Temur tuzuklari



Yüklə 433,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix29.12.2022
ölçüsü433,15 Kb.
#98044
1   2   3   4   5   6   7
temur-tuzuklari-ning-yoshlar-tarbiyasidagi-o-rni

ǀ
ISSUE 6 
ǀ
2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 597
“O‘zbekiston boy qazilma va tabiiy resurslarga, qudratli iqtisodiy va insoniy 
salohiyatga ega. Biroq bizning eng katta boyligimiz – bu xalqimizning ulkan intellektual 
va ma’naviy salohiyatidir” [2-13].
Nafaqat Vatanimiz tarixida, balki dunyo ma’naviy-ma’rifiy hayotida o‘chmas iz 
qoldirgan buyuk alloma va mutafakkirlar, sarkarda-yu qahramonlar bilan har qancha 
faxrlansak arziydi. Xalqimiz tarixning har qanday murakkab sharoitlarida ham o‘zining 
bunyodkorlik, ma’rifatparvarlik qarashlariga sodiq qoldi. Birinchi Prezidentimiz Islom 
Karimov ta’kidlaganlaridek: “Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o‘lkaning, davlatimiz 
hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o‘zlikni anglashni, ta’bir joiz bo‘lsa, 
milliy iftixorni tiklash va o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi” [3-140].
So‘nggi yillarda markazlashgan Amir Temur saltanati, uning o‘zbek davlatchiligi 
va madaniyatini rivojlantirishdagi o‘rni masalalariga oydinlik kiritilib, tarixchi
sharqshunos olimlarimiz ko‘plab birinchi manba ahamiyatidagi asarlarni o‘zbek tiliga 
tarjima qilib, nashr ettirdilar.
Davlatimizning siyosati va xalqimiz xohish-irodasiga asoslangan Vazirlar 
Mahkamasining 1994-yil 29-dekabrda “Amir Temur tavalludining 660-yilligini 
nishonlash to‘g‘risida”gi qarori, 1995-yil 26-dekabrda esa birinchi Prezidentimizning 
“1996-yilni Amir Temur yili deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi farmonlari qabul qilindi. 
1996-yil martida “Temuriylar tarixi” davlat muzeyini tashkil qilish xususida, “Amir 
Temur” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida farmonlar qabul qilindi.
YUNESKO qarori asosida Amir Temur tavalludining 660-yilligi butun dunyoda 
keng nishonlandi. 1996-yil aprelida shu tashkilotning Parijdagi bosh qarorgohida 
“Temuriylar davrida fan, madaniyat va ta’lim ravnaqi” mavzuida ilmiy konferensiya 
o‘tkazilib, Buyuk davlat arbobining tarixdagi o‘rniga yuksak baho berildi [5-5]. 
“Sohibqiron Amir Temur shaxsi uning ajdodlari bo‘lmish faqat bizning emas, balki 
mintaqamizdagi barcha xalqlarning, butun ma’rifiy insoniyatning boyligidir”, degan edi 
birinchi Prezidentimiz [3-141]. 
Amir Temur haqida fikr bildidar ekan birinchi Prezidentimiz yana shunday deydi: 
“Tengsiz azmu shijoat, mardlik va donishmandlik ramzi bo‘lgan bu mumtoz siymo 
buyuk saltanat barpo etib, davlatchilik borasida o‘zidan ham amaliy, ham nazariy meros 
qoldirdi, ilmu fan, madaniyat, bunyodkorlik, din va ma’naviyat rivojiga keng yo‘l 
ochdi” [4-45]. 
Zero, Amir Temurning bunyodkorlik salohiyatidan nafaqat bizning yurtimiz, balki 
ko‘plab boshqa shaharlar ham bahramand bo‘ldilar. Har bir shaharda masjidlar, 
madrasalar, xonaqohlar qurishni, yo‘lovchi musofirlar uchun yo‘l ustiga rabotlar bino 
qilishni, daryolar ustiga ko‘priklar qurishni buyurganligi haqida ma’lumotlar mavjud [9-
82]. 
Jumladan, mo‘g‘ullar tomonidan vayron qilingan Bag‘dod, Darband, Baylaqon 
kabi shaharlarni qayta tikladi. Shuningdek, Amir Temur tomonidan, Tabrizda masjid, 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 

Yüklə 433,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə