Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti


Tadqiqot natijalari e’lon qilinganligi



Yüklə 19,94 Mb.
səhifə4/23
tarix11.10.2023
ölçüsü19,94 Mb.
#127228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
dessertatsiya Nigora

Tadqiqot natijalari e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 1 ta ilmiy maqola nashir etilgan.
Magistirlik dissertatsiya ishining tuzilishi va hajmi. Ushbu Magistirlik dessertatsiyasiya ishi jami 65 bet, 6 qismdan, shu jumladan, kirish, 3 bob, xulosa va tavsiyalar foydalanilgan adabiyotlar, ilovalardan tashkil topgan. Ichidagi ma’lumotlar 19 ta jadval, 21 ta rasm, ilovalardagi rasm ta.


I BOB. ADABIYOTLAR SHARHI
1.1-. Rukkolaning kelib chiqishi, tarqalishi va klassifikatsiyasi
Kelib chiqishi. Rukkola G‘arbiy O‘rta yer dengizi, Marokko, Portugaliya, jazoir va Janubiy Ispaniyadan kelib chiqqan va u yerlardan O‘rta yer dengizi mamlakatlari, Turkiya Lordaniyaga keyinchalik osiyo va Hindistongacha tarqalgan.
Qadimgi Rim va Gretsiyada sabzavot ekin sifatida etishtirilgan. Yovvoyi holda u Rossiyaning yevropa qismida Kavkazda, O‘rta Osiyoda, Qrimda uchraydi. O‘rta va Kichik Osiyoda, Efiopiyada, Afg‘onistonda va Hindistonda moyli ekin sifatida yetishtiriladi va yovvoyi holda o‘sadi. Kavkazda uning barglari salat sifatida iste’mol qilinadi, poyalari xantal ( gorchitsa) tayyorlashda ishlatiladi
( Ipatev A.N., 1996).
Juda ko‘plab ma’lumotlar rukkolaning kelib chiqish markazi shimoliy Afrika ekanligidan dalolat beradi.( Sinskaya E.N., 1925,1939, 1969: Vavilov N.I., 1926). Bu keying yillarda e’lon qilingan ayrim chet el olimlarining ishidan ham o‘z tasdig‘ini topgan ( Krestchmer M., 1998: Nyzzynska-Wierdak R., 2001).
E.N. Sinskaya (1925, 1928, 1969) rukkolaning o‘rta yer dengizi mamlakatlaaridan kelib chiqqanligi tasdiqlangan. Qadimgi Gretsia Rim imperyasida u salatbop va sabzavot ekini sifatida iste’ mol qilingan.
Feofrast ma’lumotlariga ko‘ra esa qadimgi Gretsiyada ( eramizgacha 2000 yil oldin ) rukkola, turp, bryukva, rayxon karam bilan bir qatorda sabzavot ekini hisoblangan.
N.I. Vavilov (1926) ning takidlashicha rukkola zig‘ir ekiladidan maydonlarda ko‘p uchraydi va moy beruvchi o‘simlik sifatida foydalingan. U O‘rta va Kichik Osiyo, Hindiston, O‘rtayer dengizi mamlakatlari, Afrika Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan. Ham salatbop ham sabzavot ekini sifatida u O‘rtayer dengizi va Markaziy Yevropa mamlakatlarida eramizdan oldingi 1000 yilgacha etishtirilgan ( Sinskaya E.N., 1928, 1969).
Keying yillarda rukkola begona o‘t sifatida Kapuga, Moskva, Tula Nijegorodsk, Tver, Saratov, Leningradviloyatlarida uchrashi qayt etilgan (Sershevskaya L. P., 1964 Gubanov L.A., Novikov V.N va b.,1981,2003).
Ammo sabzavotchilikka oid qo‘llanma va darsliklarda chet ellarda ham, mamlakatimizdada ham keying 100 yil davomida rukkolani etishtirish texnologiyasi, biologiyasi, va marfologiyasi, undan foydalanish to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q (Bekker- Dillengen I., 1932 Daekalov X.S., Kalev N.B., 1958, Krug G., 2000: Edeshteyn V.I. 1934: Belik V.F., Sovetkina V.Ye., 1981: Tarakanov G.I. va b., 1993: 2003).
Rossiya Federatsiyasida rukkola ekini bo‘yicha birinchi tadqiqotlar Perm qishloq xo‘jaligi akademiyasida 1999 yildan boshlangan (Papanov A.N., Kazantseva T., 2001). Tadqiqotlar natijasida yaratilgan Izumrudnaya navi 2003 yilda Davlat Reestriga kiritilgan.
Shirinkin V.N. (2012) takidlashicha 2001-2012 yillar davomida rukkolaga bag‘ishlangan 40 dan ortiq ilmiy ishlar e‘lon qilingan. Jumladan Pivovorov V.F (2016) ning “ Ovoщi Rossii” novli monografiya rukkola haqida keng ma’lumot keltirilgan.



Yüklə 19,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə