Termiz davlat universiteti ijtimoiy fanlar


Leksikani metodik tayyorlash



Yüklə 284,38 Kb.
səhifə10/39
tarix05.10.2023
ölçüsü284,38 Kb.
#125393
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39
umk

Leksikani metodik tayyorlash
Til materialini, jumladan, leksikani o‘rgatish metodikasi ikki bosqichda o‘tadi. Birinchisi metodist tayyorlab, muallim bilishi shart bo‘lgan metodik jarayondir. Unda leksika tanlanadi, metodik tashkil (taqsim) qilinadi, tasnif etiladi, mashg`ulotlikda (statik holda) taqdim etiladi. Har to‘rtala tadbir o‘qituvchini hisobga olib ro‘yobga chiqariladi. Leksikani o‘rgatishning ushbu statik bosqichi keyingi dinamik bosqich, ya’ni leksik ko‘nikmalarni shakllantirishni nazarda tutadi.
Leksikani tanlash. Metodikada ,,tanlash“ termini ifodalaydigan tushuncha muallimlarga tanish. Lekin ushbu tushunchaga ilmiy-metodik ta’rif berilgan emas. Fanda ishlab chiqilgan mezonlar asosida til makrosistemasidan o‘quvchi o‘rganishi uchun mo‘ljallanadigan mikrosistema yaratish hodisasi metodik tanlash deb ataladi. Metodist leksikani tanlashga kirishar ekan, quyidagi metodik tushunchalardan foydalanib ish ko‘radi: „tanlash manbayi“, „tanlash mezonlari“, „tanlash birligiTanlash manbayi deganda, shakllanayotgan leksik minimumni til sistemasidan „tanlab“ olish tushuniladi. Odatda, lisoniy minimum, jumladan, leksika o‘rganilayotgan tildagi nutqdan tanlanadi. Aniqrog‘i, aktiv minimum badiiy asarlardagi juftnutqdan yoki so‘zlashuv-adabiy nutqning yozilgan fonogrammasidan tanlanadi.
Passiv minimum esa, yozma adabiyotdan olingan termalar (parchalar) asosida tanlanadi. Aktiv leksika jonli nutqdan olinib, o‘quvchi og‘zaki nutqida, passiv esa yozma manbalardan tanlanib, o‘quvchi yozma nutqida qo‘llashga mo‘ljallanadi. Tanlash manbayini ayrim mualliflar tanlash tadbiri tushunchasi doirasiga kiritadilar. Chet til leksikasi maktab minimumining aktiv qismi 1000 tacha leksik birlikdan tashkil topadi. Shu asosda yana maktab o‘quv sharoitiga moslab passiv leksik birliklar tanlanadi. Lug‘at boyligi hajmi o‘quv soatlari miqdoriga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Til o‘qitish metodikasida ma’lumki, eng ko‘p qo‘llanadigan birinchi minglikdagi so‘zlar o‘rtacha qiyinchilikdagi matnning 80 foizi mazmunini tushunib olish imkonini beradi, ikkinchi minglik 8—10 foiz, uchinchisi 4 foiz va to‘rtinchi va beshinchi minglik bu imkoniyatni atigi 2 foizga oshiradi. Asosiy ikki mingta so‘z matndan 85—90 foizgacha axborot olish uchun kifoya. Biroq, yuqorida ta’kidlanganidek, bu yerda gap mavjud ilmiy mezonlarga binoan maxsus tanlanadigan leksika haqida boryapti. Tanlash mezonlari deganda, leksikaning qiymatini aniqlashda qo‘llanadigan o‘lchov va ko‘rsatkichlar tushuniladi.
Uch toifa mezonlar bir-biri bilan bog‘langan holda qo‘llanadi: hisob-kitob mezonlari, metodik1 va tilshunoslik mezonlari. Hisob-kitob mezonlari so‘zlaming qo‘llanishiga oid odilona ko‘rsatkichlarga erishish vositasi bo‘lib, ular tarkibiga ko‘p qo‘llanish va keng tarqalganlik mezonlari kiradi. Ko‘p qo‘llanish terminining ma’nosi olingan manbada so‘zlarning jami ishlatilish miqdorini bildiradi. Keng tarqalganlik deyilganda esa, ushbu so‘zni o‘z ichiga olgan manbalar soni nazarda tutiladi. Ikkalasi birga qo‘shib foydalanilganda ijobiy natija berishi fanda isbotlangan. Shunga ko‘ra keng tarqalganlik mezoni birinchi hisoblanadi. Unga qo‘shimcha tarzda so‘zlarning naqdligi (qo‘llanishga tayyor turishi) mezoni (Jr. disponibilit£)dan foydalanish mumkin (bu mezon birinchi bor M. Uest tomonidan ishlatilgan, o‘tgan asrning elliginchi yillarida uni fransuz metodistlari R. Mishea va J. Gugeneym audiovizual metodda yanada ijodiy takomillashtirishgan). Uning asl mohiyati gapiruvchi ongida naqd (ixtiyorida) turadigan so‘zlarni tanlash mezoni demakdir.
Ikkinchi toifadagilar esa o‘qitish maqsadi va nutq mavzularini mo‘ljallab qo‘llaniladigan mezonlardir. Ular orasida mavzulami hisobga olishdan tashqari tushunchalarni tasvirlash va semantik ahamiyatdagi mezonlami uchratish mumkin. Qolgan tanlash mezonlari uchinchi guruhga kiradi. Ular mana bunday nomlarda qabul qilinqan mezonlar: so‘zlaming birikishi, so‘z yasash imkoniyati, ko‘p ma’nolilik, uslub jihatidan chegaralanmaganlik, sinonimlarni chegaralash (yakkalash) va gap tuzishdagi ishtiroki. Birikish mezoniga ko‘ra tanlangan so‘z boshqalari bilan iloji boricha ko‘proq birikmaga kira oladigan bo‘lishi talab qilinadi. So‘z yasash mezoniga binoan ulardan hosila birliklar miqdori ko‘p sonli bo‘lishi kerak. Ko‘p ma’noli so‘zlami tanlashga ham alohida e’tibor beriladi. Uslubda chegaralanmaganlik degani, tor doirada qo‘llanadigan emas, balki nutq faoliyati turlarining barchasida va turli mavzularda ishlatiladigan so‘zlarni tanlash mezoni tushuniladi. Sinonim so‘zlardan ayrimlarigina yoki sinonimik qatoming bir a’zosigina tanlanadi. Chet til jumlalarining tuzilishi uchun zaruriy hisoblanadigan yordamchi so‘zlami tanlash ham tavsiya etiladi. Aktiv lug‘atni tanlashda birinchi va ikkinchi guruhdagi mezonlar va uchinchisidan sinonimlarni chegaralash, so‘zlarning birikishi, so‘z yasash imkoniyati va ko‘p ma’nolilik mezonlari asos bo‘ladi. Passiv lug‘atni tanlash chog'ida esa birinchi guruh mezonlari va semantik qiymatga egalik va so‘z yasash imkoniyati, ko‘p ma’nolilik hamda mavzuiy aloqadorlik mezonlaridan foydalaniladi. Lug‘at minimumni shakllantirish jarayonida ko‘rsatilgan mezonlar o‘zaro bog‘liq bo‘lishi shart. Ushbu mezonlar ,,g‘alviridan o‘tgan“ so‘zlar maktab o‘quv dasturi uchun leksik til materiali sifatida tavsiya etiladi. Tanlash birligi fanda uzluksiz bahslarga sabab bo‘lgan metodik tushunchadir. Ushbu birlikka tegishli metodik talablar qo‘yiladi: birinchidan, tanlash birligi mezonlar va tanlash tadbiriga mos tushishi kerak, ikkinchidan, ular xolisona amallar asosida ajratib olinishi zarur. Xullas, tanlash birligi 150qilib, so'zlar, ulaming leksik-semantik va leksik-frazeologik variantlari hamda nutq klishesi (qolip-jumla) muayyan ma’noda olinadi. Bir ma’nodagi so‘z yoki so‘zga teng keladigan turg‘un birikma leksikaning tanlash birligi sanaladi (ma’no lug‘atda ko‘rsatiladi, so‘z mazmuni ushbu ma’noning nutqiy faoliyatda yuzaga chiqishidir, tushuncha esa tafakkurda shakllanadi). Har bir tanlash birligi mustaqil lug‘at maqolasi sifatida leksik minimumda o‘z aksini topadi. Lug‘atdagi maqolalar chet tildan ona tiliga tarjimasi bilan beriladi. Aktiv va passiv leksik birliklar alifbo tartibida lug'atdan joy oladi. Passiv lug‘at ma’lum bir leksikografik belgi (mas. oldida yulduzcha) bilan farqlanadi. Xufiya (potensial) leksika lug‘atda berilmaydi. Tanlash birligi ilmiy aniqlangach, tanlash mezonlari vositasida o‘quv qoTlanmasi mavqeyida ,,Lug‘at (yoki leksik) minimum" tuziladi. Miqdor va sifat jihatidan o‘quv dasturi talabiga javob beradigan lug‘at minimum mashg`ulothklar va qo‘llanmalar tuzish uchun ,,qurilish“ materiali vazifasini o‘taydi. Tanlangan leksik material metodik tasnif, taqsimot va statik taqdimot bosqichlaridan o‘tadi, dinamik taqdimotdan boshlab o‘quvchilar ko‘nikmasini hosil etishga xizmat qiladi. Lug‘at minimumning o‘qitish maqsadlariga ko‘ra taqsimotiga oid masalalaming muxtasar tahlili quyida bayon etildi.

Savollar:


1.Maktabgacha ta`limning psixologik asoslari nimalardan iborat?
2. Maktabgacha ta`limning didaktik asoslari nimalardan iborat?
3. Maktabgacha ta`limning lingvistik asoslari nimalardan iborat?




  1. Yüklə 284,38 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə