Tayanch iboralar. Industrial axborot tizimlari rivojlanish bosqichlari, «klient-server»



Yüklə 152,57 Kb.
səhifə2/10
tarix30.12.2023
ölçüsü152,57 Kb.
#164517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-mavzu

Industial axborot tizimlari (IAT): tuzilishi va arxitekturasi (ma’lumotlar bazasi, amaliy dasturlar majmuasi, tarmoq texnologiyalari, telekommunikatsiya vositalari) O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida ham yuqori natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to’laqonli sheriklik o’rnini egallay borishi, inson faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanish ko’lamlari qanday bo’lishiga hamda bu texnologiyalar ijtimoiy mehnat samaradorligini oshishida qanday rol o’ynashiga bog’liq. Bu borada Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek: «Bugungi kunda milliy axborot tizimini shakllantirish jarayonida Internet va boshqa global axborot tizimlaridan foydalanish, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish XXI asrda mamlakat taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi».
Eng umumiy ko’rinishda axborotlarni tijoratli tarqatishning zamonaviy texnologiyalarida, foydalanuvchilar o’zlarining terminal qurilmalari yordamida axborot mahsulotlari bilan «muloqot» qiladilar. Ulardan asosiysi ma’lumot bazalari belgilangan muammo sohaga tegishli mashina o’qiydigan shakldagi ma’lumotlar to’plamlari, hamda turli ma’lumotli direktoriyalar Ma'lumotiar bazasi(MB)da foydalanuvchilarga qidirishni yengillashtiruvchi rubrikatorlar va boshqa ma’lumotlardir.
Umuman MB sanoatining asosiy tarkibiy tuzilmalari quyidagilar:
1. Axborot mahsulotlari va xizmatlarini shaxsan ishlab chiqaruvchilar:
MB ni ishlab chiqaruvchilar – axborotlarni yig’ish va ularni mashina yig’ish va ularni mashina o’qiydigan shaklga ko’chirishni amalga oshiruvchi iqtisodiy ob’yektlar; Ma’lumotlarni saqlash — kompyuterning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasi esa bu jarayonda ishtirok etuvchi eng muhim omil sanaladi.
Har qanday ma’lumotlar bazasining zaminida jadvallar yotadi. Shuning uchun qo’yilgan masalada ishlatiladigan ma’lumotlami qator va ustunlarda joylashtirish, ya’ni jadvallar yaratish, keyin esa so’rov, shakl va boshqa ob’yektlami yaratish mumkin. Lekin bunday yondoshish nisbatan sodda masalalami avtomatlashtirishda qo’l kelishi mumkin. Murakkabroq masalalarda MB ni qo’yilgan talablarga javob beradigan holga keltirish uchun yaratilgan ob’yektlami qayta-qayta o’zgartirish lozim bo’ladi. Shu sababli boshlang’ich bosqichda bo’lajak MB ni loyihalashga alohida ahamiyat berish zarur. Loyihalash jarayonida quyidagi savollar yoritiladi: Amaliy dasturlami zamonaviy texnologiyalar yordamida yaratish g’oyatda tez va arzonga tushadi. Awalgi EHM larda oylab qo’yiladigan masalalami hozirgi mutaxassis foydalanuvchi MS ACCESS yordamida bir necha soat davomida bajarishi mumkin. Bundan tashqari, ACCESS da xatolami topish va to’g’rilash juda oson.
Interaktiv xizmatlar – MB ga interaktiv usulda kirishni amalga oshiruvchilar, ya’ni axborot ma’lumotlari va xizmatlarini ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilar, hamda interaktiv xizmatlar bozorining asosiy elementi bo’yicha iqtisodiy ob’yektlar;
2. Telekommunikatsiya — kompyuter tarmoqlari va zamonaviy texnik aloqa vositalari negizida ma’lumotlarni masofadan uzatishdir. Sanoat ishlab chiqarishning, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotning murakkablashuvi, inson faoliyatining barcha sohalaridagi jarayonlar dinamikasining o’zgarishi, bir to-mondan, bilimlarga ehtiyojning o ‘sishi, ikkinchi tomondan mazkur ehtiyojlami qondirishning yangi vosita va usullarini yaratishga olib keldi. Kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalarining keskin rivojlanishi turli xil axborotdan foydalanishga qaratilgan va axborotlashgan jamiyatning rivojlanishiga turtki bo’ldi.
3. Foydalanuvchilar yakuniy va oraliq foydalanuvchilarga yoki o’z mijozlariga axborot qidirish bo’yicha xizmatlar ko’rsatuvchi vositalarga bo’linadilar.

Yüklə 152,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə