Termiz davlat universiteti



Yüklə 61,62 Kb.
səhifə2/16
tarix09.03.2023
ölçüsü61,62 Kb.
#102149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
boshlang\'ich sinflar (2)

Kurs ishining maqsadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashda maktabda o‘qitiladigan barcha fanlar qatori musiqa madaniyati darslarining ahamiyati katta. Musiqa inson his-tuyg‘ularini orzu-istaklarini o‘ziga xos badiiy tilda ifoda etadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar musiqa san’ati bilan bolalar bog‘chalarida, oilada, radio va televideniyadan beriladigan ko‘rsatuvlar orqali tanish bo‘ladilar. Musiqa madaniyati darslarida quvnoq kuy va qo‘shiqlarni tinglash, kuylash, raqs elementlarini bajarish, chapak chalish hamda bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish musiqaga ishtiyoqlarini yanada tez oshirib boradi. Chunki bu yoshdagi bolalarda hali diqqat-e’tibor uncha to‘liq shakllanmagan bo‘ladi, ular ko‘proq serharakat va o‘yinga moyil bo‘ladilar.
Shuningdek, birinchi sinf o‘quvchilari psixologik-fiziologik xarakterga ko‘ra ma’lum darajada xotirasi, nutqi, diqqati-e’tibori, ovoz apparatlari to‘liq rivojlanmagan, ovoz pardalari nozik, kuchsiz bo‘ladi. Shunga ko‘ra bolalarni musiqaga tobora qiziqtirishda, butun dars davomida ularni kayfiyatini saqlashda, o‘qituvchi ochiq, samimiy, shirin muomalasi va yoqimli xatti-harakatlari bilan erishishi lozim. Birinchi darsdan boshlab o‘quvchilarni musiqaga qiziqtirish yo‘li bilan ularni musiqaviy o‘quvlari, qobiliyatlarini kuylash hamda ovoz sifatlarini sinchiklab o‘rganib olishi va yuqoridagi sifatlarga ko‘ra ularni uch differensional guruhga bo‘lish lozim.
Darsda o‘quvchilarni qiziqishini o‘stirish, ularni har bir yutug‘i uchun rag‘batlantirish hamda ilg‘or bolalar bilan teng darajada musiqiy faolligini ko‘rsata olishga ishonch hosil qildirish lozim. Musiqiy o‘quvi sust bo‘lgan o‘quvchilar bilan darsdan keyin yakka tartibda ishlash ham tavsiya etiladi. Musiqa darsidagi faoliyat turlari tez-tez almashib turishi, o‘quvchilarni zerikmaslikni, toliqmaslikni, shu bilan irga musiqa darsiga qiziqishni oshiradi. Birinchi sinfda musiqa o‘qitishni asosiy maqsadi o‘quvchilarda musiqaga qiziqish uyg‘otish va musiqiy taassurotni tarkib toptirish, musiqani san’at sifatida ongli idrok etish. Natijada bolalarda musiqa haqida mushohada qilishning boshlang‘ich asoslari vujudga keladi.

Yüklə 61,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə