholi soniga nisbati ko’rsatkichlari


Yillar



Doimiy

aholisoni

(yilboshiga)

(mingkishi)



Sug`urta


mukofotlari

(mln.so’m)




Birkishigato’g`ri

keladigansug`urta

mukofotlari

(so’m)



Oldingi

yilga


nisbatan

o’sish (so’m)




2004

25427,9

27064.5

1064,4


-----

2005

25707,4


32875,4


1278,8


214,4


2006

26021,3


42655,3


1639,2


360,4


2007

26312,7


48530,7


1844,4


205,2


2008

26663,8


72030,1


2701,4


857,0

Manba: QO’LDOShEV .Q. M “SUG`URTA BOZORINI RIVOJLANTIRISh VA BOShQARISh” AVTOREFERATI Toshkent -2009

Tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liq risklarni sug`urtalash faoliyati ham etarli darajada rivojlanmayapti.Bu sohani rivojlantirish uchun birinchi o’rinda uning huquqiy bazasini yaratish zarur. Milliy sug`urta bozorlaridagi muhim ko’rsatkichlardan yana biri ma’lum mamlakat milliy sug`urta bozoridagi sug`urta mukofotlarining ushbu mamlakat aholisining soniga nisbati ko’rsatkichidir.Ushbu ko’rsatkich asosida mamlakat aholisi o’rtasida sug`urta xizmatlarining qanchalik ommalashganligini bilish mumkin. 3.2.4-jadval yordamida ushbu ko’rsatkichning O’zbekistonda qanday darajada ekanligi va keyingi besh yilda qanday o’zgarayotganligini aniqlash mumkin. (3.2.5 –jadval)

3.2.5 –jadval.Sug`urta mukofotlarining sug`urta qoplamalari uchun yo’naltirish ko’rsatkichlari


Yillar


Sug`urta

mukofotlari

(mln.so’m)


Sug`urta

qoplamalari

(mln.so’m)


Mukofotga

nisbatan qoplama

(foiz hisobida)


O’sish yoki

kamayish


(foiz hisobida)

2004

27064,5


2721,9


10,1


------

2005

32875,4


4114,9


12,5


+2,4


2006

42655,3


4775,2


11,2


-1,3


2007

72030,1


7933,7


11,0


-1,6


Manba: QO’LDOShEV .Q. M “SUG`URTA BOZORINI RIVOJLANTIRISh VA BOShQARISh” AVTOREFERATI Toshkent -2009

Jadval ma’lumotlaridan ma’lumki, yig`ilgan sug`urta mukofotlari hisobidan to’lab berilgan sug`urta qoplamalari miqdori kichik hajmni tashkil etib,ushbu nisbat besh yil davomida o’rtacha 11,5foizni tashkil etgan

Respublika sug`urta bozorida tuzilmaviy siyosatning asosiy jihati ixtiyoriy va majburiy sug`urta turlari o’rtasidagi nisbatni maqbullashtirishdan iboratdir.

«O’zbekinvest» eksport-import milliy sug`urta kompaniyasi 1997 yil 18 fevralda e’lon qilingan Prezident farmoni asosida tashqil qilingan «O’zbekinvest» eksport-import milliy sug`urta kompaniyasi 1994 yil 21 yanvarda ta’sis qilingan «O’zbekinvest» milliy sug`urta kompaniyasining mulkiy va nomulkiy xuquq va majburiyatlari bo’yicha xaqiqiy vorisi bo’lib, respublikamiz sug`urta tashkilotlarining xalqaro miqyosdagi sug`urta tadbirlarini amalga oshirishga qaratilgan navbatdagi jiddiy qadamidir.

«O’zbekinvest» eksport-import milliy sug`urta tashkilotining asosiy maqsadi respublika iqtisodiyotida eksport tashishni yanada ragbatlantirish, eksport qiluvchilarni sug`urtaviy ximoya qilishni ta’minlash, xorijiy mamlakatlar investorlari bilan aloqa qiluvchi o’zbek investorlarining faoliyatini kuchaytirish, iqtisodiyotning ustivor tarmoqlarga jalb etilayotgan chet el investistiyalarini kompleks sug`urtaviy ximoya qilishdan iborat.





«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi «umumiy sug‘urta» bozorida o‘z faoliyatini olib boradi va sug‘urta faoliyati klassifikatoriga ko‘ra mavjud 17 turdagi sug‘urtaning barchasi bilan shug‘ullanadi (Sug‘urta faoliyatini yuritish bo‘yicha 00144-SF  sonli sertifikat)

Tashkil etilgan sana: • Aprel, 1994 yil – «O‘zbekinvest» Milliy sug‘urta kompaniyasining tashkil etilishi (O‘zbekiston Respublikasi VM 13.04.1994 y.dagi 206-sonli Qarori)

• Fevral, 1997 yil – Eksport va investitsiyalarni sug‘urtalash bo‘yicha mamlakatimizning rasmiy agenti mavqei berilib, «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi etib qayta tashkil etildi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  18.02.1997y. dagi PQ-1710 – sonli hamda  O‘zbekiston Respublikasi VM 28.02.1997y.dagi 113 – sonli Qarori)

Kompaniya Nizom jamg‘armasi: $60 mln.

Kompaniya ta’sischilari:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi - $50 mln.
O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki - $10 mln.

Kompaniyaning missiyasi – Sug‘urta obyektlarini siyosiy, tabiiy va boshqa turli qaltisliklardan ishonchli sug‘urta himoyasi bilan ta’minlash yo‘li bilan O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etilishini qo‘llab-quvvatlash va eksport salohiyatining oshishiga ko‘maklashish.



«O‘zbekinvest» kompaniyasining nizom vazifalari:

• Milliy eksportchilarning iqtisodiy manfaatlarini qabul qilingan shartnomaviy majburiyatlarning xorijiy hamkorlar tomonidan bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi siyosiy, tijorat va tadbirkorlik qaltisliklaridan mukammal sug‘urta himoyasi bilan ta’minlash;

• O‘zbekiston Respublikasining texnologiyalar, tovarlar va xizmatlar eksportini moliyalashtiruvchi rezident-banklariga eksport kreditlarini sug‘urtalashning xalqaro nizomlariga binoan sug‘urta kafolatini taqdim etish;

• Texnologiyalar, tovarlar va xizmatlar eksporti xalqaro bozorlarining kompleks marketing tahlilini tashkillashtirish, milliy ishlab chiqaruvchilarning  eksprt imkonyatlarini o‘rganish va mavjud texnologiyalar, tovarlar va xizmatlarni xalqaro bozorlarga olib chiqish strategiyasini yo‘lga qo‘yish;

• O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga sarmoya kirituvchi xorijiy investorlarning mulkiy va shaxsiy manfaatlarini mukammal sug‘urta himoyasi bilan ta’milash.

 Kompaniya infratuzilmasi:

Hududiy filiallar:

• Toshkent shahar filiali

• Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali

• Respublikaning 12 ta viloyatlaridagi filiallari

Qushma va maxsuslashtirilgan sho‘’ba korxonalari:

• Investitsiyalarni sug‘urtalash bo‘yicha  “O‘zbekinvest Interneshnl” qo‘shma kompaniyasi (London sh., Buyuk Britaniya)

• “O‘zbekinvest Eksiminform” Marketing agentligi

• “O‘zbekinvest Assistans” Servis agentligi

• “O‘zbekinvest Sarmoyalari” Investitsiya kompaniyasi

Sug‘urta sohasi mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha «Sug‘urta olami» Sug‘urta Biznesi O‘quv Markazi.



Ustunliklari va rivojlanish istiqbollari:

• «O‘zbekinvest» sug‘urta bozoridagi yetakchi kompaniya bo‘lib, so‘nggi yillar mobaynida yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari bo‘yicha sug‘urtachilar reytingida mustahkam ravishda yuqori qatorlarni egallab kelmoqda.

• «O‘zbekinvest» - moliyaviy xizmatlar bozorida o‘z tizimining ISO 9001:2000 xalqaro standartiga mosligini tasdiqlovchi sertifikatni olgan birinchi kompaniyadir (2004 yildan beri).

• «O‘zbekinvest» EIMSK - O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalari ichida «Moody’s Investors Services Ltd.» (Buyuk Britaniya) reyting agentligidan «Barqaror istiqbol» - B1 darajasidagi xalqaro moliyaviy barqarorlik reytingini olgan birinchi va yagona kompaniyadir.

• Kompaniyaga «Eng yaxshi moliyaviy ishonchlilik» (uzA++) reytingi va uni tasdiqlovchi maxsus sertifikat berilgan bo‘lib, bu O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalari ichida eng yuqori ko‘rsatkichdir.

• «O‘zbekinvest»da yuqori malakali mutaxassislar jamoasi ishlaydi,  ushbu jamoa o‘z mijozlariga quyidagilarni kafolatlaydi:

• Sug‘urta himoyasining narhi va sifati mutanosib uyg‘unligi;

• Majburiyatlarga qat’iy rioya etish va harakatlarning tezkorligi;

• Har bir mijozning talab va istaklariga alohida yondashuv;

• Zamonaviy sug‘urta texnologiyalari va turli hildagi sug‘urta dasturlari;

• Xalqaro sifat standartlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish va moslashuvchan tarif stavkalari;

Kelajakda rivojlanish strategiyasi - korporativ va xususiy sug‘urta bozorida o‘z vaziyatini mustahkamlash, eksport-import sug‘urtasini jadallashtirish, sug‘urtada innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish, mijozlar bilan aloqa o‘rnatishga alohida yondashish, bunda sug‘urtaga oid masalalarni hal etishda har bir Sug‘urtalovchiga yuqori darajada e’tibor berish.


Eksportni sug‘urtalash yoki siyosiy va tijorat qaltisliklaridan eksport shartnomalarini sug‘urtalash O‘zbekistonda sug‘urta ishining nisbatan yangi sohasi hisoblanadi. Korxonalar uchun eksport sug‘urtasi deganda, birinchi navbatda, xorijga yuborilayotgan yuklarni sug‘urtalashni tasavvur qilinadi. Biroq eksport sug‘urtasi – bu moliyaviy qaltisliklarni sug‘urtalash hamdir. Eksport operatsiyalarini sug‘urtalash O‘zbekiston bozorida, birinchi navbatda, «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi faoliyati bilan bog‘liq. Kompaniya zimmasiga amalda O‘zbekiston Respublikasi eksport-kredit agentligi (EKA) vazifasi yuklatilgan

Kompaniyaning o’ziga xos xususiyatlaridan biri investistiyalarni faqat iqtisodiy xavf-xatarlardangina emas, balki siyosiy xavf-xatarlardan (urush, inqilob, fuqarolar galayoni, pul o’tkazishni chegaralash va boshqalar) xam ximoya qiladi. Shu munosabat bilan xorijiy mamlakatlarda sug`urtaning bu turiga qiziqish kuchaymoqda.


Chizmadan ko’rinadiki, kompaniyaga bosh direktor raxbarlik qiladi va direktorlar kengashi muxim masalalarni muxokama qilib tavsiyalar beradi. Kompaniyaning viloyatlarda xam bo’limlari mavjud. Markaziy boshqarmada umumiy xavf-xatarlar, strategik rivojlanish, moliyaviy xavf-xatar, xalqaro bo’limlar mavjud.

Tashqi iqtisodiy soxa O’zbekiston iqtisodiyotining eng jo’shqin rivojlanayotgan tarmogi xisoblanadi. Shu munosabat bilan xozirgi bosqichda tashqi iqtisodiy faoliyatni eksport-import operastiyalari, xorijiy investistiyalar ishtirokidagi qo’shma korxonalar mol-mulki, xalqaro yuk tashuvchilarni mas’uliyati, xorijiy pudratchilar ishtirokidagi qurilishni sug`urtalash va shu kabilar kompaniyaning asosiy yo’nalishlariga aylanmoqda.

Kompaniyaning «O’zbekinvest» Interneyshnl Ishnurans LTD qushma korxonasi tomonidan chet ellik savdo kompaniyalariga beriladigan sug`urta xizmatlarining yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

- sarmoyani sug`urtalash;

- savdo sug`urtasi.

«O’zbekinvest» bosh kompaniyasi va uning xududiy idoralari bo’yicha quyidagi sug`urta xizmatlari taqdim etilmoqda:

- eksport qaltisliklarini sug`urtalash, musodara, transfer kechikish, embargo joriy etish, shartlarni bajarishdagi to’sqinliklar va boshqalar;

- qurilish-montaj ishlarini sug`urtalash;

- yuklarni sug`urtalash;

- aviastiya vositalarini sug`urtalash;

- avtotransport mas’uliyatini sug`urtalash;

- xayot va salomatlikni sug`urtalash.

3.3.O’zekiston sug`urta siyosati investistion loyihalarning himoya omili sifatida shakllanishi
Chet el investorlarining huquqlarini ximoya qilish kafolatlari va choralari to'g'risida)), «Chet el investitsiyalari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining qonuni, «Chet el investitsiyalari bilan bog'liq korxonalarga qo'shimcha rag'bat va afzalliklar berish to'g'risida»gi, «Chet el investitsiyalari bilan bog'liq korxonalar ishlab chiqargan mahsulotlar eksportini qo'shimcha rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Prezident farmonlari va boshqa bir qator muhim hujjatlar shular jumlasidandir. 3.3.1-jadval


Ko’rsatkichlar


O’lchov birligi

Yanvar-dekabr

2009 yil
yanvar-dekabriga
nisbatan foiz hisobida

6. Asosiy kapitalga kiritilgan investistiyalar

mlrd. so’m

15409,1

109,2

Markazlashtirilgan investistiyalar

mlrd. so’m

2855,3

99,7

byudjet mablag`lari

mlrd. so’m

1136,5

103,6

sug`oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg`armasi mablag`lari

mlrd. so’m

63,8

102,8

byudjetdan tashqari fondlarning mablag`lari

mlrd. so’m

498,3

77,2

qayta qurish va rivojlantirish fondining mablag`lari

mlrd. so’m

581,3

141,8

davlat kafolati ostida chet el investistiyalari va kreditlari

mlrd. so’m



575,4

88,7

Markazlashtirilmagan investistiyalar

mlrd. so’m

12553,8

111,7

korxonalar mablag`lari

mlrd. so’m

4862,1

94,0

aholi mablag`lari

mlrd. so’m

2430,4

172,4

to’g`ridan-to’g`ri chet el investistiyalari va kreditlari

mlrd. so’m



3863,6

97,4

tijorat banklarining kreditlari va boshqa qarz mablag`lari

mlrd. so’m



1397,7

1,9r

Qurilish ishlari

mlrd. so’m

8174,6

108,1

Turar uy-joylarni ishga tushirish

ming.kv. m

8838,1

116,1
Manba:www/stat/uz

Ta'kidlash joizki, «Chet el investorlarini kafolatlash to'g'risida»gi qonun

investitsiya kiritilgandan keyingi o'n yil davomida ham qonunchilik o'zgarishidan investitsiya kiritish shart-sharoitlari yomonlashadigan hollarda chet el investitsiyalarini ximoya qilishni nazarda tutadi.O’zbekistonning tashqi savdo aylanmasi holatini kuzatsak.

3.3.1-diagramma



Manba:www/stat/uz

Chet ellik investor O'zbekiston Respublikasida investitsion faoliyatni quyidagi yo'llar orqali amalga oshirishi mumkin:

• O'zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari -

rezidentlari bilan birgalikda tuzilgan kompaniyalar, banklar, trestlar,

kartellar, uyushmalarva boshqa korxonalarga ulush qo'shish;

• yuz foiz ishtirok etish asosida korxonalar tuzish;

• portfel investitsiyasi - O'zbekiston yoki O'zbekiston xukumati

chiqargan aksiyalar, aksiya va boshqa kimmatbaxo kogozlar

sertifikatlarini sotib olish orqali;

• yer va ko'chmas mulkka, jumladan yer osti kazilma boyliklaridan

foydalanishga daxldor yerdan foydalanish va konsessiyalar huquqlarini

to'liq yoki qisman sotib olish.

Bundan bir necha yillar ilgari chet el investitsiyasi bilan bog'liq korxonalarning

soliq afzalliklariga quyidagilar kiradi:

• agar chet el investitsiyasi Davlat investitsion dasturi loyihalari ro'yxatida

ko'rsatilgan loyiha bo'yicha amalga oshirilgan bo'lsa, yetti yillik muddatga

daromad (foyda)dan olinadigan soliqdan ozod qilish;

• agar ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 60% dan ortig'i bolalar uchun

tovarlar bo'lib hisoblansa, daromad (foyda)dan olinadigan soliqni 10%

gacha kamaytirish;

• kompaniya o'z mahsulot (ish xizmat)ini sotish umumiy hajmining 30%

dan kam bo'lmagan qismini eksport qilsa, daromad (foyda)dan olinadigan

soliqni 50% ga kamaytirish;

• kompaniya o'z mahsulot (ish xizmat)ini sotish umumiy hajmining 15%

dan 30% gacha bo'lgan qismini eksport qilsa, daromad (foyda)dan

olinadigan soliqni 30% ga kamaytirish;

• agar kompaniya qishloq joyda tuzilgan bo'lsa, ishlab chiqarish boshlangan

paytdan boshlab, uch yil muddatga daromad (foyda)dan olinadigan soliqni to'lashdan ozod qilish va keyingi ikki yil davomida foydadan

olinadigan soliqni 50% ga kamaytirish;

• agar chet el investitsiyasi lokalizatsiya (mahalliylashtirish) dasturlarining

loyihalari ro'yxatida ko'rsatilgan loyiha asosida amalga oshirilsa, daromad

(foyda)dan olinadigan soliqdan 5 yil muddatga ozod qilish, lokalizatsiya

loyihalari asosida ishlab chiqarilgan mahsulotning bir qismiga

(soddalashtirilgan soliq tizimi qo'llaniladigan ob'ektlar uchun) alohida

soliq belgilash;

• yangi tashkil qilingan korxonalarni ro'yxatga olingan paytdan boshlab ikki

yil muddatga mulk solig'idan ozod qilish;

• kompaniya o'z mahsulot (ish xizmat)ini sotish umumiy hajmining 30% ni

eksport qilsa, mulk solig'ini 50% ga kamaytirish;

• kompaniya o'z mahsulot (ish xizmat)ini sotish umumiy hajmining 15%

dan 30% gacha bo'lgan qismini eksport qilsa, mulk solig'ini 30% ga

kamaytirish;

• agar chet el investitsiyasi lokalizatsiya dasturlarining loyihalari ro'yxatida

ko'rsatilgan loyiha asosida amalga oshirilsa, lokalizatsiya qilinadigan

mahsulotlar uchun foydalaniladigan asosiy ishlab chiqarish fondlarining

bir qismini 5 yil muddatga mulk solig'idan ozod qilish;

• oylik ish haqi fondlarini cheklashdan ozod qilish.

Hozirda yuqoridagi imtiyozlarga ayrim o'zgartirishlar kiritilgan. Soliq Kodeksiga

ko'ra investorlarga nisbatan quyida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy

to'lovlar bo'yicha imtiyozlar qo'llaniladi:

• yuridik shaxslar qonun hujjatlarida belgilanadigan ortiqcha ishchi kuchlari

mavjud bo'lgan mintaqalarva qishloq aholi punktlarida joylashtirilganda;

• chet ellik investorlar tomonidan to'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy

investitsiyalar O'zbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda

amalga oshirilganda;

• yuridik shaxslarning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi

kamida 50 foizni tashkil etganda;

• yuridik shaxs davlat ro'yxatidan o'tkazilganidan keyin to'g'ridan-to'g'ri

xususiy xorijiy investitsiyalar kiritilganda;

• xorijiy investitsiyalar erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy

texnologik asbob-uskuna tarzida kiritilganda;

• soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha imtiyozlar berilganligi

natijasida ushbu imtiyozlarning qo'llanilish muddati mobaynida olingan

daromadlar yuridik shaxsni yanada rivojlantirish maqsadida qayta

investitsiyalashga yo'naltirilganda.



Chet el investitsiyalarini O'zbekiston Respublikasi hududlarini

rivojlantirish uchun jalb qilish.

O'zbekiston Respublikasi hududida qo'shma ishlab chiqarishni yaratish uchun chet el investitsiyalarini jalb qilishni yanada rag'batlantirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 459-sonli qarori bilan «Respublika hududlarida chet el investitsiyasi bilan bog'liq korxonalarni tuzish dasturi» tasdiqlandi. Unga muvofiq, 2005 yilgacha bo'lgan davrda respublika hududida iqtisodiyotning barcha sohalarida, jumladan qishloq xo'jaligi va chorva mahsulotlarini qayta ishlash, yengil sanoat (to'qimachilik mahsulotlari, yigirilgan ip;

paxtani qayta ishlash va h.k.), qurilish materiallari ishlab chiqarish, oziq-ovqat, kimyo, elektrotexnika, mashinasozlik, xalq iste'moli mollarini ishlab chiqarish va boshqa sohalarda 292 ta chet el investitsiyasi bilan bog'liq korxona tuzish rejalashtirilgan. Shuningdek, xususiy tadbirkorlik va o'rta biznesni tuzish jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitni yaratish maqsadida, chet el investitsiyalari bilan bog'liq korxonalarni hududlarda, xususan Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati

hududida tuzish rejalashtirilgan.


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə