Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti



Yüklə 19,94 Mb.
səhifə1/23
tarix11.10.2023
ölçüsü19,94 Mb.
#127228
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
dessertatsiya Nigora


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ AGROTEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION RIVOJLANISH INSTITUTI
MAGITRATURA BO‘LIMI

Qo‘lyozma huquqida


UO`K-635.1/8
КВК – 42.3.42.34
Э - 98
ESHQURBONOVA NIGORA ALIYAROVNA
Rukkola ( Diplotaxis tenuifolia. ) (L) DC ning O‘zbekiston Janubida nav namunalarini tanlash va urug‘chilik texnologiyasini ishlab chiqish”
70811901- Sabzavotchilik va polizchilik (fan yo‘nalishi bo‘yicha ) magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan.


DISSERTATSIYA


Ilmiy rahbar: q.x.f.d., professor N.J.Nurmatov


TERMIZ- 2023


M U N D A R I J A
KIRISH 3
I-bob.ADABIYOTLAR SHARHI
1.1.Rukkolaning kelib chiqishi, tarqalishi va klassifikatsiyasi 10
1.2.Rukkolaning batanik tafsifi va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati 12
II-bob.TADQIQOTLAR OLIB BORILGAN JOY SHAROITI,
OB’EKTI VA USLUBLAR
2.1. Tadqiqot o’tkazilgan joy va sharoiti 18
2.2. Tadqiqot ob’ekti va uslublari 27
III-bob. Tadqiqot natijasi
3.1.Rukkola nav namunalarining marfologik belgilari va
ularning nomoyon bo’lishi 28
3.2. Rukkola nav namunalarining ko‘k massa hosildorligi 34
3.3. Rukkola o’simligining urug’ mahsuldorligi va ularning
ekinboblik xususiyatlari 42
XULOSA 60
FOYDALANILNGAN ADBIYOTLAR RO‘YXATI 61
TAVSIYALAR 65
KIRISH
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Hozirgi zamon sabzavotchiligining dolzarb muammolaridan biri bu yetishtirilayotgan ekinlar assortimentini ko‘paytirish bo‘paytirish bo‘lgan bir sharoitda mamlakatimizda atiga 30-40 xil sabzavot turlari yetishtiriladi, eng asosiylari va ko‘p iste’mol qilinadiganlari 10-12 tadan oshmaydi. Vaholanki, rivojlangan mamlakatlar, jumladan Yaponiyada 180-200, Yevropa mamlakatlaridan 120-130, Rossiyada 70-80 xil sabzavotlar iste’mol qilinadi. Shu sababli introduksiya yo‘li bilan kam tarqalgan, noan’anaviy, tarkibining qimmatliligi dorivorligi bilan ajralib turadigan sabzavot ekinlarini mamlakatimizga olib kirish uning biologiyasini, fizologiyasini chuqur o‘rganish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.
Ko‘plab ilmiy tadqiqotlar inson tanasining yuksak hayotiyligini saqlab qolish va turli xil kasalliklar, shu jumladan yuqumli kasalliklarni yengishda uning xavfini kamaytirishda “ sariq –yashil” guruhli sabzavotlarning ahamiyati katta ekanligininaniq ko‘rsatib berdi. Bu esa, ular ichida pirovitamin A – karotinning borligi bilan izohlanadi. Chunki inson va hayvon tanasida karotin, retinol – A vitaminiga aylanadi (Bunin M.S.,2022). Sariq-yashil guruhli sabzavotlar sovuqqa chidamli, tuproqning turli tiplariga mos tarzda ytishtirladi. Ushbu erta pishadigan ekinlar bahorning boshlarida va yozning birinchi yarmida, boshqa sabzavotlar pishib yetilmagan bir paytda bemalol iste’mol qilishga tayyor holatda bo‘ladi. Aholi sonining oshishi nafaqat sabzavotlar balki keng assortimentdagi oziq –ovqat va xushbo‘y –zirovar o‘simliklar xom ashyosi xilma –xilligini ko‘paytirishni hamda ulardan yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqishni taqoza etmoqda. O‘z navbatida, bunday xususiyatlarga eksportbob dorivor o‘simliklarni tanlash, ular xom ashyosiga bo‘lgan ehtiyojlarni mahalliy florada mavjud bo‘lgan yoki o‘zga hududlar florasiga tegishli introdutsent o‘simliklar hisobiga qondirish, o‘simliklarni turli tuproq-iqlim sharoitida yetishtirishning samarali usullarini ishlab chiqish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Tirik organizmning normal ishlash uchun zarur bo‘lgan karbangidratlar, vitaminlar, efir moylari, mineral tuzlar, fitonsitlar hamda organizm uchun kerakli moddalarni asosiy yetkazib beruvchi bo‘lganligi sababli, sabzavotlar eng qimmatli oziq-ovqat mahsulot sanaladi. (Litvinov S.S, 2008).
Hozirgi paytda oddiy bargli salatlarga bo‘lgan talab pasayib ketmoqda va o‘tkir-aromatik o‘simliklarga bo‘lgan talab o‘smoqda, Buyuk Biritaniyada, misol uchun, aromatik o‘simliklar umumiy bozor o‘sishining 63% ni tashkil qiladi. Quruq mevalarning ulushi esa umumiy savdo hajmining 6,6% ni, rukkola esa 6%, ildiz mevali o‘simliklar esa – 4,5% ni tashkil etadi.
Yashil sabzavot mahsulotlarga bo‘lgan talab o‘sishda davom etmoqda Rossiyada rukkola kam tarqalgan yashil madaniy o‘simlikdir. XX asrning 90 yillari oxirlarida paydo bo‘lgan edi, shu vaqtgacha bu begona o‘t o‘simliklari hisoblanadi. Rukkolani ekish va urug’lik yetishtirish texnologik usullari masalalari mahalliy adabiyotda juda kam. Rossiya Federatsiyasida yashil salatbob mahsulotlarni ishlab chiqarish ko‘paydi, ammo ularning assortimenti aholining ehtiyojlarini to‘liq qondirmaydi. Yuqori aniqlik va ozuqaviy qiymat bilan ifodalangan ko‘kat turlarini kengaytirish katta ahamiyatga ega (Muxin V.D,Malxasyan A,B,2000).
Yashil ekinlarning muhim xususiyati qisqa vegetatsiya davriga ega bo‘lishidadir. yashil va foydali sabzovatlardan tayyorlangan oziq ovqat mahsulotlari oz miqdorda iste’mol qilinadi, kaloriya miqdori ko‘plab, sabzovatlarda nisbatan kam bo‘ladi, ammo ularning inson organizmiga ta’siri juda foydali, ularda mavjud bo‘lgan deyarli barcha tan olingan vitaminlar, mineral tuzlar va organik kislatalar mavjud. Yashil ekinlardan doimiy foydalanish salomatlikni yaxshilashga, umumiy salomatlikni yaxshilashga yordam beradi, ularning tarkibida noyob biologik faol moddalar uchraydi. Muntazam va ko‘p miqdordagi ko‘katlarni ishlatadigan ko‘plab xalqlarning an’analari va tajribasi buni isbotlaydi. Xususan ko‘plab mamlakatlar olimlarining tatqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, sabzovatlarni iste’mol qilish saraton rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, asosan, B-karotin, askorbin kislotasi va boshqa biologik faol moddalar ularda ko‘plab uchraydi. (Eberhard V.,Baumann Ye., Voigtlander V., 1987; Papanov A.N.,2009).(12) Ko‘plab mamlakatlarda sabzavotlarning olishning qisqa muddati va aholiga vitamin yetishmasligi bilan bog’liq holda, yangi sabzavot ekinlarini kiritish muhimdir. O‘zbekistonning janubida esa buning aksi. Bahorda odatda, mart oyida 10-12 o S gacha bo‘lgan o‘rtacha harorat sovuqni tashkl etadi. Erta bahor mavsumida ko‘kat o‘simliklarni yetishtirish katta ahamiyatga ega shu jumladan rukkola o‘simligiga ham, chunki ular sovuqqa chidamliligi yuqori, ular sovuqni-3 o C darajaga ko‘tarishlari mumkin, ularning o‘sishi va rivojlanishi uchun optimal harorat 12-18 o C ni tashkil qiladi. Bu nafaqat O‘zbekiston qolaversa butun dunyo aholisi uchun ham zarurdir. Bugungi kunda mamlakatimizda rukkola (rukkola) o‘simligi ancha tanildi. Rossiyada ushbu o‘simlikni o‘rganish iqlimi va quyoshli kunlarning kamligi hamda qisqa bo‘lganligi va shuning uchun uning biologiyasi va urug’chilik texnologiyasi ishlab chiqish bo‘yicha dastlabki materiallar 1999 yilda Perm Davlat qishloq-xo‘jaligi akademiyasining meva-sabzavot mahsulotlari kafedrasining o‘quv-ilmiy markazida qabul qilindi, O‘zbekistonda esa 2016 yildan boshlab ekila boshladi ammo uni ilmiy jihatdan2021yildan o‘rganila boshlandi. Rossiyada, 2000 yildan boshlab rukkolaning urug’chiligi bo‘yicha ishlar olib boriladi, 2022 yilda esa davlat reestriga kiritilgan mamlakatning turli navlari – “Emerald” yaratilgan bo‘lib, 2002 yildan buyon qishloq xo‘jalik fanlari doktri, professor A.N Paponov rukkola o‘simligi ustida ilmiy izlanishlar olib borgan.
Aholini ushbu mahsulotlar bilan ta’minlashni keskin yaxshilash, hamda uzliksizligini yaratish hozirgi davrning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Sabzovat va poliz ekinlarining qiymati va inson ovqatlanishidagi bebaho ahamiyati ularning tarkibida odam tanasining rivojlanishi va harakat qilish uchun zarur bo‘lgan vitaminlar, fermentlar, oqsil moddalar, yog’lar, uglevodlar va mineral tuzlar ko‘p miqdorda borligidadir. Kata yoshdagi insonning vitamin, uglevod, oqsil, kislotalar, tuzlarga bo‘lgan talabni qondirish uchun har kecha- kunduzda 70 g (37%) chorvo mahsulotlaridan va 1200 g (63%) dan ko‘proq o`simlik, shu jumladan 500 g sabzavot mahsulotlaridan iste’mol qilishi zaruar.
Respublikamizda sabzavot va poliz ekinlari, yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarning asosiy maqsadlari har gektar sug‘oriladigan yerdan olinadigan mahsulotlar miqdorini yuqori va sifatli shu bilan birgalikda ekologig jihatdan toza hosil etishtirish hisobiga keskin oshirishdan iborat. Yuqori sifatli hosil olish uchun avvolo har bir ekinning biologiyasi, ekologiyasi uning o‘suv davrida ozuqaga bo‘lgan talabi, ekish muddatlarini aniq bilish va yetishtirish jarayonidagi har bir tadbir o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishini ta’minlash zarur. Dehqonchilikda ekiladigan sabzovot va poliz ekinlarini tuproq turiga qarab rejalashtirishdan boshlanadi. Bunda ushbu ekinlarni biologik xususiyatlarini inobatga olgan holda bajariladi. Sabzovot ekinlarini joylashtirishda, albatta ularni almashlab ekish ko‘zda tutilishi shart.
Sabzovot ekinlarinig suvga bo‘lgan talabi ularning ildiz tizimining rivojlanganligi, ekish usuli, ko‘chat yoki urug‘idan ekinganligi, ekish muddatlari sizot suvinig chuqurligi, tuproq unumdorligi hamda tuproq va havo haroratiga bog‘liq. Respublikamizning ob-havo, tuproq sharoitiga qarab har bir viloyat uchun rayonlashtirilgan, mo‘l hosilli sifat ko‘rsatkichlari yuqoro bo‘lgan, zararkunanda va kasalliklarga chidamli, mehanizimlar ishlov berishga moslashgan, har bir ekish muddati uchun mos navlarni to‘g‘ri tanlash lozim.
Mazkur dissertatsiya doirasida olib borilgan tatqiqotlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi dorivor o‘simliklarni etishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni yanada rivojlantirish chora tadbirlar to‘g‘risidagi 63-sonli qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig 2017-yil 17-iyuldagi aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida qarori Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi farmoni qarorlari va mazkur sohaga tegishli meyyoriy huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga va ijrosini ta’minlashga muayyan darajada xizmat qiladi.

Yüklə 19,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə