Tayanch iboralar. Industrial axborot tizimlari rivojlanish bosqichlari, «klient-server»



Yüklə 152,57 Kb.
səhifə5/10
tarix30.12.2023
ölçüsü152,57 Kb.
#164517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-mavzu

Lokal tarmoqlar ko`pincha bir bino ichida joylashgan bo`lib, uning asosiy vazifasi yagona xizmat ishchilarini birlashtirishdan (buxgalteriya, kadrlar bo`limi, sex, departament) iborat. Uzunligi bir kilometrgacha, ma’lumot almashish tezligi yuqori darajada bo`lishini talab etadi. Lokal tarmoq yaratishdan maqsad -tashkilotlar, oliy o’quv yurtlarida mavjud kompyuter parki va uning resurslari (printer, skaner, katalog, fayllari) dan unumli, tejamli foydalanishdir. EHM ning lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin binolaridagi abonentlarni bog’laydi. Masalan kollejda kompyuter xonalari lokal tarmog’i orqali ulangan. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan. Chunki 80-90% axborot o’sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari xar qanday tuzilmaga ega bo’lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqdagi kompyuterlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog’langan bo’ladi. Lokal tarmoqda EHM lar orasidagi masofa uncha katta emas-10 km gacha, radiokanal aloqasidan foydalanilsa-20 km. Ko’p hollarda o’zining lokal ma’lumotli tizimiga xizmat ko’rsatayotgan Lokal kompyuter tarmog’i boshqa hisoblash tarmoqlari, ichki va tashqi, xatto xududiy va global tarmoqlar bilan bog’langandir. Xar qanday hisoblash tarmog’ining asosiy vazifasi unga ulangan foydalanuvchilarga ma’lumotli va hisoblash resurslarini taqdim etishdir.

1.1 - rasm. Lokal tarmoqlar tuzilmasi.
Regional tarmoqlarda (Mintaqaviy tarmoqlar) — uncha katta bo’lmagan mamlakat, shaharlar va viloyatlardagi foydalanuvchilami birlashtiradi. Aloqa kanali sifatida ko’pincha telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoq bo’g’inlari orasidagi masofa 10—1000 kilometrni tashkil qiladi. bir ma’muriy bo`linmalar (shahar, tuman, viloyat) doirasida ish olib boriladi. Masofa uzunligi o’n va yuz kilometrgacha, ma’lumot almashish tezligi yuqori bo`ladi. Ko`pincha regional tarmoqlar bir necha lokal tarmoqlarni birlashmasi asosida ishlaydi.
Global tarmoqlarda butun dunyo bo’yicha tarmoqlardan foydalanuvchilami qamrab oladi va ko’pincha bir-biridan 10—15 ming kilometr uzoqlikdagi EHM va aloqa tarmoqlarini birlashtiruvchi yo’ldosh orqali aloqa kanallaridan foydalaniladi. Katta masofada ish olib boriladi (bir necha ming kilometr). Ular boshqa xil tarmoqlarni birlashtiradi, ma’lumot almashish tezligi nisbatdan past.

Yüklə 152,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə