Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti


III BOB. RUKKOLANING NAV NAMUNALARINI BAHORGI



Yüklə 19,94 Mb.
səhifə10/23
tarix11.10.2023
ölçüsü19,94 Mb.
#127228
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
dessertatsiya Nigora

III BOB. RUKKOLANING NAV NAMUNALARINI BAHORGI
VA KUZGI MUDDATDA YETISHTIRISH
3.1.Rukkola nav namunalarini bahorgi muddatda o‘rganish
Rukkolaning kelib chiqish markazi G‘arbiy O‘rta yer dengizi mamlakatlariga borib tarqaladi. Ammo hozirgi paytda yovvayilashgan formalari ko‘p bo‘lib boshqa mamlakatlarda jumladan: Markaziy Yevropa, O‘rta Osiyoda, Rossiya Federatsiyasining Yevropa qismida, G‘arbiy va Sharqiy sibirda uchratish mumkin. (Pivovarov B.F.,2006)
E.N.Siniskaya (1925, 1928, 1969) ning ma’lumotlariga ko‘ra rukkola O‘rta yer dengizi mamlakatlaridan kelib chiqqanligini takitlaydi. Qadimgi Yunonistonda u salatbop va sabzavot ekini sifatida yetishtirilgan.
Rukkola tarkibi qimmatli moddalarga juda boy hisoblanib dorivorlik xususiyati bilan ajralib turadi. Uning yer ustidagi barcha qismi iste’mol qilinadi. Uning urug‘lari tarkibida moy miqdori ham yuqori bo‘lib 34% gachani tashkil etib shu bilan birgalikda ko‘plab steroidlar mavjudligini ko‘rsatadi. Shuning bilan birga uning bargida turli xil vitaminlar, xususan vitamin C ko‘pligi bilan bevosita ajralib turadi. Rukkola urug‘lari xantal (gorchitsa) o‘rnida ishlatilib ko‘plab kasalliklarga davo hisoblanadi (Kursheva J.V., 2009).
Mamlakatimiz aholisi orasida yod tanqisligi mavjud bo‘lib ushbu ekinni introduktsiya qilish, uning yangi navlarini yaratish, urug‘chiligini tashkil etish shu bilan birga uning biologiyasini o‘rganish va sestimatikasini kengaytirish dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Shulardan kelib chiqib Rukkola nav namunalaridan 1 ta navni Rossiya Federatsiyasidan olib kelib Termiz tumani sharoitida bahorgi va kuzgi ekish muddatlarida ekib o‘rgandik. Ushbu bo‘limda 2021-2023 yillarda bahorgi mavsumda yetishtirilgan. Rukkola navlarining morfobiologik xususiyatlari va qimmatli muhim belgilari bayon etilgan.
Tadqiqotlar materiali va uslubi. Rukkolaning urug‘larini ochiq dalaga kuzgi muddatda sentiyabr oyining 1-dekadasida 1-1,5 sm chuqurlikda ekildi. Bahorgi muddatda esa mart oyining 1- dekadasida 1-1,5 sm chuqurlikda ekildi. Ekish jarayoni pushta ustiga 2 qator qilib 70+20x10sm sxemada amalga oshirildi. Hamda fenologik kuzatuvlar olib borildi.

Yüklə 19,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə