Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti


-Tadqiqotlarning ob’ekti va uslublari



Yüklə 19,94 Mb.
səhifə9/23
tarix11.10.2023
ölçüsü19,94 Mb.
#127228
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
dessertatsiya Nigora

2.2-Tadqiqotlarning ob’ekti va uslublari
1-2-Tajriba. Rukkola nav namunalarini bahorgi va kuzgi mavsumlarda o‘rganish.
Tadqiqotlar ob’ekti sifatida Rossiya Federatsiyasidan keltirilgan Gratsiya navi xizmat qildi. Rukkola urug‘lari bahorda 1 mart sanasida kuzgu mavsumda esa 10 sentyabrda ochiq dalaga 1-1,5 sm chuqurlikda ekildi. Ekish pushta ustiga 2 qator qilib 70+20x10 sm sxemada amalga oshirildi. Bunda 1 ga maydondagi o‘simlik soni 285711 ta ni va bitta o‘simlikning oziqlanish maydoni 0,035 m2 ni tashkil etdi. Delyanka maydoni 1,4m2 , delyankadagi o‘simliklar soni 40 ta, tajriba qaytariqsiz olib borildi. Tadqiqotimiz davomida quydagi fenologik kuzatuvlar olib borildi. Urug‘lar ekilgan sana urug‘larning dastlabki unib chiqishi (10%) va yoppasiga (75%) unib chiqishi, sana: yoppasiga unib chiqqandan birinchi chinbarg paydo bo‘lishigacha sana ikkinchi chinbarg paydo bo‘lishigacha, sana iste’molga yaroqli barglarning hosil bo‘lishi (texnik pishishigacha ), sana Hosildorlikni aniqlash Rukkolaning barglari 12-14 sm ga yetgan barglar kesib olib o‘lchash yo‘li bilan amalga oshirildi. Rukkola o‘suv davrida kuzgi mavsumda 8 marta va bahorgi mavsumda 5 marta barglar kesib olinib hosildorlik aniqlandi. O‘simliklarning marfobilogik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha tavfsiflash birinchi o‘rim oldidan amalga oshirildi. Bunda bitta o‘simlikdagi barglar soni, eng rivojlangan barg eni va uzunligi,tajriba dalalarida bajarilgan barcha agrotexnik tadbirlar shu mintaqada keng qo‘llanilayotgan uslublar asosida hamda o‘simlikning biologik xususiyatlarini hisobga olgan olda amalga oshirildi.
II bob bo‘yicha xulosa
O‘simlikning o‘sishi ham tashqi muhit omillariga ham chambarchas bog‘liq bo‘lib, tashqi omillar qancha qulay bo‘lsa, o‘sish jarayonlari jadal o‘sadi va aksincha sharoit noqulay kelsa, o‘simlikning o‘sishi sustlashadi. Rukkola turkumi vakilari o‘rtacha miqdorda issiqlik, namlik va yorug‘lik talab qiladi. Vatanida issiq va nam iqlimda o‘sganligi sababli tadqiqotlarimiz davomida o‘simlik ekilgan maydon sug‘orilib turildi. Tajriba Surxondaryo viloyati termiz tumanida joylashgan “ sabzavot va poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institute Surxondaryo tajriba stansiyasi” da olib borildi. Surxondaryo viloyati iqlimi yoz oylarida issiq va havoning nisbiy namligi past bo‘lganligi sababli, o‘simlikni o‘sishi uchun Termiz tumani sharoitida ko‘p maratoba sug‘orish talab etadi.

Yüklə 19,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə