Termiz davlat universiteti


I.2.Tasviriy san’at darslarining mazmuni



Yüklə 49,59 Kb.
səhifə6/15
tarix22.04.2022
ölçüsü49,59 Kb.
#85875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
RENESANS DAVRIDAGI TASVIRIY SAN’AT NAZARIYASI.

I.2.Tasviriy san’at darslarining mazmuni



«Tasviriy san’at» o‘quv predmeti ma’naviy madaniyatning tarkibiy
qismlaridan biri boMgan badiiy madaniyatni uyg‘un rivojlanishga xizmat
qiladi va shaxs uchun muhim boMgan qator sifatlami rivojlantirishga
yordam beradi. Bu esa o‘quvchilarni milliy merosni o‘zlashtirish hamda
umuminsoniy qadriyatlar bilan yaqindan tanishishlari uchun imkoniyat
yaratadi.

Maktabda tasviriy san’at darslarida mashg'ulotlarning quyidagi
turlari bo‘yicha ishlar olib boriladi;

Borliqni idrok etish;

San’atni idrok etish;

Naturaga qarab tasvirlash;

A) Naturadan rasm ishlash.

B)Naturadan haykal ishlash. Kompozitsiya;

A) Rangtasvir kompozitsiyasi.
B) Dekorativ kompozitsiya.

V) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi.
Mazkur o‘quv predmetidagi ta’lim va tarbiya asosan ikki bo‘limdan (amaliy va nazariy) tashkil topadi:
Amaliy ishlar birinchi sinfdan to‘rtinchi sinfgache, asosan. to'rtta
o‘quv masalalarini hal qilishga qaratiladi;
1. Kompozitsion faoliyat.
2. Rang va bo‘yoqlar.
3. Shakl, proportsiya, konstruksiya.
4. Fazo (makon).

Boshlang‘ich sinflarda o‘tiladigan amaliy mashg‘ulotlar jarayonida
bolalarda qatiylik, faoliik, o‘z kuchiga ishonch hosil qilinadi,
shuningdek, ijodkorlik, mustaqil fikr yuritish va ishlash qobiliyatlarini
tarbiyalash yetakchi o‘rinni egallaydi. Bu o‘rinda o‘quvchilar vazifani
ko‘rgazmali tarzda, obrazlar orqali idrok etishlari talab etiladi.
Boshlang‘ich sinflarda bo'yoq bilan ishlash mashg‘ulotlarida
ranglarning turli tus va och-to‘qligini farqlay bilishga, kerakli ranglarni
tanlay olishga o‘rgatish asosiy vazifadir. Bu sinflarda ko‘proq guash,
akvarel bo‘yog‘idan foydalaniladi va ularni esa aralashtirib ham ishlatish
mumkin.

Dasturda qadimgi va hozirgi zamon o‘zbek tasviriy san’atini
o‘rganishga alohida e’tibor berilgan bo‘lib, u birinchi sinfdan boshlab
oxirgi sinfgacha katta o‘rinni egallaydi. Bunda har bir mashg‘ulotlarda
o‘zbek xalq amaliy san’ati, O’rta Osiyo va o‘zbek tasviriy san’ati
asarlari, hozirgi o‘zbek tasviriy va amaliy san’ati namunalaridan keng
foydalaniladi.

O’quv predmetining, amaliy san’at, xususan xalq amaliy san’atiga
katta o‘rin beriladi. Birinchi sinfdan boshlab turli naqsh namunalari
chizdiriladi. O’qituvchi tomonidan tavsiya etilgan naqsh sxemalari va
elementlari asosida bolalar turli predmetlar uchun naqsh ishlaydilar.
Mustaqil ravishda butunlay ijodiy naqshlar tuzadilar, dekorativ bezak
ishlarini bajaradilar. Bu vazifalarni bajarishda bolalar asosiy e’tibomi
dekorativ kompozitsiyalarni chiroyli ko‘rinishda tuzish va rang tuslarini
to‘g‘ri tanlashga qaratadilar.

Yüklə 49,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə