Termiz davlat universiteti



Yüklə 61,62 Kb.
səhifə3/16
tarix09.03.2023
ölçüsü61,62 Kb.
#102149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
boshlang\'ich sinflar (2)

Kurs ishining ob’ekti. Boshlang’ich sinflarda bolalarni musiqiy tarbiyasiga to’g’ri yo’lga qo’yish.
Kur ishining predmeti. Bolalarda musiqa tarbiyasini taashkil etishda ritmik harakatlarni, usullarni o’rganish.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Bugungi kunda ritmik mashg’ulotni dastlabki sinflarda o’rgatish borasida, bir qancha musiqiy pedagoglarning sa’i harakatlarini keltirib o’tishimiz mumkin. Hozirda bu tarmoq muammoli holatda emasligini ko’rishimiz ham mumkin, faqat pedagoglarning aynan ritmik usullar metodologiyasi borasida saviya darajasining pastligi muammoli vaziyatni yuzaga keltiradi.
Kurs ishining borishi. Bu ishimiz Kirish, 2 ta bob hamda xulosadan iborat, har bitta bob alohida bo’limdan tarkib topgan.


  1. Bob. Boshlang’ich sinflarda musiqa o’qitishning maqsad vazifalari

Yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashda, maktabda o‘qitiladigan barcha fardar qatori nafosat tarbiyasining tarkibiy qismi bolgan musiqa madaniyati darslarining ahamiyati katta. Musiqa inson his-tuyg‘ularini, orzu-istaklarini o ‘ziga xos badiiy tilda ifoda etadi va bolaning hissiyotlariga faol ta’sir ko‘rsatadi. Musiqa fani maktabda boshqa fanlarni o ‘zlashtirishga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Musiqa jonli san’at turi sifatida davr, hayot, tabiat va inson his-tuyg‘ularini, orzu-istaklarini aks ettiradi. Uni quvontiradi, o ‘ylantiradi va hayotdan ozuqa olishga xizmat qiladi. Milliy madaniyatimiz bobokaloni Abu Nosir al-Farobiy aytganidek, «Bu fan tana sog'lig'iga foydalidir». Bobomiz Shayx Sa’diy «Musiqa odam ruhining yo‘ldoshidir» - degan edi. Shunday ekan, biz musiqa o‘qitishni boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridan boshlashimiz lozim. Chunki, boshlang‘ich sinfda maktabda musiqa ta’limotining poydevori qo‘yiladi.


Boshlang‘ich maktabda musiqa o'qitishning asosiy maqsadi — boshlang‘ich sinf o ‘quvchilariga musiqa san’atini go'zallik qonunlari asosida o ‘rganish malakasini singdirish va ularda musiqa madaniyatini tarkib toptirishdir. Boshlang‘ich sinflardagi musiqa madaniyati darslari umumiy ta’limning axloqiy-estetik tarbiya berish tizimining ajralmas bir qismi bo‘lib hisoblanadi.
Boshlang‘ich sinflarda musiqa o ‘qitish quyidagi vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qo'yadi:
— o‘quvchilarda musiqaga ixlos uyg‘otish va ulaming musiqiy qobiliyatlarining ritm tuyg‘usini o ‘stirish, musiqiy uquv, xotira, diqqat va badiiy didni shakllantirish;
— o ‘quvchilarda milliy musiqiy merosimizga va u orqali ona Vatanga muhabbat hissini tarbiyalash;
— o‘quvchilarda badiiy ijodkorlik qobiliyatini o'stirish;
— o‘quvchilarda go‘zallikni ko‘ra bilish va hayotga go'zallik olib kirish qobiliyatini rivojlantirish.
O‘quvchilarning musiqiy ijodkorlik taassurotini boyitishda, tasavvurlarini kengaytirishda musiqa tinglashning hamiyati katta. Musiqa tinglash darsning boshidan oxirigacha amalga oshadi, chunki musiqa madaniyati darslarining barclia faoliyat turlari (qo‘shiq kuylash, musiqiy ritmik harakatlar bajarish, musiqa tinglash) musiqiy tovushlarda vujudga kelgan ohang vositasida ifodalanadi. Musiqa m adaniyati darslari boshlang‘ich sinf o ‘quvchilarini atrofdagi go'/al narsalarni idrok eta olishga va ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qiladi. Boshlang‘ich ta'lim uchun Davlat Ta'lim Standartlari asosida barcha fanlar qatori musiqa fanidan ham dastur ishlab chiqildi. Yangi dastur mazmunida milliy musiqamiz merosidan to‘laqonli foydalanish, ommaviy xalq kuylari va qo‘shiqlari, lapar, dostonlar va bugungi zamonaviy musiqa o ‘z aksini topgan.
Dasturning bosh mavzusi «Musiqa va hayotdir», yil, chorak dars mavzulari umumiy mavzuga b o ‘ysunadi va mantiqiy uzviy birlashib mazmunan bir butunlikni tashkil qiladi. Bu boshlang‘ich sinf musiqa o ‘qituvchisidan ish mazmunini yangilashni talab etadi.
Yangi dastur mazmunida dars o ‘tish uchun, musiqa o ‘qituvchisi o ‘zining musiqiy-nazariy bilimlarini takomillashtirishi lozim, chunki o ‘quvch darning musiqa darsiga b o ‘lgan qiziqishini o‘stirishda, yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda va ularni m a’naviyatli, m a’rifatli qilib voyaga yetkazishda o‘qituvchi yetakchi bo'lib hisoblanadi. Barchaga ma’lumki, har qanday san’atkor ham maktabda musiqa darsini olib borolmaydi.
Boshlang‘ich sinf musiqa o ‘qituvchisi bo‘lish uchun o ‘z kasbiga va b o lalarg a m eh r q o ’ygan yuksak m a d a n iy a tli, keng dunyoqarashga ega shaxs b o ‘lm og‘i lozim. U pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasining amaliy sohalarida chuqur bilimga ega bo‘lmog‘i lozim. Boshlang‘ich sinflarda musiqa o ‘qituvchisining faoliyat miqyosi kengdir. Musiqa madaniyati darslari bilan birga u sinfdan tashqari musiqa tarbiyasi turlarini ham tashkil etishi va boshqarishi lozim.
Maktabda sinfdan tashqari ochiq tarbiyaviy soatlar o'tkazish, musiqa tarbiyasining ommaviy va to ‘garak shakllarini olib borish boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi zimmasidadir. Bunga «Mustaqillik bayrami», «Bilimlar kuni», «O'qituvchilar kuni», «Alifbe bayrami», «Yangi yil», «NavroV, bayrami», bolalar shoirlari, san’atkorlar bilan uchrashuvlar kiradi.
Bugungi mustaqillik sharoitida ta’lim nniammolarini hal qffishda boshlang‘ich sinf musiqa o'qituvchisi zamon bilan hamnafas qadam tashlab axborot texnologiyasi va ilg‘or pedagogik texnologiya malakalarmi to ‘liq o‘zlashtirishi va shular asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etmog‘i lozim.



    1. Yüklə 61,62 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə