Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/76
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#138639
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   76
buxgalteriya hisobi nazariyasi

1. Baholash va uning ahamiyati. 
Buxgalteriya hisobi usuli elementlaridan biri baholash bo‘lib, uning ahamiyati butun xalq 
xo‘jaligi miqyosida ham kattadir. 
Barry Elliot, Jamie Elliot “Financial accounting and reporting”da “Baholash – xo‘jalik 
mablag‘lari, majburiyatlar va xo‘jalik jarayonlarini pul o‘lchov birligida aks ettirish usulidir”- 
deydi. 
Ya`ni “Evaluation is a method of reflecting the economic resources, liabilities and business 
processes in monetary units.”
6
Bizga ma’lumki, korxona faoliyatida ishlatiladigan xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil 
topish manbalari turli bo‘lib, ularni o‘lchov birliklari, shakl va tuzilishlari, tashkil topishlari har 
xil ko‘rinishga egadir. Korxona xo‘jalik faoliyatida ro‘y beradigan xo‘jalik jarayonlari natijasida 
mablag‘ va ular tashkil topish manbalari ham miqdor, ham xajm jixatdan o‘zgarishi ham tabiiy 
holdir. 
Demak, ular hisobini yuritish uchun yagona o‘lchov birligi – puldan foydalanmaslikni 
iloji yo‘q. Korxona mulki hisobi yuritilayotganda, ular baholanadi. 
«Buxgalteriya hisobi hisobot»gi Qonunga asosan, aylanma aktivlarni baholash ikki xil 
ko‘rinishda amalga oshiriladi: 
1.
Xaqiqiy tannarxda – keltirish yoki ishlab chiqarish tannarxi. 
2.
Bozor bahosida – sotish sof qiymati. 
Korxona mulklari baholanayoganda ularni tuzilishi, foydalanilishi, ishlab chiqarishda 
qatnashishi, maqsadli mo‘ljali kabi xususiyatlari e’tiborga olinadi. 
Masalan: savdo korxonalarida tovarlar sotib olish va sotish baholarida hisobga olinadi. 
YAna bir mablag‘ – asosiy vositalar hisobi yuritishda qo‘yidagicha baholardan 
foydalaniladi. 
Boshlangich qiymat – asosiy vositalarni xarid qilish, keltirish, tashish, o‘rnatish va 
umuman foydalanish holatiga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar yigindisidan iborat. 
Joriy qiymat – ma’lum bir muddatga amaldagi bozor baholariga moslashtirilgan asosiy 
vosita qiymati yoki manfaatdor tomonlar o‘rtasida almashiladigan asosiy vosita summasi. Joriy 
qiymat asosiy vositalar qayta baholashishi natijasida vujudga keladi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə