Termiz muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,8 Mb.
səhifə2/12
tarix08.06.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#116050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ангрен kurs ishi.tayor

I GEOLOGIK QISM


1.1 ANGREN KO‘MIR KONI TO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR


Angren ko‘mir razrezi Toshkent shaxridan 110 km janubiy-sharqda Oxangaron daryosining vodiysida joylashgan. Kon maydoni 70 kv.km. ni tashkil qiladi. Rel’efning balandlik nuqtalari kon xududida 850m dan 1300 m gacha asosiy suv manbai bo‘lib Oxangaron daryosi xisoblanadi. Angren razrezidan yuqorida daryo suv okimining boshkarib turilishi uchun to‘g‘on qurilgan.Daryo razrez borti orqali tunel vositasida yo‘naltirilgan.
Xudud iqlimi o‘ta kontinental bo‘lib o‘rtacha yillik xarorat +13,10 ni tashkil kiladi. Seysmologik kursatgichlari buyicha xudud 8 balli zonaga kirtilgan. Kondagi yillik o‘rtacha temperatura.
Iyul oyida +27oS
Dekabr oyida -12oS
Maksimal xarorat + 42.6oS
Minimal xarorat -27oS
Yillik yog‘ingarchilik 445.2÷855.3 mm.
Razrez maydoni tog‘ jinslari minimal soz tuproq, qum, maydalangan xarsang toshning shag‘al va qum aralashmasi, qumloq va qumli tuprok materialli mayda xarsang toshli konchimeratlar, mergillar, oxaktoshlar, xar xil rangli va kulrang kaolinlar, qurigan kvars porfirasi shaklida namoyon bo‘ladi. Geologik tuzilishi bo‘yicha Angren kon maydoni paleozoy, yura bo‘r, paleogen neogen va to‘rtlamchi katlamni o‘z ichiga oladi. YUra katlamlari tarkibi asosan ko‘mir svitamaridan tashkil topgan. “Yuqorigi” ko‘mir kompleksi ko‘mir qatlamlari kon jinslari bilan aralash holatda uchraydi. Bu kopleks ko‘mir qatlamlari qalinligi quydagi tartibda joylashgan.
VI-qatlam yukorigi 0.8÷2.5m
V-qatlam yukorigi 1.1÷1.2m
V-qatlam pastki 0.5÷0.8m
IV-qatlam pastki 1.4÷2.3m
I II-qatlam yukorigi 1.5÷2.5m
III-qatlam pastki 1.7÷2.1m
I1-qatlam pastki 1.1÷2.2m
I-qatlam pastki 3.2÷5m


1.2 KONNING GEOLOGIK SHAROITI.


Geologik tuzilishi bo‘yicha Angren koni maydoni paleozoy, yura bo‘r, paleogen neogen va to‘rtlamchi qatlamni o‘z ichiga oladi. Yura qatlamlari tarkibi asosan ko‘mir svitalaridan tashkil topgan.“Angren” razrezi maydoni o‘lchamlari ochish kengligi bo‘yicha 2.5 km, cho‘zilish bo‘yicha esa 4.5 km bo‘lib, 1-qidiruv uchastkasi va Angren shimoliy-g‘arbiy uchastkalari oralig‘ida joylashgan.
Razrez maydoni shimoliy-g‘arbiy tamondan CHotqol tizmalari bilan chegaralangan bo‘lib, tog‘-yon bag‘rini CHet-su, Oqtosh, Dukent va Qora-boy soylari kesib o‘tgan.Ko‘mir konining yonidan Oxangaron daryosi oqib o‘tib, Sirdaryoga borib quyiladi. Ochish burchagining mavjudligi va er satxining relefining hisobga olsak, Razrez maydonida qoplama kon jinslari qalinligi g‘arbiy va shimoliy-g‘arbiy yo‘nalishlarda ortib boradi. Masalan: razrezning 1-uchastkasida kon jinsining qatlami og‘iligi 4.6 m bo‘lsa, SHimoliy Angren uchastkasida bu ko‘rsatkich 8.5 m gacha ortib boradi.Ko‘mir qatlami qalinqligi va tuzilishi bo‘yicha “Yuqori” va «Qalin» komplekslarga ajratilgan. “YUqorigi” kompleksining o‘rtacha umumiy qalinligi 21.6 m ga teng bo‘lib, sof ko‘mir qatlamlari kon jinslari bilan aralashgan xolda uchraydi. «Qalin» kompleksining o‘rtacha qalinligi 31,81 metrni tashkil qiladi.Bu kompleksda sof ko‘mir kon jinslari bilan kamroq aralashgan umumiy ko‘mir massasining 85-95% ni tashkil qiladi.



Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə