Termiz davlat universiteti


Musiqa darslarida bolalar xalq qo’shiqlaridan foydalanishi



Yüklə 61,62 Kb.
səhifə5/16
tarix09.03.2023
ölçüsü61,62 Kb.
#102149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
boshlang\'ich sinflar (2)

Musiqa darslarida bolalar xalq qo’shiqlaridan foydalanishi. Bolalar og'zaki ijodiga mansub xilma-xil o'yinlar va rang-barang janrdagi qo'shiqlarda bolalikning qalb tebranishlari, qiziqish va ehtiroslari, voqelikka munosabatidagi o'ziga xosliklari, psixologiyasi balqib turadi. Maktab yoshidagi o'quvchilaming ma'naviy, madaniyatli etib tarbiyalashda musiqa tarbiyasi ustivor vositalardandir. Ta'lim maskanlarida o'tkaziladigan musiqa mashg'ulotlarining asosiy maqsadi go'zallik qonuniyatlari asosida barkamol avlodni shakllantirish vazifalarini amalga oshirish uchun xizmat qilishdan iborat bo'lishi lozim.
“Umumta'Iim maktablari uchun musiqiy ta'lim” dasturi istiqbolga mo'ljallangan davlat ta'lim standartida ko'rsatilgan me'yor va talablar asosida tuzilgan. Bolalaming nafosat hissiyodarini tarbiyalash, milliy ruh, milliy musiqa ohanglarini imkon qadar o'zida mujassam etib, musiqadan zaruriy biiim va amaliy malakalami tarkib toptirish dastuming asosiy mezoni hisoblanadi.
Dasturda mavjud pedagogik vazifalar saqlangan holda O'zbekistonga xos milliy qadriyatlar, an'analar, xalq ijodi, musiqa merosini bolalaming idrok etish qobiliyati darajasida bosqichma- bosqich tadbiq etish nazarda tutilgan.
Dasturda tavsiya etilgan asarlar, musiqa repertuarlari o'quvchilarda jonajon Vatanga muhabbat, mehnatsevarlik, tabiatni e'zozlash, do'stlik, hamjihatlik, rahm - shafqat xislatlar musiqaviy obrazlar orqali idrok etilishga qaratilgan.
Musiqiy tarbiya metodikasida qo'shiq aytish faoliyatining tarbiyaviy ahamiyati alohida ta'kidlanadi. Milliy mhni o'zida aks ettirgan xalq qo'shiqlari va o'yinlari bolalami olamni badiiy his va idrok etishlariga, zavqlanishlariga yordam beradi. Jumladan, boshlang'ich sinf bolalariga bolalar fol'klor qo'shiqlaridan “Oymomo tilla”, “Olmajon”, “Zuv-zuv borag'ay”, “Kichldnajon kichkina” asarlarini, yuqori sinf o'quvchilariga esa “Oshxo'rakam kaptar”, “Besh tosh”, “O'ynalik omon”, “Bu bog'chada olicha”, “Oq sholi, ko'k sholi”, “Dasta-dasta”, “Boychechak”, “Qaldirg'och” kabi asarlarni yil davomida o'rganish tavsiya qilinadi.
Xalq qo'shiqlarini tanlab o'rgatishda bolalami endigina rivojlanayotgan ovoz xususiyatini, ulaming musiqiy qobiliyati darajasini, shuningdek, badiiy didini to'g'ri tarbiyalash va ulaming musiqaga bo' lgan ehtiyojlarini qondirish zarurligini hisobga olish kerak.Bolalaming qo'shiqni tez va yaxshi o'zlashtirishlari musiqa o'qituvchisining qo'shiq o'rgatish metodini to'g'ri tanlashiga bog'liqdir. O'quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qarab bu metod har xil bo'lishi mumkin. Odatda qo'shiq o'rgatishning quyidagi bosqichlariga amal qilinadi:
a) kirish suhbati; bu qo'shiq o'rgatishni boshlash oldidan o'tkaziladigan kichik suhbat. Kirish suhbatida o'rganiladigan qo'shiqning mazmunini oldindan aytib bermay, suhbat mavzusiga bolalar e'tiborini jalb qilish uchun ularga: “Qo'shiqni tinglab, uning nima haqida kuylanishini aytib bering” yoki “Qo'shiqni tinglang va uning necha kupletdan iborat ekanligini aniqlang” kabi savol hamda topshiriqlami berishni puxta o'ylab ko'rmoq kerak.
b) bolalami qo'shiq bilan tanishtirish; bolalarga qo'shiq o'rgatish asosiy ish bo'lib, bolalar asar bilan birinchi marta tanishgandayoq asar ularda yorqin taassurot qoldirishi lozim. Qo'shiq bolalarga yoqib qolsa, ular bu qo'shiqqa qiziqib qoladilar va uni oson o'rganadilar. Musiqa o'qituvchisi qo'shiqni kuylayotganda o'zini bolalar auditoriyasida emas, balki tomosha zalida qo'shiq kuylayotgan artistdek his qilib, bu ishga jiddiy yondashishi zarur. Chunki o'quvchiiar har qanday soxtalikni darrov sezadilar.
v) eshittirilgan qo'shiq haqida suhbat; musiqa o'qituvchisi ikkinchi suhbatni bolalar qo'shiqni tinglaganlaridan so'ng o'tkazadi.
Bu suhbatda qo'shiq to'Iiq tahlil qilinib uning tuzilishidagi o'ziga xos tomonlari bolalaming nazariy bilimlari doirasida tushuntiriladi.
g) qo'shiqning ohangini o'rgatish; o'qituvchi avval qo'shiq matnini to'Iiq ifodali o'qiydi va o'quvchilarga notanish so'zlaming ma'nosini tushuntiradi. Qo'shiq kuyini o'rgatayotganda bolalaming diqqat bilan eshitib turishlari talab etiladi va shu asosda o'rgatiladi.
d) qo'shiqning badiiy ijrosi ustida ishlash; qo'shiqning bidiiy ijrosini yaxshilash ishi qo'shiqni o'rgatish vaqtidan boshlanadi. Ohang hosil qilish, nafas olish va chiqarish, yaxshi ansambl', aniq talaffuz qo'shiqni badiiy ijro etish unsurlaridandir.
Qo'shiqni musiqa o'qituvchisining o'zi ijro qilib eshittirishi bolalarda yaxshi taassurot qoldiradi. O'qituvchi o 'z ovozi bilan har qanday xalq qo'shig'ini iliq his - tuyg'u bilan ijro eta olmog'i lozim. Xalq qo'shiqlarida matnni to'g'ri talaffuz qilish - ma'noli kuylashning garovidir. So'zlami aniq, ravon aytish har bir qo'shiqni ijro qilishdagi asosiy talab bo'lib, matnni to'g'ri talaffuz qilish qo'shiqning badiiy obrazini ochib berishda muhim o'rin tutadi




    1. Yüklə 61,62 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə