Termiz davlat universiteti


Boshlang’ich sinflarda qo’shiq kuylash



Yüklə 61,62 Kb.
səhifə4/16
tarix09.03.2023
ölçüsü61,62 Kb.
#102149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
boshlang\'ich sinflar (2)

Boshlang’ich sinflarda qo’shiq kuylash

Bolalaming musiqiy uquvini ijodiy rivojlantirishda ayniqsa, vokal-xor ishlarining ahamiyati katta. Bunda o ‘quvchilarni kuylashga qiziqtira ollsh ko‘p jihatdan o ‘rganadigan har bir mashq yoki qo'shiq ni o‘qituvchi tomonidan chiroyli qilib kuylab berilishiga bogliq. Chunki, yosh bolalar bilan olib boriladigan vokal-xor ishi ko'pincha o‘qituvchi ovoziga taqlid qilib kuylashga asoslanadi.
Shuning uchun o‘qituvchi yoqimli ovozi ustida muntazam ish olib borishi kerak. Vokal-xor ishlarini amalga oshirishda o ‘qituvchi ovoz sozlash, qo‘shiq o ‘rgatish jarayonida boshlang'ich sinf o‘quvchilarining ovoz diapazoni (dol — do2), ishchi diapazoni (mil - fal - soli) primar tovushlarida kuylash uchun qulay bolgan (soli — lyal) tovushlarini aniq bilishi lozim.
Musiqa madaniyati darslarida qo‘shiq o ‘rgatish bir necha jarayonda amalga oshiriladi:
— bolalar diqqatini qo'shiqqa jalb qilish;
— qo'shiq haqida o‘qituvchining kirish so’zi (qo'shiq mualliflari, asarning mazmuni, tarixiy xususiyatlari haqida qisqacha hikoya qilish);
— qo‘shiqni tahlil qilish;
— qo'shiqni musiqiy jumlalarga bo‘lib o'rgatish (to“g‘ii nafas olib, jumlani oxirigacha tejab yetkazish, ijrochilik sifatlari ustida ishlash);
— qo‘shiqning badiiy ijrosiga erishish (qo'shiq haqidagi bolalar taassurotlari yuzasidan qisqa suhbat o ‘tkazish, ya’ni umumlashtirish). Xor bo‘lib qo‘shiq kuylash murakkab psixologik-fiziologik jarayon hisoblanadi. Musiqa madaniyati darslarida vokal-xor ishlari, o'quvchilarni axloqiy-estetik tarbiyasi o'qitishning eng faol shaklidir. Xor bo‘lib qo‘shiq kuylash o‘quvchilarning diqqat e’tiborini kuchaytiradi, xotirasi, nutqi rivojlanadi, ovoz diapazoni kengayadi. Vokal-xor mashqlari musiqa darsida muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamoa bo’lib kuylash. Qo'shiq musiqa darsining asosiy ta'lim va tarbiya beruvchi materiali ekanligini o'qituvchi yillik ish rejaga kiritish uchun qo'shiq repertuarini tanlashda shuni yodida tutishi lozim. Shuning uchun bolalarga o'rgatilayotgan qo'shiqlar g'oyaviy-badiiy jihatdan bir maqsadga qaratilganligi bilan ajralib turadigan xilma-xil va qiziqarli bo'lishi kerak. Qo'shiqlar bolalaming his tuyg'ulariga kuchli ta'sir ko'rsatishini unutmaslik lozim va shuning uchun ham yaxshi qo'shiqlar o'quvchilami musiqiy-estetik ruhda tarbiyalashda kuchli vosita bo'lib xizmat qiladi.
O'quv yili rejasiga o'zbek kompozitorlarining qo'shiqlarini ko'proq kiritish zarur. Chunki faqat shunday qo'shiqlargina o'quvchilami badiiy-g'oyaviy ruhda tarbiyalashga xizmat qiladi. Bundan tashqari bu qo'shiqlar tabiat, bolalar va maktab hayotining turli tomonlarini aks ettirish bilan u bolalarga juda qiziqarli tuyuladi.
Dasturga ko'ra o'qituvchi bolalaming qo'shiq aytish imkoniyatlarini hisobga olib, vokal va xor malakalarini shakllantirishga xizmat qilishini hisobga olib qo'shiqlami tanlashi zarur.
Yillik ish rejaga folklor yo'nalishi bo'yicha bolalar xalq qo'shiqlarini ham kiritish kerak. Bunday qo'shiqlar milliy qadriyatlarimizni, an'analarimiz, o'zligimizni tanishga yordam beradi.
Yana yillik rejada turli bayramlar va atoqli sanalami aks ettiruvchi asarlar ham bo'lishi lozim. Bunday qo'shiqlar bolalami g'oyaviy-siyosiy ongini o'stirishga xizmat qiladi. Bolalar tetik, kelajakka dadil qadamlar bilan boruvchi kamol topgan kishilar bo'lib yetishishlari kerak. Shuning uchun reperturarda quvnoq, hayotbahsh asarlar ko'proq bo'lishiga erishish lozim. Yana bolalaming har tomonlama kamol topishi uchun, ijrochilik qobiliyatlarini tarbiyalash uchun, ijro etayotganda nafasning chuqur, samimiy va emosional bo'lishi uchun repertuarga turli xarakterdagi ashulalami: dramatik, lirik, qayg'uli, sho'xchan, tez, sekin aytiladigan, satirik va yumoristik qo'shiqlami ham kiritish kerak.
Yillik rejada o'quv yilida ketma-ket o'tiladigan materiallami ko'rsatish maqsadga muvofiqdir. Chunonchi qo'shiq repertuariga oldin birinchi chorak mavzusiga mos keladigan, yengilroq qo'shiqlami, so'ngra esa bolalaming musiqadan yetukligiga qarab, borgan sari asarlami murakkablashtirib borish lozim. Yillik rejaning bu xilda tuzilishi qo'shiqlami choraklar bo'yicha taqsimlashni osonlashtiradi. Yil davomida o'quvchilar asarlaming sodda va murakkabligiga qarab, 10-12 tacha qo'shiqlami o'rganishlari zamr.

Yüklə 61,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə