Termiz davlat universiteti ijtimoiy fanlar


Chet til o ‘qitishning ta’limshunoslik asoslari



Yüklə 284,38 Kb.
səhifə5/39
tarix05.10.2023
ölçüsü284,38 Kb.
#125393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
umk

Chet til o ‘qitishning ta’limshunoslik asoslari. Barcha o‘quv prcdmetlarini o'qitish nazariyalari ta’limshunoslik (didaktika) faniga asoslanishi, undan ilmiy ,,ozuqa“ olishi shubhasiz holdir. Chet til o‘qitish ham ta’limshunoslikka asoslanadi.Birinchi navbatda, didaktik prinsiplaming chet til o‘rgatishga tatbiq etilishi masalasi ko‘ndalang turadi (chet til o ‘qitish metodlari va prinsiplariga bag‘ishlangan V bobda bu mavzu mufassal yoritiladi). Metodika mohiyat e’tibori bilan, aw alo, xususiy ta’limshunoslik sanaladi, ikkinchi tarafdan, aniq biror chet tilni o‘qitishga taqqoslaganda u umipniy metodika fani hisoblanadi.
Umuman tillarni o £qitishga doir ilmiy-amaliy m ulohazalar yig‘indisi lingvodidaktikani fan sifatida shakllantiradi (lingvota’limshunoslik termini, 1960-yillar oxirida Pedagogika fanlari akademiyasi qoshidagi Milliy maktablarda rus tili o‘qitish ilmiy tadqiqot instituti jamoasi tomonidan chop etilgan asarlarda uchray boshlagan). Didaktika ta’limning umumiy nazariyasi, metodika muayyan o’quv predmetini o’qitish ilmi, lingvodidaktika tillarni o‘qitish umumiy nazariyasi, lingvometodika aniq bir til (o’zbek tili, rus tili, ingliz tili, arab tili)ni o’qitish ilmi sifatida farqlanadi. Didaktik qonun-qoidalami chet til o’qitishga moslab tatbiq etish yo£llarini yoritish maqsadida, eng avvalo, „chet til o`quv predm etining xususiyatlarini boshqa fanlardan farqlash kerak bo’ladi. 0`rta ta’limda o`qitiladigan predmetlami shartli ravishda quyidagicha tasniflash mumkin: fan asoslaridan saboq beradigan o£quv predmetlari (mas. kimyo, biologiya, fizika, matematika, tarix, ona tili); tarbiya berishga qaratilgan o`quv predmetlari (rasm, musiqa, ashula); amaliy faoliyatni orgatadigan o£quv predmetlari (jismoniy tarbiya, mehnat ta’limi); til o’quv predmetlari (ona tili, ikkinchi til, chet til). Fan asoslarini o’rgatuvchi predmetlarda o’quvchilarga asosan ushbu sohaga oid bilimlar bayon etiladi. Tarbiyaviy yo‘nalishdagi predmetlar o’quvchilarda nafosat va go£zallikni tarkib toptiradi. Faoliyatni o£rgatish predmetlari jismoniy chiniqish, mehnat qilish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Lingvo-ta’limshunoslik obyekti bo‘lmish ona tili, ikkinchi til va chet til o£quv predmetlarini tahlil etganda, ular orasida mushtaraklik va keskin tafovut borligi namoyon bo’ladi.
Tillar orasidagi umumiylik shundan iboratki, har uchalasini o‘rganishda ham o‘quvchi nutq faoliyati bilan mashg‘ulholadi. Ushbu tillarda shakUangan nutq ko‘nikma va malakalari lufayli boshqa fanlar va sohalarga oid bilimlar (axborotlar) o‘zlashtiriladi. Akad. L. V. Shcherba so‘zi bilan aytganda, til o‘quvpredmetlari muloqot (kommunikativ) vazifasini bajaradi1. Maktab sharoitida ona tili o‘qitish o‘zga tillami o ‘rgatishdan shu bilan sezilarli farq qiladiki, tillaming kommunikativ funksiyasi va ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati, umuman qaralganda, barchasiga tegishli, biroq bunday funksiyalaming bajarishme’yori har bir tilda turlicha. Mas. „Ona tili“ o‘quv predmeti ni o ‘rganish chog‘ida o ‘quvchilar uchun uning kommunikativ va ta’limiy-tarbiyaviy funksiyalari bir xilda ro‘yobga chiqadi. Chet tilda esa muloqot, amaliy qo‘llanish yetakchi funksiya bajaradi, ta’lim va tarbiya vazifalari unga bog‘liq holda ro‘yobga chiqadi.
Chunki ona tilini o ‘quvchi maktabgacha amaliy egallaydi. Endi ona tilida yozuv va o‘qish malakalari shakllanadi va og‘zaki nutq malakalari takom illashtiriladi. Ta’limiy tom oni (til nazariyasi asoslari sistem atik kursi) maxsus e’tibor bilan o‘rgatiladi.
Ikkinchi tilda ham amaliy malakalar awal qisman (yoki yetarli) hosil qilingan, nazariy bilimlar, albatta, ona tilidagidan kamroq hajmda bayon etiladi. Chet til o ‘rgatishda esa har bir ish boshidan boshlanadi, kommunikatsiyaning butunlay yangi lisoniy sistemasi shakllantiriladi. Ta’lim berishga moijallangan qoidalar (oddiy nazariy bilimlar) amaliy ko‘nikma va malakalami egallashni tezlatish (intensifikatsiya) va yengillatish (optimizatsiya) maqsadlariga bo‘ysundiriladi. Amaliy maqsadning ro‘yobga chiqishi bevosita ta’lim-tarbiyaga o‘z ta’sirini o‘tkazadi, o‘quv jarayonidagi nutqni amaliyot (kommunikatsiya)da axborot olish berish birlamchi vazifaga aylanadi. Tillaming asosiy o‘quv maqomidagi yana bir xususiyati shundaki, ona tili tajribasi ikkinchi til o‘rganishda, so‘ngraularning ikkovi chet tilni egallashda ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mavjud ko‘nikmalarning yangi hodisani o‘zlashtirishga salbiy ko‘chishi (interferensiya) ko‘proq kuzatiladi. („R uhshunoslik asoslari“da m azkur masala kengroq ta ’riflangan.)Ta’limshunoslikda o‘quv predmetini nima uchun (qanday maqsadda), nimani (ta’lim mazmunini), qanday qilib (metod va prinsiplar) va kimga (o‘quvchiga) o ‘rgatish muammolari tadqiq etiladi. Ta’lim maqsadi ijtimoiy unosabatlar sistemasi (jamiyat)ning buyurtmasidan kelib chiqadi. Fanshunoslikda, shuningdek, ta ’lim shunoslikda ham , m aqsad tasavvurdagi faraziy natijadir.
Chet til o'rganishda mazm un birlamchi, shakl esa ikkilamchi qilib qo‘yildi. Oldin og‘zaki va yozma matnni tushunib, keyin undagi til hodisalariga diqqatni qaratmoq zaruriyati tashviq qilindi. Shakl intuitiv holda, ong ishtirokisiz o‘rganilishi mumkin, degan metodik yo‘l tutildi. Onglilik prinsipi, ko‘rinib turibdiki, chet tilda nutq mazm unini tushunish bilan og‘lanmoqda. Aslida esa nutqni egallash jarayoni hisobga olinmagan.
Oltmishinchi yillarning ikkinchi yarmida chet tilni ongli o‘rganish o‘quvchilar tomonidan nutq mazmunini tushunish hamda nutqning tarkibiy qismidagi til birliklarini anglab yetish ilmiy tarzda asoslab berildi.Ushbu ilmiy talqinga ko‘ra, ayrim zaruriy qoidalar, ya’ni nazariyaning elem entlari amaliy m aqsadni ko‘zlab bayon etiladi va tilni o‘rganish jarayonini tezlashtiradi va o‘quvchilarga osonlik tug‘diradi. Onglilik prinsipi zaminida ishlab chiqilgan ongli-qiyosiy metod ta’kidlab o‘tilgan uchala metodik yondashishda ham qator o‘zgarishlar bilan saqlanib kelinadi. Hozirgi m etodikada qiyoslash o ‘quvchilar tom onidan emas, balki ularning til tajribasini hisobga olgan holda mashg`ulotlik va dastur tuzuvchi metodistlar va o ‘qituvchilar tarafidan amalga oshiriladigan metodik tadbirdir. Mashg`ulotda o‘quvchi chet til hodisasini anglab oladi, biroq tillarni qiyoslash bilan band etilmaydi („Tilshunoslik asoslari“ga qarang). Chet til o‘qitishning metodologik, ruhshunoslik va ta ’­ limshunoslik asoslarini o‘rganish, uning tilshunoslik asoslari ham mavjudligidan dalolat beradi.


  1. Yüklə 284,38 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə