Tayanch iboralar. Industrial axborot tizimlari rivojlanish bosqichlari, «klient-server»



Yüklə 152,57 Kb.
səhifə7/10
tarix30.12.2023
ölçüsü152,57 Kb.
#164517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-mavzu

Tarmoq Fayl – Serverlari
Tarmoqlarda bir qancha fayl-sarverlar bo’lishi mumkin. Tarmoqlardan fodalanuvchilaming birgalikda foydalanishga taqdim etilgan fayl-sarveming boshqa tur serverlami sanab o’tish mumkin. Masalan, printer, modem, maksimal aloqa uchun qurilma. Fayl – server resurslarini boshqaruvchi va ko’pgina tarmoq foydalanuvchilari uchun ruxsat beruvchi dasturiy tarmoq ta’minoti tarmoqning operatsion tizimi deb ataladi. Uning asosiy qismi fayl-serverda joylashadi; ishchi stansiyada faqat resurs va fayl-server orasidan murojaat qilinadigan dasturlar oralig’idagi interfeys rolini bajaruvchi uncha katta bo’lmagan qobiq joylashtiriladi.Ushbu tamoyil doirasida ishlashga mo’ljallagan dastur tizimlari foydalanuvchiga fayl-serverdan foydalanish imkonini beradi. Qoida bo’yicha ushbu dasturli tizimlar faylli serverdan saqlanishi va barcha foydalanuvchilar tomonidan bir vaqtda foydalanishi mumkin. Lekin, bu dasturlaming modullarini bajarish uchun zarur bo’lganda foydalanuvchi kompyuteriga, ya’ni ishchi stansiyaga o’tkaziladi va kerakli ishni bajaradi. Bunda barcha ma’lumotlami qayta ishlash (agar, ular umumiy resurs bo’lsa va faylli serverda saqlanayotgan bo’lsa ham) foydalanuvchining kompyuterida amalga oshiriladi. Shubhasiz, buning uchun m a’lum otlar saqlangan fayllar foydalanuvchining kompyuteriga ko’chirilishi kerak.
Ikkinchi tamoyil «klient-server» arxitektura deb ataladi. Uning dasturiy ta’minoti resurslardan jamoa b o ‘lib foydalanishgagina mo’ljallanib qolmay, ularning qayta ishlash va foydalanuvchi talabiga ko’ra resurslami joylashtirishga mo’ljallangan. «Klient - server» arxitekturalar dastur tizimi ikkita bo’linmadan iborat: serveming dasturli ta’minoti va foydalanuvchi — mijozning dasturli ta’minoti. Bu tizimlar ishi quyidagicha tashkil qilinadi: mijoz dasturlar foydalanuvchining kompyuterida bajariladi va umumiy kirish kompyuterida ishlaydigan dastur-serverga so’rov jo’natiladi. Ma’lumotlaming asosiy qismini qayta ishlash kuchli server tomonidan amalga oshiriladi, foydalanuvchi kompyuterga faqat bajarilgan so’rov natijalarini yuboradi. Ma’lumotlar bazasi serverlari katta hajmdagi ma’lumotlar (bir necha 10 Gigobayt va undan ko’p) bilan ishlashga mo’ljallangan va ko’p sonli foydalanuvchilar yuqori unumli ishlashni, ishonch va himoyalanganligini ta’minlaydi. Global tarmoqlari ilovalarida klient-server arxitekturasi (ma’lum ma’noda) asosiy sanaladi. Katta matnli sahifalami saralash va qayta ishlashni ta’minlovchi mashhur Web-serverlar, FTD-serverlar, elektron pochta serverlari va boshqalar ma’lum. Sanab o’tilgan xizmat turlarining mijoz dasturlari ushbu serverlar tomonidan foydalanish va ulardan javob olish imkoniyatini beradi.

Yüklə 152,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə