Tayanch iboralar. Industrial axborot tizimlari rivojlanish bosqichlari, «klient-server»



Yüklə 152,57 Kb.
səhifə4/10
tarix30.12.2023
ölçüsü152,57 Kb.
#164517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-mavzu

Ikkinchi bosqich 80 – yillar oxiridan boshlab, axborot tizimlaridan foydalanish kontseptsiyasi yanada o’zgarib kelmoqda. Ular axborotning strategik manbayi bo ‘lib qolmoqda va istalgan sohada tashkil etishning barcha darajalarida foydalanilmoqda. Bu davming axborot tizimlari axborotni o‘z vaqtida berib, tashkilot faoliyatida muvaffaqiyatga erishishga yordam bermoqda. 80-yillarda shaxsiy kompyuter asosida taqsimlangan rejimda ish olib borilgan.

  • Uchinchi bosqichda markaziy kompyuter (server) va telekommunikatsiya vositalari yordamida ishchi stantsiyalar orqali «klient-server» texnologiyasi yordamida foydalanuvchilar ish yuritadi.




    1. IAT da kompyuter tarmog’i tuzilmasi

    Kompyuterlarni tarmoqqa birlashishi qimmatbaho asbob-uskunalar katta hajmli disk, printerlar, asosiy xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturiy vositaga va ma’lumotga ega bo’lish imkonini beradi. Global tarmoqlar tufayli uzoqdagi kompyuterlarni qurilma resurslaridan foydalanishi mumkin, bunday tarmoqlar millionlab kishilarni jalb etib, axborot tarqatish va qa’bul qilish jarayonini butunlay o‘zgartirib yubordi, xizmat ko’rsatishning eng keng tarqalgan tarmog’i elektron pochta orqali axborot almashuvini amalga oshirish hisoblanadi. Tarmoqning asosiy vazifasi foydalanuvchining taqsimlangan umumtarmoq resurslariga oddiy, qulay va ishonchli kirishni ta’minlash va ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli himoyalangan holda axborotdan jamoa bo’lib foydalanishni tashkil etishdir. Shuningdek, foydalanuvchilar tarmoqiar o’rtasida ma’lumotlami uzatishning qulay va ishonchli vositasini ta‘minlash imkoniyatlarini yaratadilar. Umumiy axborotlash davrida katta hajmdagi axborotlar lokal va global kompyuter tarmoqlarida saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi. Lokal tarmoqlarda foydalanuvchilar ishlashi uchun ma’lumotlaming umumiy bazasi tashkil etiladi. Global tarmoqlarda yagona ilmiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy axborot makoni shakllantiriladi. Ma’lumotlar bazasiga uzoq masofadan turib kirishda, umumiy ma’lumotlarni markazlashtirishda, ma’lumotlami ma’lum masofaga uzatishda va ulami taqsimlab qayta ishlash borasida ko’pgina vazifalar amalga oshirilgan. Bularga bir qancha misolar keltirish mumkin: Bank va boshqa moliyaviy tuzilmalar; bozorning ahvolini aks ettiruvchi tijorat tizimi («talab-taklif»); ijtimoiy ta’minot tizimi; soliq xizmati; oraliq masofadan turib kompyuter ta’limi; avia chiptalami zaxira qilib qo’yish tizimi; uzoqdan turib tashxis qo’yish; saylov tizimi. Ko’rsatilgan ushbu barcha qo’shimcha ma’lumotlaming to’planishi, saqlanishi va undan foydalana olish (kirish), noto’g’ri ma’lumotlar bo’lishidan va ruxsat berilmagan kirishdan himoyalangan bo’lishi kerak. Ilmiy, xizmat, ta’lim, ijtimoiy va madaniy hayot sohasidan tashqari global tarm oq millionlab kishilar uchun yangi xil dam olish mashg’ulotini yaratib bermoqda.


    Tarmoq turli sohadagi kishilarning dam olishini tashkil etish quroliga aylanib bormoqda .
    Kompyuter (hisoblash) tarmog’i — bu, aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog’langan kompyuter va terminallar majmuasidir. Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob’yektlar tarmoq ob’yektlari deyiladi. Tarmoq ob’yektlari alohida kompyuter, kompyuterlar kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo’lishi mumkin. Axborotlarni territorial joylashuviga ko’ra kompyu­ter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo’lish mumkin: global tarmoqlar, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal (mahalliy) tarmoqlar. Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog’langan bo’ladi. Masalan, biror korxona yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2—3 km bilan cheklash mumkin.

    Yüklə 152,57 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə