Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti



Yüklə 19,94 Mb.
səhifə6/23
tarix11.10.2023
ölçüsü19,94 Mb.
#127228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
dessertatsiya Nigora

Gulining tuzilishi: Gultoji barglari 9-12 mm uzunlikda oq va sariq ranglarda bo‘lib shingil shakildagi to‘pgulini hosil qiladi. Gullash davri 15-20 kunni tashkil qiladi. Gullari ikki kun davomida ochiladi gul kosachasi 4 ta, gul toji 4 ta, changchisi 4 ta, urug‘chisi 1 ta. Gullari ikki jinsli, hashoratlar yordamida changlanadi.
1.2- Rukkolaning gulining tuzilishi

Mevasining tuzilishi: Qo‘zoq meva hosil qiladi. Qo‘zoqning uzunligi 1,5 sm dan 3,5 sm gacha bo‘ladi. Qo‘zoqlar ikki pallaga ochiladi, pallalar o‘rtasida parda tortilgan bo‘lib urug‘larini ikkiga turadi. Bir tup o‘simlikda minglab qo‘zoq hosil qiladi. Birdona qo‘zoqda 25-30 tagacha urug‘ hosil qiladi. Bazi hollarda 35-40 tagacha urug‘ bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki bir tup o‘simlikda 15775-18930 ta gacha urug‘ hosil qiladi.
1.3-rasm. Rukkola qo‘zog‘ining tuzilishi

Urug‘ining tuzilishi: urug‘ning uzunligi taxminan 15-20 mm uzunlikda, mm kenglikda, ko‘pincha tuximsimon shakilda bo‘ladi. Qisqacha cho‘zilib ketgan tanasi bug‘umlarga bo‘lingan taxminan 5-8 mm uzunlikda, bazan 6-8 (10) mm uzunlikdagi va deyarli bir xil kenglikda uchki qismi biroz torayib ketgan.
1.4-rasm. Rukkola urug‘ining ko‘rnishi

Biologik xususiyatlariga ko‘ra chetdan changlanadigan bir yillik, uzun kun o‘simligidir (Voroщilov V.N., Daev O.V., Yevыxov M.A: Vaselchenko I.T.,1979)
Urug‘lar qo‘zog‘ida ikki qator bo‘lib joylashgan, shakli sharsimon- tuxumsimon, ba’zida biroz yassi,och qo`ng`ir, diametiri 1.3 -1.5mm 1000 ta urug`ning vazni 1.2 g dan 2.0 g gacha (Ipatev A.N.,1966:Papanov A.N.,Kazantseba T.,2001: Maevskiy P.F., 2006: Papanov A.N.,2009: Papanov A.N., Shirinkin V.N. 2011).
Orol oldi mintaqasida Rukkola qo`zog`ida 25-35 gacha urug` shakillandi. Bitta o`simligining urug` mahsuldorligi 5.4-12.1 g o`simlik (8700-16950 ta urug`) atrofida bo`ladi. A.N. Papanov, T.Kazantseva (2001) ko`rsatib o`tganidek Rukkolaning balandligi 25-35 sm bo`lganda istemolga yaroqli bo`ladi.

Yüklə 19,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə