Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


AQSHda yuz bergan bank inqirozlari



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə6/22
tarix31.05.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#114475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Eshqurbonov Ramazon Moliya 321 guruh

AQSHda yuz bergan bank inqirozlari

Inqiroz AQSHning yirik moliyaviy muassasalari Citigroup, Vank of America, JP Morgan Chase, Wells Fargo va boshqalarni qamrab ola boshladi. Bank tizimidagi likvidlilik muammolari, o’z navbatida, xo’jalik sub‘ektlari va aholining bank tizimiga bulgan ishonchi pasayishiga, kredit risklarining ortishiga va iqtisodiy qiyinchiliklarga sabab buldi.
Inqiroz banklarning kreditlash sohasidan ishlab chikarish sohasiga ko’chdi: bozorda taklifning talabdan oshishi kuzatildi va bu holat AQSH avtosanoatidagi yoppasiga ishdan bushatishning kuchayishi bilan yakunlandi. AQSHning inqirozga karshi siyosati bozordagi talabni rag’batlantirish, yirik biznesga yirik banklar va korporatsiyalarga etarlicha ko’mak berishga yunaltirildi.
Ishlab chiqarishning tushib ketishi bank kreditlarining qiskarishi, real ishlab chikarish risklarining ortishi bilan birga kechdi. Ishlab chiqarishning pasayishi va risklarning ortishi, o’z navbatida, investitsiyalarni, shuningdek, import tovarlariga bulgan talabning kamayishiga olib keldi. AQSH Prezidenti B.Obamaning 2009 -yilning fevral oyida tasdiklangan inqirozga karshi choralar Dasturi Amerikani tiklash va kayta investitsiyalash Rejasi (American Recovery and Reinvestment Act) nomi bilan ham yuritilib, 3 yil muddatga, ya‘ni 2011- yilgacha ishlab chiqilgan. (3-jadval)

19.3-jadval
AQSHning inqirozga karshi choralar dasturi (American Recovery and Reinvestment Act)






Yo’nalishlari

Mlrd. AQSH dollari

Salmog’i




Soliq yukini engillashtirish

288

37%





SHtatlar va mahalliy hokimiyat organlarini soliqlardan ozod qilish


144


18%




Infratuzilma va fan

111

14%




Ijtimoiy himoya

81

10%




Sog’liqni saqlash

59

7%




Ta‘lim

53

7%




Energetika

43

5%




Boshqalar

8

1%




Jami

787

100%

Obama rejasida ko’zda tutilgan chora-tadbirlar:

  • 3 mln. ish joylarini saqlab qolish va tashkil etish;

  • sog’liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish;

  • muqobil manbalardan energiya ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va 3 yil mobaynida uning hajmini ikki baravarga oshirish;

  • federal mulkka taalluqli bo’lgan (maktablar bilan birga) binoinshootlarning 75 foizini va 1 mln. xususiy uylarni ta‘mirlash;

  • 7 mln. talabalar uchun grantlar tizimini moliyalashtirish hajmini oshirish, ta‘lim uchun to’lovlar bo’yicha soliqlarni kamaytirish;

  • infratuzilmaga keng kulamli investitsiyalarni amalga oshirish, xususan, yullar, kupriklar, jamoat transport tizimini kurish va kayta ta‘mirlash, temir yul va aeroportlarni modernizatsiyalash;

  • soliklardan ozod kilish (solik kreditlari), solik stavkasini pasaytirish orkali uy xujaliklarining tulov kobiliyatini oshirish;

  • yetarli darajadagi shaffoflik, monitoring va javobgarlik darajasini ta‘minlash imkonini berishi lozim.




Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə