Termiz davlat universiteti ijtimoiy fanlar


o‘quv-metodik topshiriqlar



Yüklə 284,38 Kb.
səhifə9/39
tarix05.10.2023
ölçüsü284,38 Kb.
#125393
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
umk

o‘quv-metodik topshiriqlar
1. Chet til o‘qitish maqsadlarining nomlarini ayting. Ularning o‘zaro bog‘liqligini aniqlang.
2. Gapirish, tinglab tushunish, o‘qish va yozuvning maqsad va vosita ekanini tushuntiring.
3. Til hodisalari va ularga oid mavhumotning hamda matnmazmunining o‘qitish maqsadlari bilan munosabatini sharhlab bering.
3.Chet tilda nutq faoliyati turlarini o‘rgatish,,Leksika“ va unga aloqador tushunchalar haqida
Ruhshunoslar e’tirof etishlaricha, inson bolasi kishilik jamiyati orttirgan tajribani so‘z orqali 0‘zlashtiradi1, chunki tafakkur so ‘z yordamida sodir b o ‘ladi. So‘z til birligi sifatida tushuncha(lar)ni ifodalaydi. Tildagi so‘zlar majmuyi leksikani sistema sifatida tashkil etadi. So‘zning hissiy (tashqi) va ma’noviy (ichki) tomonlari bor. ,,Hissiy“ termini so‘zning ,,qo‘zg‘ovchi“ ekanligidan darak beradi. Ko‘ruv va eshitish sezgilari yordamida uni ko‘ramiz (o‘qiymiz) va eshitamiz (tinglab tushunamiz). Uni aytishimiz (nutqharakat sezgisi orqali) va yozishimiz (qoTharakat sezgisi yordamida) mumkin. So‘z yozilgan yoki aytilgan paytda, uni ko‘rish yoki eshitish mumkin. So‘zning ichki (ma’noviy) jihati deyUganda, mazmun va tushuncha nazarda tutiladi. Ma’no deganda, o‘zi ifodalayotgan narsa yoki hodisaga boglanishi tushuniladi. Tushuncha esa — narsa va hodisaning muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shakli. Tushuncha qiyoslash, tahlil, mavhumlashtirish, sintez, umumlashtirish kabi mantiqiy usullar tufayli shakllanadi. Mas. ,,oq“ tushunchasi ispan, ingliz, nemis, fransuz, fors va rus tillarida „bianco, white, wei(3, blanc, safed, белый“ shakllaridagi so‘zlar orqali ifodalanadi. Ifodalanadigan tushuncha bitta, so‘z esa yettita. Har bir so‘z, agar u termin bo‘lmasa, yana bir necha ma’no bildirishi mumkin, mas. oq qog‘oz, oqlar, oqqa ko‘chirmoq, oq suvoq, oqlanib chiqmoq kabilardagi ,,oq“ turli ma’noda kelyapti. Ma’noni tilshunoslik o‘rganadi, tushunchani esa ruhshunoslik tadqiq etadi. So‘zning ma’nosi — tilga oid termin, uni lug‘atdan topish mumkin. So‘z mazmuni — nutqqa taalluqli, lug'atdan topilmaydi, kishining tajribasi yoki bevosita vaziyatdan ma’lum bo‘ladi. Mas. ,,besh“ so‘zining ma’nosi lug‘atda keltirilgan. Nutqda qo‘llanishiga qarab, uni o‘quvchi, ,,o‘qishdagi — yutuq“ baho bilan, avtobus kutuvchi transport marshruti bilan, bozorchi (xaridor va sotuvphi) narsaning naixi — so‘m, dollar bilan fikran bogMashi mumkin va h.k. So‘zning to‘rtta shakliy — tovush (fonetikada), yozilish (grafikada), tuzilish (leksikologiyada) va grammatika (morfologiyada) tomonlari o‘rganiladi. Hozirgi zamon hind-yevropa tillarida leksika yarim milliongacha so‘zdan tashkil topadi. Tilda 400—500 ta so‘z yordamida muloqot yuritish mumkin. Ma’lumotli odam og‘zaki va yozma fikr bayon etish uchun 3000—5000 ta so‘z ishiatadi. o‘qib va tinglab tushunishda unga qaraganda ancha ko‘p so‘zni biladi. Buyuk shoir va yozuvchilar ijodida 20—25 ming so‘z qo‘llanadi (mas. A. Navoiy, U. Shekspir, A. S. Pushkin, A. Qahhor kabilar). So‘zlarni turli nuqtayi nazardan tasnif etganda: leksikgrammatik toifada (so‘z turkumlari), so‘z yasash usullariga ko‘ra (sodda, qo‘shma, yasama), vazifasiga binoan (mustaqil va yordamchi), mavzu va terminlar guruhi, semantik doirasi kabilar hisobga olinadi. Tashqi olam inson ongida narsa va so‘z timsollari tarzida shakllanadi. Ikkinchi signal sistemasi sifatida so‘z predmet va hodisa timsolini qo‘zg‘aydi, mas. ,,non“ so‘zini eshitganda yoki o‘qiganda ko‘z oldimizda ,,yegulik“ paydo bo‘ladi. Leksikani o‘rgatishda tildagi tushunchalaming o‘zaro munosabati turlarini nazarda tutish zarur: birinchidan, tobelik, ya’ni tor va keng tushuncha mavjud, mas. ayol, erkak -» odam; qiz, o‘g‘il -> farzand; ikkinchidan, mos kelish — ikki tushuncha mazmunan farq qiladi va ular hajman mos keladi, mas. tashrif buyurmoq — kelmoq; tavallud topdi — tug‘ildi; uchinchidan, qisman to‘g‘ri kelish — bir tushuncha ikkinchisini qisman qamrab oladi, mas. olim — metodist; pedagog — 146musiqachi; to ‘rtinchidan, o‘zaro bog‘lanmaydigan tushunchalar, ular orasida mazmunan va hajman hech qanday umumiylik boMmaydi, mas. sumalak va qalam; navro‘z va algoritm. Ona tili va chet til tushunchalari taqqoslanganda to‘liq o‘xshashlik, qisman mos kelish va butunlay farq qilish holatlari kuzatiladi, ulaming ayoniy tasviri quyida keltiriladi:

Yüklə 284,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə