Tayanch iboralar. Industrial axborot tizimlari rivojlanish bosqichlari, «klient-server»



Yüklə 152,57 Kb.
səhifə8/10
tarix30.12.2023
ölçüsü152,57 Kb.
#164517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-mavzu

IATning asosiy belgilari.

  1. Ob’yekt (korxona)ni boshqarish: rejalashtirish, hisob-kitob qilish, hujjat almashish, moliyalashtirish, faoliyatini tahlil qilish.

  2. Masofaviy taqsimlanish, foydalanuvchilarni axborot resurslar bilan ta’minlash.

  3. Texnik va dasturiy vositalarni umumiylashtirish.

  4. Tarmoq ko`rinishdagi yagona axborot fazosi (standart, protokollar).

  5. Yuqori darajadagi xavfsizlik va ishonchlilik.




  1. Avtomatlashtirish jarayonlari

Axborot tizimi sohasidagi inqiloblarning jamiyat taraqqiyotidagi roli Ma’lumotlarni qayta ishlash sohasida keskin o’zgarishlar bo’lganligi sababli insoniyat tarixida ijtimoiy munosabatlaming o’zgarishiga olib kelgan to’rtta axborot inqilobini ko’rsatish mumkin.



  1. Birinchi inqilob — yozuvning yaratilishi. Bu sifat va miqdor jihatidan oldinga qo’yilgan ulkan qadam bo’ldi. Bilimlarni ajdodlardan ajdodlarga yetkazish imkoni paydo bo’ldi.

  2. Ikkinchi inqilob (XVI asr o’rtalari) — kitob nashr etish. Bu sanoat, jamiyat, madaniyat va ish faoliyatini tashkil etishda keskin o’zgarish yasadi. Bu esa axborot manbasini yig’ishga imkoniyat yaratdi.

  3. Uchinchi inqilob (XIX asr oxirlari) — elektming kashf etilishi. Bu tufayli telegraf, telefon, radio yuzaga keldi va bular axborotni istalgan hajmda uzatish va jamlashga imkon yaratdi.

  4. To’rtinchi inqilob (XX asming 70-yillari) — mikroprotsessor texnologiyasining kashf etilishi. Bu kashfiyot asosida kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, axborotlarni uzatish tizimlari (axborot kommunikatsiyalari) yaratildi.

To’rtinchi axborot inqilobi yangi soha yangi texnologiyalar, uslublar, texnik vositalami ishlab chiqarish bilan bog’liq boigan axborot sanoatini oldingi qatoriga ilgari surmoqda. Axborot sanoatning eng muhim tarkibiy qismlariga axborot texnologiyalarining barcha turlari, ayniqsa telekommunikatsiya kiradi. Axborotlashgan jamiyat haqida olimlar turlicha fikrdalar.
Yapon olimlarining hisoblashlaricha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbayidan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta’minlashga imkon beradi. Jamiyatni rivojlantirishda harakatlantiruvchi kuch moddiy mahsulot emas, balki axborot ishlab chiqarish bo’lmog’i lozim. Moddiy mahsulotning esa tannarxi ancha qimmat bo’ladi. Bu uning qiymatida innovatsiya, dizayn va marketing ulushining oshishini anglatadi. Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi ham o’zgaradi. Bu jamiyatning sanoat jamiyatidan farqi shundaki, axborotlashgan jamiyatda intellekt, bilimlar ishlab chiqiladi va iste’mol etiladi. Shuning uchun bu jamiyatda aqliy mehnat darajasi oshadi.
Insondan ijodiy qobiliyat talab etiladi, bilimlarga ehtiyoj oshadi. Axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizini kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi. Axborot hajmining oshib ketishi natijasida axborotni to’la tushuna olmaslik holati vujudga keladi. Har kuni paydo bo’layotgan yangi axborot oqimida to’g’ri yo’nalishni tanlash qiyinlashib boradi. Katta hajmdagi axborotlarning paydo bo’lishiga quyidagilar sabab bo’ladi:
• ilmiy tadqiqot va tajriba konstmktorlik ishlariga bag’ishlangan hujjatlar, hisobotlar, dissertatsiyalar, ma’ruzalar sonini yuqori sur’atda ko’payishi;
• insoniyat faoliyatining turli sohalariga bag’ishlangan davriy nashrlar sonining doimiy ravishda ko’payishi;
• magnit tasmalariga yozilgan va kommunikatsiya tizimiga kiritish qiyin bo’lgan turli ma’lumotlarning paydo bo’lishi. Yuqoridagi sabablar natijasida axborot inqirozi (portlashi) yuzaga keladi. Bu inqirozning asosiy ko’rinishlari quyidagicha:
• insonning axborotni qabul qilish, qayta ishlash imkoniyati bilan katta hajmdagi axborot o’rtasida ziddiyat paydo bo’lmoqda. Masalan, umumiy bilimlar hajmi awal asta-sekinlik bilan o’zgardi, lekin 1900-yildan boshlab bilimlar to’plami har 50 yilda ikki martaga ko’paydi, 1950-yilga kelib har 10 yilda, 1970-yilga kelib 5 yilda va 1990-yildan boshlab esa har yili bilimlar to’plami ikki martaga ko’paymoqda;
• axborotni to’g’ri qabul qilishga xalal beruvchi me’yoridan ortiq axborotlar paydo bo’lmoqda. axborotning tarqalishiga xalaqit beradigan iqtisodiy, siyosiy va boshqa ijtimoiy to’siqlar yuzaga kelmoqda. Yuqoridagi sabablarga asosan quyidagi holat paydo bo’ladi: dunyoda juda katta hajmga ega bo’lgan axborot manbayi yaratilgan, lekin undan insonlar to’liq foydalanish imkoniyatiga ega emaslar. Axborot inqirozi jamiyat oldiga bu ziddiyatni bartaraf etish yo’llarini topish vazifasini qo’ydi. Faoliyatlarining turli sohalariga elektron hisoblash mashinalarini (EHM), axborotni saqlash, qayta ishlash va uzatish zamonaviy qurilmalarini qo’llash bilan insoniyat jamiyatida yangi evolutsion jarayon boshlandi. Bu jarayon axborotlashtirish jarayoni deb ataladi.
Avtomatlashtirish - bu inson ish faoliyatini mashina va mexanizmlar bilanalmashtirish demakdir. U texnik, tashkiliy va iqtisodiy mazmundagi xatti-harakatlarhamda tadbirlar kompleksidan iborat bo’lib, ishlab chiqarish jarayoni, boshqaruv jarayonining u yoki bu ishini amalga oshirishda inson ishtirokini qisman yoki butunlay cheklash imkonini beradi.
Axborotlashtirish jarayoni sanoatni axborotlashga xizmat qiladi. Axborotlashgan jamiyatda foydalanuvchiga axborot mahsulotlarini va xizmat turlarini axborot bozori yetkazib beradi. Axborot mahsuloti va xizmat turlarini informatika sanoati yoki axborot sanoati ishlab chiqaradi.
Avtomatlashtirish qachon zarur bo’ladi? Quyidagi hollarda boshqaruvni avtomatlashtirish demak, axborot tizimini va texnologiyani avtomatlashtirish zarur bo’ladi:
- insonning fiziologik va psixologik imkoniyati mazkur jarayonni boshqarish uchun etarli bo’lmasa;
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi (AAT) - boshqaruv vazifalarini hal etish uchun tizimli tashkil etilgan axborot jarayonlarini amalga oshirish usul va vositalari majmuidir. U hisoblash texnikasi va aloqa vositalaridan foydalanish asosida rivojlangan dasturiy ta’minotni qo’llash bazasida bajariladi. Shunday qilib, avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi texnik vositalardan, ko’proq kompyuterlar, kommunikatsiya texnikalari, tashkiliy texnika vositalari, dasturiy ta’minot, tashkiliy - uslubiy materiallar va texnologik zanjirga birlashgan personaldan iborat bo’ladi. Ushbu harakat zanjiri axborotni yig’ish, uzatish, to’plash, saqlash, qayta ishlash, foydalanish va tarqatishni ta’minlaydi.

Yüklə 152,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə