Temur tuzuklari



Yüklə 433,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix29.12.2022
ölçüsü433,15 Kb.
#98044
1   2   3   4   5   6   7
temur-tuzuklari-ning-yoshlar-tarbiyasidagi-o-rni

ǀ
ISSUE 6 
ǀ
2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 600
Sohibqiron davlat ishlarini to‘ra va tuzukka asoslanib boshqardi. To‘ra va tuzukka 
tayanib, saltanatda o‘z martaba va maqomini mustahkam saqlab turdi. “O‘z tajribamda 
ko‘rib bildimki, davlat agar dinu tartib asosida qurilmas, to‘ra-tuzukka bog‘lanmas 
ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo‘qoladi”, deb uqtiriladi “Temur 
tuzuklari”da [5-79]. 
Amir Temur davridagi “devon”, “vazir”, “hokim”, “g‘aznachi” kabi mansab va 
unvonlar bugun ham davlat boshqaruv tizimida alohida institutlar sifatida 
shakllantirilgan. Shuningdek, mamlakatning viloyat va tumanlarga bo‘linishi ham 
tarixiy asoslariga ega. Bugungi qonun chiqaruvchi organ – “Qurultoy” siyosiy 
institutining taraqqiy etgan va rivojlangan shaklidir. 
Mehribonlik, xokisorlik, ochiq yuzlilik, qat’iyat, haqiqatgo‘ylik kabi fazilatlar 
Amir Temur yutuqlarining kalitlaridandir. Ezgulik dushmanni ham do‘stga aylantirishi 
haqida u bunday o‘git beradi: “Davlatim va saltanatim quyoshi ko‘tarilib kelayotgan 
vaqtda menga iltijo qilib kelgan yaxshi-yomon odamlar, xoh yaxshilik, xoh yomonlik 
qilgan bo‘lsin, saltanat taxtiga o‘tirganimdan keyin ularni xayr-ehsonlarim bilan 
xijolatga qo‘ydim… Adolat bilan ish yuritib, jabr-zulmdan uzoqroq bo‘lishga intildim” 
[5-89]. 
Sohibqiron sadoqat, qat’iyat va adolatparvarlik kabi fazilatlarni ulug‘lagan. 
Ikkiyuzlamachilik, munofiqlik kabi razil odatlarga nafrat ko‘zi bilan qaragan. 
“Tuzuklar”da bunday hikoya qilinadi: “Tajribamda ko‘rdimki, aqlli dushman johilu 
nodon do‘stdan yaxshiroq ekan. Chunonchi, Amir Qazag‘anning nabirasi amir Husayn 
nodon do‘stlardan edi” [5-131]. Amir Husayn Amir Temurning muvaffaqiyatlariga 
egalik qilish uchun o‘zini go‘yo do‘st qilib ko‘rsatadi. Shunday bo‘lsa-da, Sohibqiron 
uni ko‘p bora kechirib yuboradi. 
Shuningdek, “Tuzuklar”da shunday o‘qiymiz: “Sulton har narsada adolatparvar 
bo‘lsin, qoshida insofli, adolatli vazirlar tutsin, toki podshoh zulm qilgudek bo‘lsa, odil 
vazir uning chorasini topsin” [5-96]. 
Xalqqa doim mehr-muruvvatli bo‘lgan bu zot adolat va haqiqat uchun kurashdi, 
saltanatni ham ana shu mustahkam asosga qurdi: “… g‘arazgo‘y, nafsi buzuq 
kimsalarning tuhmati bilan katta va kichik shaharlar aholisidan hech kimni 
jazolamasinlar. Faqat (birovning) gunohi to‘rt kishining guvohlik berishi bilan 
isbotlansa, gunohiga yarasha jazolasinlar” [5-138]. Ibn Arabshoh “Temur tarixida taqdir 
ajoyibotlari” asarida bunday ma’lumotni keltiradi: “U hazil-mazax va yolg‘onni 
yoqtirmas, o‘yingayu ko‘ngilxushlikka maylsiz, garchi o‘ziga ozor yetadigan biron 
narsa bo‘lsa ham, sadoqat unga yoqar edi... Jasoratlilarni, dovyurak va mardlarni 
yoqtirar edi. U xatosiz fikrlovchi, ajoyib farosatli, mislsiz baxtli, ulug‘vorligi o‘ziga 
muvofiq, qat’iy azm bilan so‘zlovchi, boshiga kulfat tushganida ham haqni so‘zlovchi 
kishi edi”. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 

Yüklə 433,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə