Termiz davlat universiteti


Musiqa idrokini rivojlantirish vazifalari va ularning o'zaro bog'liqligi



Yüklə 61,62 Kb.
səhifə11/16
tarix09.03.2023
ölçüsü61,62 Kb.
#102149
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
boshlang\'ich sinflar (2)

Musiqa idrokini rivojlantirish vazifalari va ularning o'zaro bog'liqligi.

Musigiy idrok - musiqa tinglash faoliyati barcha _musiqiy mashg'ulotlarning asosidir. Musigiy tovush balandligi, uning ritmik suratini tinglamay kuylab bo'lmaydi. Lekin musiqa tinglash oson emas, chunki har bir musiqiy asarning xarakteri musiqaning ifoda vositalari orgali aks ettiriladi va doimiy rivqjlanish va harakatda. Shuning uchun musiqa tinglashni o'rganish kerak. Musiqa tinglashni har qanday musiqiy jarayonda - qo'shiq kuylash, ritmik harakatlar bajarish, musiqiy cholg'ularda jo'r bo'lish, musiqa savodi jarayonlarida ham o'rganish mumkin.
Ritmik harakatlar bajarish, musigiy cholg'ulardajo'r bo'lish, musiqa savodi jarayonlarida ham o'rganish mumkin. «Musiqani sevish uchun, avvalambor, uni tinglay olish kerak...» - degan Kompozitor D. Shostakovich. Musiqani idrok etish masalaiariga bir qator rus olimlari N.Vetlugina, E.Gorskaya, G.Rigina, N.Grodzenskayalar murojaat qilganlar (avvalgi boblarga qarang).
Musiqani eshitish va tinlashni o'rgatish 1-sinf o’qituvchi si oldiga bir gator vazifalami qo'yadi. Avval am bo o’qituvchi musiqani boshga san'at turlari dan fargi nimadaligini tushuntirib bermog'i lozim. Musiqani his gilish, anglash, tushunish uchun uni tinglay olish muhimdir. Buning uchun bolalar musiqaning ifoda vositalari haqida - kuy harakati, ritmik surati, registrlarning ifodaviylik ahamiyati, sur'at, dinamika, lad bo'yoqlari (major va minor) va boshqalarni bilishlari kerak.
Asosan musiqa tinglash faoliyati quyidagi to'rtta shartli bosqichlarda o'tkaziladi:
1. Kirish so'zi.
2. Asar ijrosi.
3. Tinglangan asar hagida suhbat.
4. qayta tinglash.
Bu bosqichlar shartli deb bejiz ta'kidlamadik. Dars tuzilishi, asar mazmuni va mohiyatiga arab bu bosqichlar qisqarti yoki kengaytirilishi ham mumkin.
Birinchi sinfda kuylash malakalarini shakllantirish. Birinchi sinfda kuylash malakalarini shakllantirish bevosita musiqiy eshitish qobiliyatining rivojlanishi bilan bog'liq. Sof intonatsiyada kuylash, aniq idrok etib, tinglangan tovushni toza ijro etishdan iboratdir. Gohida musigiy tovushlamni to'g'ri idrok etadigan, birog to'g'ri kuylay oimaydigan o'quvchilar ham uchrab turadi. Sinfda turli xususiyat va odatlarga ega bolalar bo'lganligi tufayli, o’qituvchi barcha bolalarga mos keladigan usullarni qo'llashi kerak. qo'shiq kuylashni o'rganayotganda sekin-asta takrorlash usullari bilan, unli va undosh tovushlarni to'g'ri talaffuz gilgan holda, qo'shiq ritmini sanagan holda ko'zlangan magsadga ehrishadilar. Bolalar ko'pincha o’qituvchi ga taqlid qilishlarini hisobga oladigan bo'lsak, o’qituvchi o'quvchilarni kuylatishidan avval qo'shigni o'zi ijro etib berishi lozim.
O’qituvchi kuylash jarayonida nafaz, talaffuz, ansambl, soz ustida ish olib boradi. Buning uchun o'guvchilarni o’qituvchi ni go'liga qarab, qo’shiqni barobar boshlash va barobar mgatishlarini nazorat qilib borish kerak. Har qanday tovushni chiroyli, baqirmasdan, to'g'ri nafaz olib, uttdoshlarga unli tovushlarni qo'shgan holda kuylash yashxi natija beradi. Nafas olganda, «..xuddi gul,bidlagandek,» (N.Grodzenskaya) olish muhimdir. O'quvchilar nafagat o'zlarini, balki, sinfdoshlarining ham kuylashini eshita olishlari kerak, qo'shiq kuylash jarayonida, musiqa tinglash jarayonida bo'lgani kabi, o'quvchilarga musiga savodidan ma'lumotlar berib boriladi, endi qisqacha go'shiq o'rgatish jarayoniga to'xtalib o'tamiz.
Qo'shig ijrosini ko'rsatib berish. Bolalarni o'rganiiadigan qo'shiq bilan, uning yaralish tarixi, ijodkorlari va qo'shiqning mazmuni bilan tanishtiriladi. O’gituvchi o'zi mazkur qo'shiqni ijro etib beradi. O'gituvchining ijrosi badiiy jihatdan yorgin va ifodali bo'lishi lozim. Agar o'qituvchi o'zi ijro etib bera olmasa, go'shiqni magnit tasma yoki boshga yozuvlar orgali ham eshittirish mumkin, Baribar o'gituvchi go'shiqni o'rgatish jarayonida o'quvchilarga qo'shiqni bo'laklarga bo'lib kuylab berishiga to'g'ri keladi. Shuning uchun go’shig qanchalik kichik va sodda bo'lishiga qaramay, o'gituvchi uni yugori saviyada ijro etib berishi muhimdir.
Qo’shiq hagida suhbat. qo'shiqning badiiy ahamiyatini aniqlash magsadida o'gituvchi bolalarga_qo'shiqning xarakteri, _ifodaviyligi, dinamikasi va boshqalar haqida so'zlab beradi. Bu sinfdagi bolalarga ko'proq quynog, sho'x xaraktyerdagi qo'shiqlar yogadi. Shuning uchun ularga g'amgin, qayg'uli qo'shiglarni o'rgatish qiyinrog kechadi.
Qo'shiq so'zlari va ohangini o'rganish. Qo'shiqning qay darajada murakkabligiga qarab o'gituvchi uni so'zlarini alohida, kuyidan avvalroq o'rgatadi. Biroq hadeb so'zlarga berilmay, uni iloji boricha kuy bilan hamohanglikda o'rgatishyaxshi natijaberadi. O'qituvchi__qo'shiqni jumlalarga bo'lib o'rgatadi. O'quvchilar jumlalar hagida tushunchaga ega bo'ladilar. O'qituvchi o'quvchilarga jumlalarning o'rtasida nafas olish mumkin emasligini tushuntiradi. Bu jarayonda musiga savodiga murojaat qilish kerakli natijani beradi.
Ijro ifodaviyligi ustida ishlash. Qo’shigni o'rganish jarayonining boshidan to oxirigacha ijroni_ ifodaviyligiga ahamiyat perish kerak. Ko'pchilik mutaxassislamning fikriga ko'ra, o'quvchilar qo'shiqning so’zlari bilan kuyini to'liq o’zlashtirib bo'lganlaridan so'ngina ifodaviylikka erishish mumkin, ekan. Bu holda o'quvchilar o'z diqgatlarini so’zlarni va kuyini qanday kuylashga emas, balki qo'shiqning mazmunini ochib berishga qaratadilar. Ifodali kuylashni o'gituvchining asarning kompozitori va shoiri, uning yaralish tarixi hamda tarbiyaviy ahamiyati haqidagi kirish so'zi ham ta'miniab beradi.



    1. Yüklə 61,62 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə