Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti


rasm. Tadqiqot yillari kuzatilgan o‘rtacha havo harorati



Yüklə 19,94 Mb.
səhifə8/23
tarix11.10.2023
ölçüsü19,94 Mb.
#127228
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
dessertatsiya Nigora

2.1.rasm. Tadqiqot yillari kuzatilgan o‘rtacha havo harorati.

Termiz metrologik stansiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, bahor faslida yillik yog‘in -44,3% qishda -45,9% kuzda -9,0% va yozda 0,8% tushadi. Viloyatning ayrim hududlari bo‘ylab yillik yog‘in sochin miqdori 131 mm dan 625 mm gacha farqlanadi.
2.2.rasm. Tadqiqotlar yillarida o‘rtacha yog‘in miqdori 2022-2023 y.y

Uning tekislik qismida, jumladan ayniqsa, janubiy yillar yog‘in -sochin miqdori shimoliy hududlarga nisbatan 4-5 marta kam tushadi. Metiostansiyalarning ko‘p yillik ma’lumotlariga ko‘ra, yillik yog‘in – sochin miqdori Termizda – 133 mm, Qumqo‘rg‘onda 164 mm, Termizda 228 mm, Denovda 360 mm, Sarijo‘yda, Dashnabodda 577 mm ga teng. Yog‘in-sochinning taqsimnalishida vertikal mintaqanalish ham hukumron.
2.3.Rasm. Tadqiqot yillarida kuzatilgan minimal nisbiy namlik 2021-2023 y.y

Hududning dengiz sathidan balandligi oshgan sari yog‘in-sochin miqdori ham oshib boradi. Masalan, Naushaharda (dengiz sathidan balandligi 300 m atrofida) yillik yog‘in miqdori 131 mm, Sherobodda (444 m) – 154 mm, Boysunda (1243 m) – 445 mm, tog‘li Sharg‘unda esa 625 mm ga teng. Viloyatning murakkab orografik xusussiyatiga ko‘ra, havo harorati va yog‘in-sochin taqsimotidagi vertical mintaqalanish agrosanoat majmuasining tarmoq tuzilishi, uning joylashishi va rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan.
Vohaning tuprog‘i neytiral, ya’ni pH 6,5-7,5 ga teng. Tuproq Surxon tabiatining eng muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u o‘zida jonli va jonsiz tabbiy boylikni mujassamlashtirgan hosiladir. Viloyat hududining murakkab orografik xusususiyatlari unda tuproq ona jinsining har xilligini keltirib chiqargan. Bu yerda cho‘l zonasiga xos tuproqlar tarqalgan bo‘lsada, ular bir butin yaxlit matdonlar hosil qilmaydi, balki joyning relif xususiyatlari, sizot suvlarining kimyoviy tarkibi, chuqurligi va boshqa tabbiy omillarga binoan tuproq tiplari almashib turadi. Surxondaryoda bo‘z tuproqlar keng tarqalgan. Uning uch tipi uchraydi,taqirli bo‘z tuproq, tipik bo‘z tuproq, va to‘qli bo‘z tuproq. Taqirli bo‘z tuproq. Taqir tuproq bilan bo‘z tuproqning o‘tkinchi zonasida keng tarqalgan. Bu tuproqlar granulmetrik tarkibining og‘irligi, tekis yuzali relif ko‘rinishiga ega bo‘lganligi bilan ajralib turadi. Taqirning yuza qatlani odatda zich bo‘ladi, suv o‘tqazmaydigan qatlam hosil bo‘ladi. Bu narsa esa o‘simlikning rivojlanishiga ta’sir etadi. Sho‘rlangan bu tuproqlarda chirindi kam (0,40-1,03% atrofida.) taqirli bo‘z tuproq och tusli bo‘z tuproq bilan almashadi. Och tusli bo‘z tuproq esa viloyatning tekislik zonasida keng tarqalgan. Uning tarqalish geografiyasi dengiz sathidan 300 m balandlikdan toki 500-700 m gacha boradi.
Chirindining asosiy qismi haydalma qatlamda bo‘lib, pastga tomon keskin kamayib ketadi. Tipik bo‘z tuproq yassi tog‘lar va ularning yon bag‘irlari, lalmikor yerlar bilansug‘orma dehqonchilk qilinadigan hududlarning bir qismida tarqalgan. Bu tuproq dengiz sathidan 700 m dan toki 1100-1200 metrgacha bo‘lgan balandliklarda keng tarqalgan. Tuproqning ishchi qatlami ancha unumdor. Biloyatda bo‘z tuproq egallagan erlar 300-340 ming ga atrofidadir. Uning bir qismida sug‘orma, qolgan qismida lalmikor dehqonchilik qilinadi. To‘q tusli bo‘z tuproq umimiy qonuniyartga ko‘ra,viloyatning tog‘li va baland tog‘li zonalarida dengiz sathidan 1100-1200 m. dan balandlikda joylashgan. Ularning tarkibi och tusli tuproqlarga qaraganda 2,5 marta, tipik bo‘z tuproqqa nisbatan esa 1,5 marta chirindiga kambag‘al.
To‘rtlamchi davrga oid less va lessimon (soztuproq ) g‘ovak yotqiziq jinslarining 20-60 m. (ba’zan bundan ham ko‘p) qalinlikdagi qatlamlaridan tarkib topganligi, aksari joylarda qiyalikning 15-20 darajaga borishi, iqlimning quruq va iliqligi, yog‘in-sochinning kamligi va notekis taqsimlanganligi mahalliy shamollarning tez-tez yuz berishi, o‘simlik qoplamining siyrakligi yer yuzasining tez (o‘simlik qovjirab qurishi bilan) ochilib qolishi, ya’ni Markaziy Osiyoga xos bo‘lgan ”yalong‘och tog‘liq” sharoiti va boshqa geografik omillar tuproq eroziyasining keng rivojlanishiga olib kelgan.
[45: 7-83 b ].

Yüklə 19,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə