Termiz davlat universiteti



Yüklə 61,62 Kb.
səhifə12/16
tarix09.03.2023
ölçüsü61,62 Kb.
#102149
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
boshlang\'ich sinflar (2)

1-sinfda musiqa savodi

Yuqori bo'limlardan ko'rib turibmizki, musiqa savodi barcha faoliyatlami birlashtiruvchi va o'quvchilarning ijodkorligini, ijro mahoratini oshiruvchi jarayondir. Shuning uchun bu jarayonni alohida mustaqil faoliyat sifatida ko'rib bo'lmaydi.
Birinchi sinflarda musiga savodi jarayonini hamma o'qituvchilar har xilmavzularni o'rgatishdan boshlaydi. Kimdir tovushlar harakatidan, kimdir tovushlar balandligi, uzunligi va boshqalardan boshlaydi. Ayrim o'qituvchilar musiga savodi jarayonini musiqiy registrlarni o'rgatishdan boshlaydi. Qanday mavzudan boshlashidan qati' nazar o'gituvchi musiqa savodini boshga faoliyatlar bilan uzviy bog'lashi kerak. Kuylashda tovushlar harakati, balandligi, cho'zimi haqida tushuntirsa, tinglashda ritm, metr, dinamika, o'lchov va boshgalar haqida ma'lumot beradi. Bolalarga tovushlar harakatini qo'l yordamida tushuntirish ham yaxshi natija beradi. Ularga beshta barmogiarimizni nota chiziqlariga qiyoslab notalar joylashuvini o'rgatish mumkin. Birinchi sinf o'guvchilarining musiga darsliklarida kerakli mavzulami o'zlashtirish uchun barcha ma'lumotlar, ko'rgazmalar keltirilgan bo'lib, ulami bolalar o'gituvchilari yordamida bemalol o'zlashtiradilar.
Muhimi birinchi sinf o'quvchilari «yugori»ga va «pastga» harakatlanish tushunchalaiini to'liq o'zlashtirishlari lozim, Buni amalga oshirishga «zinapoyay yordam beradi. O'quvchilar zinapoya yordamida tovushlarni pastdan yugoriga va yugoridan pastga bemalol kuylay oladilar. O'quv dasturiga ko'ra birinchi sinf o'quvchilari tovushlar nomi, uzunligi, balandligi, ritmi, metr tushunchalarini, nota yozuvi hagida tushunchalami egallashlari kerak. Maktabga kelgan bolalar uchun bu biroz murakkab bo'lsada, mahoratli o'gituvchi bu vazifalarni bemalol uddalay oladi. Birinchi darslardanoq nota yozuvi va unda notalar joylashuvini sekin-asta o'rgatilib, kuylatib borilsa, bu vazifalar hech ganday qiyinchilik uyg'otmaydi.
Tovushlar balandligi haqida tushunchalar quyidagicha beriladi:

1) baland, past va o'rta tovushlar - registr haqida tushunchalar berish;


2) bir xil balandlikdagi tovushni yugoriga va pastga harakati hagida tushuncha berish;
3) bosqichma-bosqich harakat (zinapoya);
4) har xil balandlikdagi tovushlar turlicha nomlanadi: do,re,mi...;
5) tugullanganlik va tugallanmaganlik (turg'un va noturg'un) va tonika tushunchalari beriladi;
6) tanish bo'lgan kuylar orgali major va minor ladlari hagida tushunchalar beriladi.
Yugoridagi barcha beriladigan tushunchalar darsdagi musigiy faoliyatlar jarayonida mustahkamlanib boriladi.
Tovush uzunligi haqida tushunchalar quyidagicha beriladi:
1) uzun va gisqa tovushlar garama-qarshi ohangda beriladi;
2) eng ko'p qo'llaniladigan uzunliklar chorak va nimchorak notalar har xil sharii bo'g'inlar, qarsaklar orgali tushuntiriladi.
Birinchi sinfda yil va chorak mavzulari:
Yil mavzusi: Biz musigani sevamiz.
I-chorak: Biz yoqtirgan kuy va qo'shiqlar.
2-chorak: Musigali o'yinlar va go'shiqlar.
3-chorak: Xushnavo cholg' ularimiz.
4-chorak: Xushnavo cholg'ularimiz.
Demak, birinchi sinf o'quvchilari bilan Musiqa madaniyati darslarini olib borishda ularning yosh-psixologik xususiyatlariga, idroklari, xotira va shuningdek, fiziologik xususiyatlariga ahamiyat berish oldinga qo'yilgan maqsadga erishishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi.




  1. Yüklə 61,62 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə