Termiz davlat universiteti ijtimoiy fanlar


mavzu. Maktabgacha ta'limning psixologik, didaktik va lingvistik asoslari



Yüklə 284,38 Kb.
səhifə3/39
tarix05.10.2023
ölçüsü284,38 Kb.
#125393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
umk

mavzu. Maktabgacha ta'limning psixologik, didaktik va lingvistik asoslari.

Psychological, didactic and linguistic bases of preschool education.
Reja:

  1. Maktabgacha ta'limning psixologik, didaktik va lingvistik asoslari bilan tanishish

2.Maktabgacha ta'limning chet til o‘qitish maqsadlari
3.Chet tilda nutq faoliyati turlarini o‘rgatish
1.Maktabgacha ta'limning psixologik, didaktik va lingvistik asoslari bilan tanishish
Tabiat va jamiyat hodisalari o‘zaro bog‘langan va uzluksiz aloqada rivojlanadi. Fanlar obyektiv voqelik (tabiat va jamiyat)ning in’ikosi ekanligi uchun ulaming hech biri boshqalaridan ajralgan holda mavjud emas. Hodisa va predmet ayni zamonda bir talay fanlarning tadqiqot manbayi bo‘la oladi, mas. „til“ ijtimoiy hodisasini o‘z nuqtayi nazaridan tilshunoslik (lingvistika), ruhshunoslik (psixologiya), ta’limshunoslik (didaktika) o‘rganadi. Ijtimoiy hodisa bo‘lmish tilni o‘qitish metodikasi boshqa yaqin fanlarning ijobiy tajribalaridan bahramand bo‘ladi,
ulaming yutuqlarini o‘ziga singdirib oladi. Chet til metodikasi erishgan zamonaviy natijalardan pedagogika fanlarining boshqa sohalari ham foydalanishi so‘zsiz, albatta.Metodika ilmining qator fanlar bilan aloqadorligini atroflicha tadqiq etish uchun uning shu kunda qanday nazariy maqomga egaligi g‘oyasini ochish talab qilinadi. Birinchi bobdan m a’lumki, ,,metodika“ terminini eshitgan yoki o ‘qigan kishi uni uchta tushuncha bilan fikran bog‘laydi. Psixologiya tilida buni assotsiatsiya (lot. associatio — bog‘lash,birlashtirish) deb odatlanilgan.
Muhokama qilinayotgan „chet til m etodikasi“ term ini kishi idrokida quyidagicha assotsiatsiya (bog‘lanish) uyg‘otadi:masaalan, tilni o‘rgatishga qaratilgan metod va metodik usullar yig‘indisi (mas. talafFuz o‘rgatish metodikasi) tushuniladi yoki o‘qitish metodlari haqidagi ilmiy bilimlar (ongli-qiyosiy metod, intensiv metod) va, nihoyat, mustaqil pedagogik fan (o‘zining tushunchalar majmuasi, ilmiy prinsiplari mavjud soha) ko‘z oldiga keladi. Nisbatan mustaqil pedagogik fan hisoblanmish ,,Metodika“ bir qancha fanlar bilan turlicha bog‘langan. Ayrim fanlarga nisbatan metodika kichik sistema holatida (mas, didaktikaga taqqoslasak) "yoki boshqa fanlar bilan munosabatiga ko‘ra qardoshlik (yaqinlik) huquqida ish ko‘radi. Ikkinchi toifaga ona tili o‘qitish metodikasi, ikkinchi til o‘rgatish metodikasi kabilami kiritish mumkin. Metodikaning turli fanlar bilan aloqasini tekshirishdan oldin, bu fanlaming metodika kursidan ilgari talabalar o‘rganib chiqqanliklarini eslatib o‘tish foydadan xoli emas. Ular quyidagilar: didaktika (pedagogikaning ta’lim nazariyasi bo‘limi), psixologiya va tilshunoslik metodikadan aw al o‘rganilgan (tilshunoslikning ayrim nazariy sohalari bundan mustasno, mas. „Nazariy fonetika“, „Matn lingvistikasi“ kabilar). Metodikaning so‘nggi yillarda shakllanayotgan psixolingvistika fani bilan ham yaqindan aloqasi bor.
Til va tafakkur birligi, til va madaniyat, voqelikni bilish shakllari haqida m etodika yaqin fanlar m a’lum otlaridan oziqlanadi. Shaxs kamolotiga ta ’lim -tarbiya jarayonida erishiladi. Ta’limning asosiy funksional vazifasi obyektiv voqelikni bilish manbayi deb tan olingan amaliyotdir. Chet tilda amaliyot — gapirish, tinglab tushunish, o‘qish va yozuv, ulaming mahsuli — o‘quvchilar uchun yangi ma’lumot olish va undan o‘z hayotida foydalanishdan iborat. o‘quvchi eshitish sezgisi yordamida til birligini idrok etadi, so‘ngra uni nutqharakat sezgisi yordamida og‘zaki bayon qiladi. Navbatdagi mashg`ulotlardan birida og‘zaki o‘zlashtirilgan til materiali yozib beriladi, ya’ni qo‘lharakat hamda ko‘ruv sezgilari, shuningdek, analizatorlari, faoliyati chog‘ida yozish va o‘qish bosqichidan o‘tadi. Til birliklarini tinglab tushunish, gapirish, yozuv, o‘qish, ta’limning ikkinchi yilida esa oldin o‘qish, keyin yozuvda o ‘rgatilishi bilish nazariyasi qonuniyatlari talabiga to‘lig‘icha rioya qilish namunasidir. Til birligi tovush tomonini idrok etish va uni og‘zaki aytish — bilish jarayonining jonli mushohada bosqichi. Grafik (o‘qishdagi) va motor (harakat) idroki ham shu bosqichga kiradi. 0 ‘quvchilar birlik tovush va grafik shaklini va ular asosida semantika(ma’no)sini, ayni paytda, uning funksiyasi (tushuncha tarafi)ni o‘zlashtirganlaridan so‘ng, ikkinchi bosqich-mavhum tafakkurga o‘tiladi. Inglizcha a pen so‘zini tushuntirish (taqdim etish) misolida aytib o‘tilgan fikrlami amaliy namoyish etish mumkin. Mashg`ulotlikda bu leksik birlik awal og‘zaki, so‘ngra yozma berilgan.
Yozma shakli o ‘tilganida o ‘quvchilarga grammatik abstraksiya, metodika ta’biri bilan qoida-umumlashma berishga to‘g‘ri keladi: „Ingliz tilida ot oldida artikl qo‘llanadi“. Qisqa ta’rif-qoida bilish nazariyasidagi mavhum tafakkur bosqichiga mos keladi. Endi o ‘quvchilar artiklni yangi so‘zlar bilan mustaqil qo‘llash ko‘nikmasini egallaydilar, ya’ni mavhum tafakkurdan amaliyotga o‘tish bosqichi kuzatiladi. N utq faoliyati turlarini egallashda ham bilish nazariyasi tatbiq etiladi. Metodikadan m a’lumki, yuqori sinf o‘quvchilarida o‘qib axborot olish malakasini hosil qilish maqsad qilibqo‘yiladi. Olingan m a’lumot o‘quvchilarga umumiy ta’lim va tarbiya berish hamda ularni atroflicha rivojlantirishga m o‘ljallanadi. 0 ‘qish jarayonining o‘zi, gnoseologiya tilida aytganda, jonli m ushohadadir (ko‘ruv sezgisi ishtirok etadi). Axborot olish, ya’ni o‘qiganini tushunib yetish, mazmunini fahmlash mavhum tafakkur mahsulidir. M atndan o ‘zlashtirilgan axborot o‘quvchilaming kelajagiga ijobiy ta’sir o‘tkazuvchi omil hisoblanadi, bu esa — amaliyotda foydalanish, deb tushuniladi. H aqiqatni, obyektiv reallikni bilishning dialektik yo‘li chet tilning operatsion (til) va motivatsion (nutq) tom onlarini egallash jarayoniga bevosita tatbiq etilishi misollar vositasida isbot qilindi. Metodikaning ilmiy soha sifatida rivojlanishida ruhshunoslik, ta ’lim shunoslik va tilshunoslik fanlarining ulkan ahamiyatga molikligini yana bir bor uqtirishni lozim topdik.

Yüklə 284,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə