Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/76
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#138639
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   76
buxgalteriya hisobi nazariyasi

3.Tartibga soluvchi schetlar. 
Korxona ba’zi xo‘jalik mablag‘lari hisobini yuritishda bir necha bahodan foydalanish 
zaruriyati tug‘iladi. SHunday mablag‘lar va ular tashkil topish manbalari hisobini yurituvchi 
schetlar tartibga soluvchi schetlar deb ataladi. Bunday schetlar qo‘yidagi turkumlarga ajratiladi: 
1.
Kontrar schetlar: 
A) kontrar aktiv 
B) kontrar passiv 
2.
To‘ldiruvchi schetlar: 
Bunday schetlarni tartibga soluvchi schetlar deb atalishga sabab ular buxgalteriya 
hisobini boshqa schetlaridagi ko‘rsatkichlarni tartibga solish xususiyatiga egaligidadir. 
Masalan: kontraktiv schetlar passiv schetlar bo‘lib, balans aktividagi mablag‘lar hisob 
uchun mo‘ljallangan ba’zi schetlar ko‘rsatkichlarni tartibga solib turadi. 
0200 - «Asosiy vositalarning eskirishi» kontraktiv schetlar asosiy vosita boshlang‘ich 
(joriy) qiymatini aks ettiruvchi 0100- «Asosiy vositalar» schetlar ma’lumotlarini tartibga soladi. 
0500 – «Nomoddiy aktivlarning eskirishi» scheta esa, 0400- «Nomoddiy aktivlar» 
schetidagi ko‘rsatkichlarni tartibga soladi. 
Misol uchun: Korxonadagi nomoddiy aktivlar boshlang‘ich qiymati 150.000 so‘m 0400 – 
«Nomoddiy aktivlar» schetida aks ettirilgan va balans aktivida ko‘rsatilgan. Nomoddiy aktivlar 
qoldiq qiymatini aniqlash uchun 0500 – «Nomoddiy aktivlarning eskirishi» kontraktiv schetidagi 
ma’lumotdan foydalanish zarur. Unga ko‘ra, nomoddiy aktivlar eskirish summasi 45.000 sumni 
tashkil etadi deb faraz qilsak, nomoddiy aktivning qoldiq qiymati qo‘yidagiga teng bo‘ladi: 
150.000 so‘m – 45.000 so‘m = 105.000 sum. 


 Savdo korxonalarida tovarlar hisobi 2910 – «Tovarlar» aktiv schetida yuritiladi. Ushbu schetda 
tovarlarni sotish bahosi aks ettiriladi. Ushbu tovarlarni sotib olish bahosini aniqlash uchun, 
tartibda soluvchi kontraktiv schet 2980 – «Savdo ustamasi» dagi ma’lumotlardan foydalanish 
zarur. 
Masalan: korxonadagi tovarlar qoldig‘i 2910 – «Tovarlar» scheti debetida 4.500.000 so‘m 
deb aks ettirilgan, 2980 – «Savdo ustamasi» scheti kreditidagi qoldiq esa, shu tovarlarga 
belgilangan savdo ustamasi miqdorini bildiradi, bu summa 675.000 ni tashkil etadi deb faraz 
qilaylik. 
4 500 000– 675 000 = 3 825 000 sum. 
3 825 00 so‘m korxonadagi tovarlar sotib olish bahosini bildiradi. 
Kontrpassiv schetlar aktiv schetlar bo‘lib, ular ba’zi xo‘jalik mablag‘lari tashkil topish 
manbalari ma’lumotlarini tartibga solish uchun mo‘ljallangan. Masalan: 8600- «Sotib olingan 
o‘z aksiyalarini hisobga oluvchi schetlar»
To‘ldiruvchi schetlar tegishli mablag‘ va ular tashkil topish manbalari hisobini yuritishga 
mo‘ljallangan schet ma’lumotlarini to‘ldirish uchun mo‘ljallangan. 
Masalan: 1510 – «Materiallarni tayyorlash va sotib olish», 1610 – «Materiallarning 
qiymatidagi farq» schetlari to‘ldiruvchi schetlar hisoblanadi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə