Termiz davlat universiteti ijtimoiy fanlar


VII semester bo`yicha jami



Yüklə 284,38 Kb.
səhifə2/39
tarix05.10.2023
ölçüsü284,38 Kb.
#125393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
umk

VII semester bo`yicha jami

10 soat

1.6

Harakatli o`yinlar yordamida maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o`rgatish




1.7

Syujetli o`yinlar yordamida maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o`rgatish




1.8

Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ingliz. tilida kitoblarni o’qish va hikoya qilish orqali tilga bo'lgan qiziqishni uyg'otish




1.9

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o'rgatishda nazariy bilimlami amaliyotda qo'llash




1.10

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini refleksiv o'rgatishning ahamiyati.







VIII semester bo`yicha jami

10 soat

2.

Amaliy mashg’ulotlar




2.1

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini ikkinchi til sifatida o`rgatish tarixi




2.2

Maktabgacha ta'limning psixologik, didaktik va lingvistik asoslari




2.3

O`yinlar yordamida maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o`rgatish




2.4

Didaktik o`yinlar yordamida maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o`rgatish




2.5

Rivojlantiruvchi o`yinlar yordamida maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o`rgatish




2.6

Harakatli o`yinlar yordamida maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o`rgatish




2.7

Syujetli o`yinlar yordamida maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o`rgatish







VII semester bo`yicha jami

14 soat

2.8

Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ingliz tilida kitoblami o'qish va hikoya qilish orqali tilga bo'lgan qiziqishni uyg'otish




2.9

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o'rgatishda nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llash




2.10

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini refleksiv o'rgatishning ahamiyati




2.11

Maktabgacha yoshdagi bolalar ingliz tilini o'rganishida ijodiy vazifalaming ahamiyati




2.12

Maktabgacha yoshdagi bolalar ingliz tilini o'rganishida ijodiy vazifalaming ahamiyati




2.13

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o'rgatishni zamonaviy usullari




2.14

Bolalar soni ko'p guruhlarda ingliz tilini o'rgatish







VIII semester bo`yicha jami

14 soat

3.

Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari




4

Glossariy




5.

Ilovalar




5.1.

Fan dasturi




5.2.

Ishchi fan dasturi




5.3.

Tarqatma materiallar




5.4.

Testlar




5.5.

Baholash mezonlari





O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI KAFEDRASI
MAKTABGACHA TA`LIMDA CHET TILLARINI
O`QITISH METODIKASI
fanidan


MA’RUZALAR MATNI


Tuzuvchi : ______________________


Termiz- 2023

  1. mavzu.Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini ikkinchi til sifatida o`rgatish tarixi.

History of teaching English as a second language to preschool children.
Reja:

  1. Ikkinchi til paydo bo`lish sabablari va uning shakillanishining tabiiy tamoillarini hisobga olgan xolda insoniy aloqa tarixini o`rganish.

  2. Ikkinchi til o`rgatishda qanday yutuqlarga erishishimiz mumkunligi haqida metodikalar bilan tanishish.



Ikkinchi til paydo bo`lish sabablari va uning shakillanishining tabiiy tamoillarini hisobga olgan holda insoniy aloqa tarixini o`rganish.
Til o‘rganish kishilik jamiyatida bag‘oyat muhim sohalar dan hisoblanadi. Muloqot vositasi bo‘lmish tilni tabiiy muhitda (oilada, jamoatchilik rasida) yoki uyushgan holda (mashg`ulotda) amaliy egallash mumkin. Til hodisalariga oid bilimlar esa nazariy jihatdan o‘rganiladi. Xalqaro munosabatlar avj olgan zamonamizda tillami bilish, ayniqsa, ko‘p tillilik (poliglossiya) ulkan ahamiyat kasb etmoqda.0 ‘zbekiston Respublikasida tahsil oladigan o‘quvchi va talabalar odatda uch tilni o'rganadilar. „Idrokli yoshlarimizning ko‘pchiligi uch til egasidir“ 1. Ushbu tillar ta’lim nazariyasida maxsus nomlar bilan yuritiladi: ona tili, ikkinchi til va chet til.
Ona tili tafakkur shakllanishida alohida xizmat o ‘taydigan birinchi tildir. Ruhshunoslar e’tirofiga binoan „tafakkur — verbal“, ya’ni fikrlash so‘z bilan chambarchas bog‘liq, so‘z —tushuncha ifodalovchisi. Ona tili so‘zlari zaminida o‘zlashtirilgan tushunchalar ikkinchi yoki chet til o‘rganish chog£ida o‘zga til so‘zlarining tovush va yozuvdagi timsolida gavdalanadi. Ona tili, ikkinchi til va chet tilda o‘rganiladigan so‘z (mas. non — хлеб — bread) miqdoran uchta, biroq ular ifodasida shaklla nuvchi tushuncha esa yagona: ,,un mahsulotlaridan xamir qorib, tandir, o ‘choq yoki gazda pishiriladigan, yopiladigan yegulik, tirikchilik uchun zarur narsa“. Xullas, tushuncha, tilshunoslar ta ’biri bilan aytganda, umuminsoniy, baynalm ilal hodisadir, so‘zning fonetik va grafik timsoli esa milliydir. O‘z tilida shakllangan tushunchalami o‘quvchi/talaba endi ocrganilayotgan o‘zga til so‘zlari biIan fikran bog‘laydi. Binobarin, til o‘rgatish ruhshunosligining yirik mutaxassisi, professor Boris Vasilyevich Belyayevning „chet tilda tafakkumi shakllantirish“ga doir ilmiy mulohazasinomaqbuldir, zero, turli tilda ifodalangan fikr uyg‘unligi kuzatiladi.
Ikkinchi til haqida so‘z yuritilganda, unga boshqa millat vakillaridan iborat qardoshlar, qo‘shnilar tili sifatida qaraladi. M a’lumki, til kishilarning bir-birlarini yaqindan bilishlari, hurm at-e’zozlashlari, do‘stlashishlarida tengi yo‘q omil, bebaho vositadir. 0 ‘rta va oliy o‘quv yurtlarida boshqa tillarda ta’lim oluvchilar uchun ikkinchi til tushunchasi o‘zbek tili demakdir.
Chet til — bu xorijiy mamlakat tili. Respublikamizda G ‘arbiy Yevropa (ingliz, ispan, nemis, fransuz) tillari va Sharq (arab, turk, urdu, fors, xitoy, hind) tillari o‘qitilmoqda. Ular ta’lim muassasalarining o‘quv rejalaridan o‘rin olgan. Uchala tilni o‘qitish jarayoni turlicha kechadi: birinchidan, ona tilida tafakkur shakllanadi, o‘zga tillami o‘rganish ulardagi fonetika, leksika va grammatikaga xos xususiyatlami his etish bilan bog‘liqdir; ikkinchidan, o ‘rganish tartibi ona tilidan boshlanib, undan keyin ikkinchi til va, nihoyat, chet tilga o‘tiladi; uchinchidan, ona tili va ikkinchi til tabiiy vaziyatda, chet til esa sun’iy muhitda o ‘rganiladi. Chet tildagi muloqot,asosan, mashg`ulotda muallim rahbarligida kechadi. Qayd etilgan m uhokam adan ay on boMadiki, uchala til orasida chet tilni o‘rgatish-o‘rganish muayyan jihatlari bilan keskin farqlanadi. Bu esa, o ‘z navbatida, tegishli chet til o‘qitish texnologiyasini qoMlaslini taqozo etadi. Chet til muallimi metodika fani yutuqlarini puxta o‘zlashtirish orqali o‘quvchining to'plagan til tajribasi me’yorini aniq bilishga va uni yanada takomillashtirishga erishadi. Til tajribasi termini Yevropa tillarida chop etilgan metodik adabiyotlarda deyarli uchramaydi, chunki rus (Rossiya Federatsiyasi nazarda tutiladi), ingliz, nemis, fransuz aktablarida yagona ona tili chet til o‘rganishda hisobga olinadi. 0 ‘zbekiston maktablarida esa ona tili va ikkinchi tildan hamda o‘iganilayotgan chet tilning o‘zidan to‘plangan yaxlit til tajribasi xususida fikr yuritish maqsadga muvofiqdir. 0 ‘quvchilarning til tajribasi uch tildan yig‘ilgani bilim, ko‘nikma va malakalar (kompetensiya) majmuasi (sintezi) bo‘lib, uning hajmi, qo‘llanish ko‘lami, o ‘zaro bog‘liqligi masalalari metodikaning til tajribasini hisobga olish prinsipi doirasiga kiradi.
Til tajribasini hisobga olish deganda, o‘quvchi shu kungacha o‘zbek, rus, chet til (ingliz, ispan, nemis yoki fransuz tili)dan olgan bilim, ko‘nikma va malakasining hozir o‘rganayotgan chet til materialini o'zlashtirishga salbiy (interferensiya) yoki ijobiy (transpozitsiya/fatsilitatsiya) ta’siri tushuniladi. Masalan, chet tildagi ,,artikl“ atalmish grammatik hodi sani o ‘rgatish chog‘ida, uning o ‘zbek tilida mavjud emasligi tufayli, mazkur grammatik kategoriyaga oid ,,artikl“ tushunchasi shakllantiriladi. Oqibatda o‘quvchi til tajribasi endi chet tildagi ,,yangilik“ bilan boyiydi. Grammatikadan hozirgi, o ‘tgan va kelasi zamonlar (mas. Present Indefinite, Presente deIndicativo, Prasens, Present)ni o ‘rganishda ularning qo‘llanilishi (funksiyasi), yasalishi (shakli) va ma’nosi (semantikasi) alohida metodik yondashishni talab etadi.
Fe’l zamonining funksiyaviy tarafi o ‘quvchilar uchun deyarli qiyinchilik tug£dirm aydi, chunki gram m atik hodisaning „takrorlanib turadigan ish-harakatni ifodalashi“ o ‘zbek tilidan m a’lum.Bunday holat o ‘quvchilar ona tilisi tajribasidan olgan bilimlari yordamida chet til hodisasini egallashga imkon tug‘diradi. Ushbu fe’l zamonining yasalishi (formasi) esa o‘zbek va chet tilda butunlay farq qiladi. Chet tildagi ikki so‘z (yordamchi va yetakchi fe’llar)dan tuziladigan zam on shakli (mas. Future Indefinite, Future Simple, Futurum I, Futur simple)ni o‘rganishda o ‘quvchilar til tajribasi tarkibida mavjud ruscha (ikkinchi til)dan foydalanish ma’qul (буду+делать, будешь+ ходить). Zero, o‘quvchiga ona tilida fe’l zamoni yasalishi chet til hodisasi (kelasi zamon)ni o‘rgatishda usluban maqbul emas, bu o‘rinda, ona tili tajribasi to ‘sqinlik qilishi (interferensiya) muqarrar. Demak, o‘quvchilarning til tajribasi chet til o‘rganishda g‘ov bo‘lishi (salbiy ta’sir — interferensiya) yoki yordam berishi (ijobiy ta’sir — transpozitsiya) kuzatiladi. Binobarin, chet til muallimi o‘quvchilaming ona tilisini, ikkinchi tilni va o‘rganilayotgan chet tilni amaliy va nazariy puxta bilmog‘i darkor. Shuningdek, o‘qituvchining o‘qitish metodikasidan atroflicha xabardor bo‘lishi talab qilinadi. Qo‘lingizdagi kitob chet ellar va mamlakatimiz nashriyotlarida chop etilgan mashg`ulotlik va qo‘llanmalar hamda o ‘zbek maktablari tajribasini yoritadigan metodik manbalarga asoslanib yozildi. Dasturiy1 talablarga ko‘ra, undagi barcha boblar uch qismga ajratildi.
Birinchi qism (I—VII boblar)da „Chet til o‘qitish metodi kasining nazariy asoslari“, ya’ni unda umumiy metodikaning ilmiy yutuqlari aks ettirildi. 0 ‘zbek maktablarida chet til o‘qitish sohasidagi nazariy-uslubiy xulosalar bilan to‘ldirildi.
Ikkinchi qism gapirish, tinglab tushunish, o‘qish va yozuv hamda til materiali (leksika, grammatika, talafFuz)ni o‘rgatish,nutqiy ko‘nikma va malakalami nazorat qilish singari (VIII—XV) boblardan iborat.Chet til o‘rgatishni tashkil etish yo‘l-yo‘riqlari (XVI—XX boblar)ni uchinchi qism o ‘z ichiga oladi. Metodikada ilk bor „Turli o‘quv yurtlarida chet til o ‘qitish“ metodik masalalari (XX bob) ishlab chiqildi va mazkur qismda bayon qilindi. Kitobning ,, M uqaddim a“sidan keyin „Chet til o‘qitish metodikasiga kirish“ nomli alohida mavzu bayon etildi. Chet tillam i o'qitish metodikasining asosiy masalalarini qamrab olgan mavzular izchil joylashtirildi. Metodik bilimlar sodda tilda, munozarabop ilmiy qarashlardan xoli, barcha chet tillami hisobga olgan holda ifodalandi.
Har bir bobning boshqalari bilan mazmunan uzviy bog‘langanligini alohida uqtirib, takror eslatib o‘tish joizki, kitobni boshidan oxirigacha berilgan tartibda o‘qish tavsiya etiladi. Oldin o‘rganilgan bob yoki mavzu keyingisini o‘qiganda qo‘l keladi, ya’ni ketma-ketlikka jiddiy rioya qilindi. Bob yoki uning ichidagi mavzuni o‘qishdan oldin matnning boshlanishida quyuq bo‘yoq bilan yaqqollashtirib ko‘rsatilgan kichik sarlavhalami ko‘zdan kechirib chiqilsa, ushbu bob yoki mavzuning mazmunini osonroq ilg‘ab olish, o‘qiganda, ularga albatta e’tiborni jalb etishga odatlanib boriladi. Chunki kichik sarlavhalar mazmunni mujassamlashtiruvchi tayanch nuqtalar vazifasini o‘taydi. Yaxlit mavzu yoki bob yakunida talabalar uchun uning inazm unini tushunganlikni m ustaqil nazorat qilib borish maqsadida muammoli ,,0 ‘quv-metodik topshiriqlar“ni bajarish tavsiya qilindi. Sahifaning quyi hoshiyasidan joy olgan adabiyot shu yerda muhokama etilayotgan masalaga bevosita daxldor ilmiy manbani ko‘rsatadi. Mashg`ulotlik oxirida tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati, bir tomondan, mazkur mashg`ulotlik vujudga kelishida inobatga olinganligidan darak bersa, ikkinchidan, talabalarga qo‘shimcha o‘qish uchun m o ‘ljallanganligiga ishoradir.
Tavsiya etilgan metodik adabiyot nomi ro‘yxatda ham, kitob ichidagi matnda ham u qaysi tilda yozilgan bo‘lsa, shu tilda keltirildi.Mashg`ulotlik matnida chet til o ‘qitish metodikasi sohasida astoydil xizmat qilgan mutaxassislar va boshqa sohadagi ayrim olimlar ism-sharifi aw alan toTiq yozildi. Soniyan, ismi va otasi ismining bosh harflari va familiyasi to‘laligicha berildi. Birinchi bor ismlarni toTiq yozishdan muddao shu sohadagi yetakchi olimlarning nomi atalganda, faqat familiyasinigina ytish bilan cheklanmay, ularning ismi, otasining ismi va ayasini to‘la ishlatishga o‘rgatiladi. Masalan: Igor Vladimirovich Raxmanov, Aleksandr Aleksandrovich Mirolyubov, Valentina Samoylovna Setlin, Harold Palmer, Robert Lado, Irina Alekseyevna Zimnyaya, Hoshimjon Soynazarov, Reyngold Nikolayevich Kremer, Tojimat Qodirovich Sattorov kabilar. „Chet til o'qitish metodikasi“ mashg`ulotligi o ‘zbek tilida ilk tajriba ekanligi barcha mutaxassislarga ayon. Shu tufayli ba’zi kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan bo'lishi tabiiydir. Kitobning ilmiy saviyasini yanada oshirishga qaratilgan chin maslahat va xolis am aliy-tanqidiy fikrlarni m uallif m am nuniyat bilan qabul qiladi.

Savollar:



  1. Maktabgacha ta`limda ingliz tilini ikkinchi til sifatida o`rgatishning ahamiyati nimalardan iborat?

2. Ikkinchi til deganda qanday til nazarda tutiladi?
3.Ikkinchi tilni o`rgatishda qanday yutuqlarga erishsa bo`ladi?


  1. Yüklə 284,38 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə