Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti


Xalq xo`jaligidagi ahamiyati



Yüklə 19,94 Mb.
səhifə7/23
tarix11.10.2023
ölçüsü19,94 Mb.
#127228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
dessertatsiya Nigora

Xalq xo`jaligidagi ahamiyati. Yer usti qismi, bargi va urug`laridan foydalaniladi. Yer ustki qismi Osiyo va G`arbiy Yevropa mamlaktlarida siydik haydovchi, sutni ko`paytiruvchi ovqatni hazm qiliuvchi vosita sifatida foydalaniladi. Hind tibbiyotida barglari siydik haydovchi, singa qarshi vosita, qizdiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Ovqatga salat va ziravor sifatida ishlatiladi. Urug`lari qizdiruvchi balg`am ko`chiruvchi, teri yaralarida, siydik haydovchi vosita hisoblanadi, va xantali (Gorchitsa ) sifatida foydalaniladi. Moyidan xam istemol qilinadi, ham davolovchi vosita sifatida ishlatiladi. Rukkola o`simligi gemitsellyuloza, sellyuloza, likning kabi dietik tolalarga boy. Ular ovqat hazm qilish jaroyonida hazm bo`lmaydi. Lekin organizimni zararli moddalardan va chiqindilardan tozalash va qondagi xolistirin miqdorini kamaytirish xususyatiga ega. Xalq tibbiyotida uning sharbatidan qadoqni chiqarishda foydalaniladi.(Girenko M.M.,Zvereva O.A.2007)
Turli o`rta yer dengizi mamlakatlarida salat sifatida foydalanishi uchun Osiyoda ayniqsa quriq mintaqalarida moyli ekin sifatida foydalaniladi. Barglari bilan bir qatorda gullari, qo`zog`i va urug`lari xam salat va garnerlarga qo`shib ishlatiladi. Ular barglarga nisbatan kuchli xantal qalampir tamiga ega. Undan tashqari undan go`shtga qo`shiladigan sabzavot pasatasi xam qo`shiladi.(Morales M.,2002). Barglari chiroyli bo`lgani uchun manzarali ekin sifatida xam foydalaniladi. (Pivovarov V.F., 2006).
II BOB TADQIQOTLAR OLIB BORILGAN JOY SHAROITI,
OBYEKTI VA USLUBLARI
2.1- Tadqiqotlar o‘tkazish joyi va sharoiti
Tadqiqotlar 2022-2023 yillarda CИЭ va КИТИ Surxondaryo ilmiy tajriba stansiyasida olib borildi. Tajriba stansiyasi Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi Namuna SIU hududida joylashgan.
Surxondaryo viloyati mamlakatimizning eng janubiy qismida joylashgan. U ayni paytda Markaziy Osiyoning ham janubiy qismida joylashgan bo‘lib, uning hududi quruq subtropik iqlimiy mintaqaga to‘g‘ri keladi. Viloyat hududini 37101-390 021 shimoliy kenglik va 66321-68251 sharqiy uzoqlik chiziqlari kesib o‘tadi. Yer yuzasining tuzilishi jihatdan O‘zbekiston hududi ikki qismga bo‘linadi. Katta qismi tekislikdan, qolgan qismi esa tog‘lardan va tog‘ oraliq botiqlardan iborat. Respublikamizning yer yuzasi g‘arb va shimoliy -g‘arbdan sharq va janubiy- sharq tomon asta –sekin ko‘tarilib boradi. O‘zbekistonning past qismi okean sathidan 60-100 m balandlikda bo‘lib, Amudaryoning quyi qismi va orol dengizi atrofida joylashgan.
Respublikaning sharqiy va janubiy- sharqiy qismini Markaziy Osiyoning eng baland tog‘lari Tyanshan va Pomir Oloy tizimlarining tarmoqlari qoplab olgan. Bu tog‘lar g‘arb va shimoliy- g‘arb tomon pasayib boradi, sharq va janubiy –sharqda esa ularning balandligi dengiz sathidan 7495 m ga etadi. O‘zbekistonning shimoliy – g‘arbiy qismi esa Turon tekisligining markaziy qismi bilan band. O‘zbekiston hududining 70% ga yaqini tekislik, qolgan 30% qismini esa tog‘lar egallaydi. Bu qismlarning chegaralari nihoyatda egri- bugri bo‘lib, tog‘larning ba’zi bir tizimlari tekislik qismining ichkarisiga surilib kirgan, ayrim joylarda tekislik ham tog‘ tizmlari orasiga qo‘ltiq shaklida kirib qolgan. O‘zbekistonning eng baland nuqtasi – Hisor tog‘ tizmasidagi Hazrati Sulton cho‘qqisi – 4648 m., O‘zbekistonning eng past nuqtasi – Qizilqum cho‘lidagi Mingbuloq botig‘i - - 12 m. O‘zbekiston Osiyo qit’asida, hududi yirik daryolari bo‘lmish Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida joylashgan bo‘lib, g‘arbda Turon past tekisligining va sharqda tog‘li o‘lkalarni o‘z ichiga oladi.respublika tabiati boy xilma – xil. O‘zbekiston hududini kattagina qismini sahrolar va cho‘llar egallaydi, sharqiy qismida osmon o‘par tog‘lar, daryo atrofida ajoyib vodiylar bor. Jazrima qum sahrolari, muzliklar, oppoq qorga burkangan tog‘ cho‘qqilari, paxtazorlar bilan qoplangan, yam-yashil vodiylar mavjudligi O‘zbekiston tabiati uchun xos. Respublikaning 447,4 ming km 2 ga teng bo‘lgan maydoni g‘arbdan sharqqa 1425, shimoldan janubga esa 930 kilometrga cho‘zilgan [45: 7-83 b}
Shuningdek, viloyat g‘arbda baland tog‘lar orqali mamlakatimizning Qashqadaryo viloyati bilan ham katta masofada chegaralanadi. Bu chegaraning sarxad chizig‘i respublikamizning eng baland tog‘i Hisor tizimining qirralariga to‘g‘ri keladi. “Dunyo osmoni “ deb nom olgan Pomir tog‘iga mansub bo‘lgan Hisorning qudratli devor tarzida cho‘zilgan tizimlari: Ko‘hitang (uning viloyat hududida joylashgan eng baland cho‘qqisi dengiz sathidan 3723 m ga teng), Ketmonchopti (3168), Sarimas ( 1890 m), Suvsiz tog‘ (2122 m), Kulbatog‘ (2130 m) orqali o‘tgan bu chegara yaxshi ajratilgan. Viloyat hududi egri chizilgan uchburchakni eslatadi. Uning o‘lchamlari: shimoldan janubga 220-250 km, g‘arbdan sharqqa esa 150-170 km ga cho‘ziladi. Demak, u shimoldan janubga ancha cho‘zilgan. Viloyat uch tomondan to‘g‘lar bilan o‘ralgan, chegarasi janubiy tomonga ochiq, uning janubidagi Amudaryo o‘zani orqali Avg‘oniston davlati bilan o‘tgan chegarasi esa daryo o‘zaniga ko‘ra g‘oyat egri- bugridir. Surxondaryoning g‘arbiy va shimoliy g‘arbiy chegaralarida joylashgan baland tog‘lar viloyatda o‘zgacha iqlimiy sharoit hosil qiluvchi omillardir sharoit hosil qiluvchi omillardir
Surxondaryo viloyatining geografik o‘rni, ya’ni O‘rta Osiyo quruqligining ancha ichkari qismida joylashganligi, okeanlardan va yog‘in – sochin keltiradigan sovuq va iliq havo massalaridan, quyosh nurining nisbatan tik tushushi, uch tomondan iqlim hosil qiluvchi omillardan biri- tog‘lar bilan o‘ralganligi va janubiy qismining ochiqligi uning tabiatiga va xo‘jaligiga ta’sir ko‘rsatib turadi.
Surxondaryo viloyati O‘zbekiston yagona subtropik regionidir. Vohaning iqlimiy sharoiti quruq, keskin (continental), quyosh nurlariga boy, kunlik va yillik havo harorati keskin o‘zgarib turadi, yog‘in- sochin esa kam bo‘ladi. Iqlimning quruqligi viloyatning shimoliy-g‘arbidan janubiy sharqiga borgan sari ortib boradi. Shu yo‘nalish bo‘yicha yozgi havo harorati ko‘tariladi, qishda esa pasayadi, fasillararo yuz beradigan bunday o‘zgarish joyning yer ustki tuzilishi (relef) o‘zgarish bilan bog‘liq. Iqlimiy sharoitdagi keskin o‘zgarish ayniqsa tog‘li hududda kuzatiladi. Viloyatning tekislik qismida havo va tuproqning yuza qismi harorati balanddir. O‘rtacha yillik havo harorati 17 darajaga teng. Viloyatning janubiy qismida uning shimoliga nisbatan o‘rtacha havo harorati ancha baland. Oylar, fasillar va o‘rtacha yillik havo haroratidagi farqlar katta [45: 7-83 b].
Iyul oyi regionning aksariyat hududi uchun eng issiq oy hisoblanadi, bu paytga kelib soyada o‘rtacha kunlik havo harorati Denovda 28,4, Qumqo‘rg‘onda 29,0, Termizda 31,4 va Sherobodda 32,1 darajaga teng bo‘ladi. Viloyatning tog‘ va tog‘ oldi zonalarida havo harorati nisbatan yumshoq. Masalan dengiz sathidan 1243 m balandlikda joylashgan. Boysunda uyul oyining o‘rtacha ko‘rsatgichi 27,8, yanvarniki 0,8 va o‘rtacha yillik harorat 14,5 darajaga teng. Shunday qilib Surxondaryoning tekislik qismi uning tog‘ zonasiga nisbatan quruq va iliq bo‘lib, yoz uzoq davom etadi, ancha jazirama kechadi. Viloyatning tog‘li (dengiz sathidan 3000-3200 m balandlik) zonasida esa iyul oyi havo haroratining o‘rtacha ko‘rsatkichi 20 darajaga, yanvarniki esa – 6-8 darajaga teng. Viloyatda yoz oylari o‘ta issiq kechadi. Tadqiqot o‘tqazilgan yillardagi (2022-2023 y.)
Termiz tumanining ob-havo ma‘lumotlari va shuningdek tuproq yuza qatlamining harorati ma’lumoti ham keltiriladi. Surxondaryoning iqlimini chuqur tahlil qilgan prof. L.N. Babushkinning ta’biricha, viloyatning ayrim hududlarida yil bo‘yi o‘simlik vegetatsiyasi davom qiladi. Yoz esa 6 oygacha cho‘ziladi. Surxondaryo mamlakatimizning eng issiq o‘lkasi bo‘lishi bilan birga, bu yerda bulutli kunlar g‘oyat kamdir. Termizda bir yilda ochiq kunlar 166 kunga yetadi. Ayniqsa, iyunda toki oktyabrgacha ochiq kunlar ko‘p bo‘ladi. Bulutsuzlikning ko‘pga cho‘zilishi, mamlakatimizning havo haroratdagi absolyut maksumumning shu regionda bo‘lishligi tuproq qurg‘oqchiligini keltirib chiqaradi. Havo haroratining turlicha yuqori ko‘satgichlari va ayniqsa, 10 darajadan yuqori bo‘lgan havo haroratidagi foydali ko‘rsatkichlar viloyatning qator geografik nuqtalarida vegetatsiya muddatining har xil bo‘lishini ta’minlagan. Ko‘p yillik meteorologik ma’lumotlarga tayanib, viloyatning qishloq xo‘jalik ishlab chiqarilishi jadal kechadigan tekislik hududlarida havo haroratining foydali ko‘rsatgichi muddati cho‘zilganligini ko‘ramiz. Viloyat bo‘ylab kuzning
va bahorgi tuproq yuzasi muzlashining kechikishi mamlakatimizning boshqa hududdlariga nisbatan iliq kunlarning cho‘zilishiga olib kelgan. Viloyatda havo iliq davr 226 dan toki 266 kungacha cho‘ziladi. Kech pishar tolali g‘zaning to‘liq pishib yetilishi uchun esa o‘rtacha 180-200 kun talab qilinadi. Sovuq bo‘lmaydigan kunlarning uzoq davom etishi, havo haroratidagi yuqori ijobiy va foydali ko‘rsatgichlar yig‘indisi viloyatda har qanday kech pishar g‘o‘za navlari va janubiy mamlakatlarga xos qimmatbaho ekinlarni rayonlashtirishni taqoza qilgan.
Havo haroratining ijobiy ( 0 darajadan yuqori ) ko‘rsatgichi Denovda -5146, Termizda -5770, Sherobodda -5945 daraja bo‘lgan holda foydali ko‘rsatgich mazkur jadvalda keltirib o‘tilgan hududlarda 2677:3306:3441 darajaga, ekinchilik uchun zarur bo‘lgan muhlat 1 apreldan toki 1 sentyabrgacha bo‘lgan davrga esa 2597:3210:3295 darajaga teng.
Viloyatning janubi. Bu yerda nisbatan havo harorati baland, vegetatsiya muddati ko‘p cho‘ziladi. Havo haroratidagi ijobiy va foydali ko‘rsatgichlar uzoq vegetatsiya davrini talab qiladigan ingichka tolali g‘o‘za navlari uchun o‘ta qulay.
Viloyatniing shimoli. Bu yerda havo haroratining barcha ko‘rsatgichlari uning janubiga nisbatan past, foydali darajada miqdori kam.
Qishgi havo haroratining o‘rtacha ko‘rsatgichlari bir muncha yumshoq kechadigan viloyatning bu qismida subtropik, sitrus mevali o‘simliklarni ekish hamda yetishtirish imkoniyatlari katta.
Yog‘in sochinning miqdori va joydan-joyga o‘zgarib turishi Markaziy Osiyo davlatlariga xos tabiiy qonuniyat bo‘lib, fasillararo keskin farq qiladi: kuzda u kam tushadi, yoz deyarli yomg‘irsiz o‘tadi. Bu yerda havo haroratining barcha ko‘rsatgichlari uning janubiga nisbatan o‘rganilgan. Viloyatning janubi. Bu yerda nisbatan havo harorati baland, vegetatsiya muddati ko‘p


Yüklə 19,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə