Termiz muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,8 Mb.
səhifə5/12
tarix08.06.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#116050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ангрен kurs ishi.tayor

II KON-TEXNIK QISM


2.1 KON LAHMLARINING KO’NDALANG KESIM YUZASI SHAKLI VA O‘LCHAMLARINI ANIQLASH

Kon lahimlar ko‘ndalang kesimi shakllari tog‘ bosimi kattaligiga va uning yo‘nalishiga, mustahkamlagich tuzilishiga, lahimning xizmat muddati va o‘lchamlariga bog‘liq. Kon-ruda sanoatida asosan lahimlar ko‘ndalang kesimining quyidagi shakllari qo‘llaniladi: to‘g‘ri burchakli, trapetsiyasimon, to‘g‘ri burchakli – gumbazsimon (vertikal devorli va yarim sirkulli yoki qutisimon gumbaz). Ko‘mir sanoatida sanab o‘tilganlardan tashqari taqasimon va aylana shakllilari qo‘llaniladi.


To‘g‘ri burchakli shakl ship tomonlaridan jins bosimi oshganda, yon tomondan bosim bo‘lmaganda, ramali yoki aralash mustamlagichlarda qo‘llaniladi. Muzlagan sochilmalarning mustahkam jinslarida o‘tkaziladigan lahimlar asosan to‘g‘ri burchakli shakllarga ega.
Trapetsiyasimon shakl ship tomonlaridan jins bosim bo‘lganda va ozgina yon tomondan bosim borligida qo‘llaniladi. Bu shakl konlarda yumshoq va bo‘shang sochilmalarni qazib olishda, shuningdek ayrim ruda konlarida ko’p tarqalgan. To‘g‘ri burchakli – gumbazsimon shakl monolit betonli, sarchatma betonli, ankerli, murakkab mustamlagichlarda (ankerli sachratma beton bilan birga) va mustamlagichsiz lahimlarda (qattiq mustahkam jinslarda) qo‘llaniladi. Qutisimon yoki yarim sirkulli gumbaz ship tomonidan beriladigan katta bosimni,qabul qilsh xusiyatiga ega. Taqasimon shakl ship va tuproq tomonidan (agar mustamlagich berk bo‘lsa) katta bosimni, shuningdek tegishlicha kamroq yon tomon bosimni qabul qilish uchun tyubingli, toshli chiziq blokli (teskari gumbazli yoki yopiq arksimon mustamlagichli) lahimlarni mustahkamlashda Sanalgan shakllardan tashqari gorizontal lahimlar ko‘ndalang kesimining boshqa shakllari ham uchrashi mumkin: bochkasimon, arkli (yarim sirkulli gumbaz va qiya devor), poligonal (yog‘och ramali kuchli mustamlagichga yig‘ma temir betonni).
Kon lahimlarining ko‘ndalang kesimi o‘lchamlari.
Gorizontal lahim ko‘ndalang kesimi maydonlari turlari: yorug‘likda, xomaki va kovlab o‘tishdan so‘ng. Yorug‘likda maydon ballast qatlami va lahim kesimi trapi egallagan maydonni hisoblash bilan mustamlagichgacha lahim o‘lchamlari bo‘ylab aniqlaniladi. Xomaki maydon lahimda loyihaviy maydon hisoblanadi. Bu maydonni aniqlashda yorug‘likdagi maydonga mustamlagich, ballast qatlami, trap va tortib bog‘lash (ramali mustamlagichlarda, har tomonga o‘rnatilgan) egallagan maydonlar qo‘shiladi. Lahim o‘tkazish natijasida olingan haqiqiy maydon odatda loyihaviy maydondan 3-5% yuqori bo‘ladi. Yorug‘likda ko‘ndalang kesim o‘lchamlari lahimning ishlatilishiga bog‘liq. Ular harakatli tarkib gabaritlari (tashqi o‘lchamlari) bilan va relsli yo‘llar soni bilan; konveyer yoki yuk transport mashinasi kengligi bilan aniqlanadi. Bundan tashqari havfsizlik qoidalari bo‘yicha talab qilinadigan oraliqlarni, shuningdek kishilar harakatlanishi usullarini va lahim bo‘ylab o‘tadigan shamollatish uchun zarur havo miqdorini hisobga olish .Lahimlarning to‘g‘ri chiziqli uchastkalarida relsli transportlarda monolit betonli va temir betonli harakatli tarkib va mustamlagich o‘rtasidagi oraliq 200 mm dan kam bo‘lmaganga teng, boshqa turdagi mustamlagichlarda (yog‘ochli, metalli va temir betonli) 250 mm dan kam bo‘lmaganga.Lahimda relsli yo‘llar mavjud bo‘lganda kishilar harakati uchun trap (ballast qatlami) darajasidan 1800 mm balandlikka bardosh beradigan, kengligi 700 mm dan kam bo‘lmagan piyodalar yo‘lakchasi tutiladi.Lahimlarini loyihalashda kontaktli elektrovoz bilan kon massasini tortib olish ko‘zda tutilganda, akkumulyatorli elektrovozlarni qo‘llash holatida, o‘tish yo‘li tomonidagi oraliq 750 mm ga teng bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Siqiq havo va o‘tish yo‘li tomonidagi suv uchun (ballast darajasidan 1800 mm dan past balandlikda yoki yo‘lovchi poezdlarga kishilarni o‘tqazish joylarida) quvurlar joylashtirishda o‘tish yo‘li tomonidagi oraliqni 300 mm ga oshirish ko‘zda tutiladi. Ikki yo‘lli lahimlarda, qaysiki vagonetkalar va harakatli ishlarni ulashtirish va uzish amalga oshirilganda, kishilar uchun o‘tish joyi ikki tomondan kengligi 700 mm dan kam bo‘lmagan ballast qatlamidan 1800 mm tBurilishli lahimlarda elektrovozlar bilan tortib olishda oraliq o‘lchamlari va kishilar uchun o‘tish joyi egri chiziq tashqi tomondan 300 mm, egri chiziq ichki tomonidan 100 mm ga oshiriladi. To‘g‘ri chiziqli uchastkalarda ikki relsli yo‘l o‘qlari orasidagi masofa 200 mm dan kam bo‘lmagan holda qabul qilinadi. Burilishlarda yo‘llar orasidagi kenglik 300 mm ga oshiriladi. Relslar kallagi darajasida yorug‘likda lahim balandligi 2000 mm dan kam bo‘lmaganga teng deb qabul qilinadi (1800 mm kontakt sim minimal osilishidan kelib chiqib). Yorug‘likda kontakt sim va ramali mustamlagich yuqori to‘sini o‘rtasidagi minimal oraliq 200 mm ni tashkil etadi. Kishilarni o‘tqazish joylarida va stvol oldi maydoni lahimlarida kontakt sim osilish balandligi 2000 va 2200 m ga teng deb qabul qilinadi. Konveyer bilan jihozlangan lahimlarda bir tomondan o‘tish yo‘li 700 mm dan kam bo‘lmasligi, boshqa tomondan oraliq 400 mm dan kam bo‘lmasligi lozim. Konveyerning yuqori bo‘rtiq qismidan yuqori to‘singacha masofa 500 mm dan kam bo‘lmasligi lozim. Konveyerning tarang va yuritmali kallaklarida o‘tish yo‘li kengligi 600 mm dan kam bo‘lmasligi Skreper bilan qumlarni etkazishda skreper yo‘lini kishilar o‘tadigan yo‘ldan panjarali ustunlar bilan 1000 mm balandlikda ajratib qo‘yiladi. Skreper harakatlanganda ustunlar qimirlamasligining oldini olish uchun, skreper yo‘li tomoni tuproq darajasidan 500 mm balandlikkacha taxtalar bilan qoplanadi. Transportli lahimlarda, tozalovchi zaboylardan chiqadigan qumlarni to‘plash maqsadida 600 mm gacha chuqurlikda ariq o‘tkazib, skreper yo‘lagi ayrim hollarda to‘siqda quriladi. Bu holatda skreper yo‘lagiga qoplama qilinmaydi. Muzlama sochilmalarda skreperli etkazishda yorug‘likda tayyorlovchi lahimlar balandligi qumlar unumli qatlami qalinligiga teng, lekin 1800 mm dan oshmagan holda qabul qilinadi. 1800 mm lahim balandligida erkin kovlab O‘zi yurar jihozlarda lahimlar parametrlari (yorug‘likda kenglik va balandlik) er osti konlarida o‘zi yurar jihozlarni xavfsiz qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma talablariga amal qilgan holda aniqlanadi. Zaruriy oraliqlar ko‘rsatilgan kattaliklardan kam bo‘lmagan holda qabul qilinadi: lahimlarning mahkamlangan va barqaror shiplari sharoitlarida, undan foydalanganda, yuklash - etkazish jihozlari mashinisti o‘rindig‘idan shipning eng ko‘p bo‘rtiq qismigacha maksimal masofa, m 1.3 mashinaning eng ko‘p bo‘rtiq qismidan lahim shipigacha minimal oraliq, m. .0.5 transport vositasi eng ko‘p bo‘rtiq qismi va lahim devori (mustamlagichi) yoki lahimda joylashtirilgan jihoz o‘tasidagi minimal oraliq, m: kishilar tomonidan 1,2 teskari tomondan 0,5 balandligi 0,3 m va kengligi 0,8 m yo‘lovchi yo‘lagini qurishda yoki 25 m dan so‘ng kamchak (tokcha) qurishda kishilar erkin o‘tish yo‘lagi tomonidagi minimal oraliq, m 1 ayrilish joyi kamchagining minimal o‘lchamlari, balandligi 18 Kengligi 12 Chuqurligi 0,7 transport vositasi bilan lahim devorlari o‘rtasidagi minimal oraliq (m), bu lahimlarda kishilar bo‘lishi imkoniyati bo‘lmaganda, tezlik bilan harakatlanganda, km/ch: ≤10………0,5 >10………0,6 lahimning barcha kengligi bo‘yicha uning tuprog‘idan erkin o‘tish minimal m 1,8
Burilishlarda bu lahimlar parametrlari lahim burilishlari radiusiga, o‘zi yurar transport mashina burilishining ichki va tashqi radiusiga bog‘liq holda aniqlanadi. Bu burilishlarda lahim kengayishi odatda 300 – 500 mm ni tashkil etadi.Loyihalanayotgan gorizontal kon lahimida harakatlanuvchi transportningo’lchamlarini inobatga olib gorizontal kon lahimi (kvershlag)ning yuzasini hisoblaymiz. Tog’ jinslarini yer yuziga tashib chiqarishda VG -4,5vagonetkalar (xajmi 4,5m3) orqali, K-14markali elektrovoz bilash tashib chiqaramiz.ikki yo’llilahim (ichki) kengligini xisoblash formulasi
=1,4+2*1350+232+704=3637,4mm
Bu erda laxim yon devori mustaxkamlagichdan vagonlacha (sostav) qoldiriladigan oraliq masofa
elektrovoz kengligi (elektrovozK-14,vagonetka VG -4,5ning kengligidan katta bo’ladi).
elektrovoz laximda xarakatlanayotganda ishchilarning xam xarakatlanishi uchun norma bo’yicha qoldiriladigan yo’lak kengligi,
vagonetkalar orasidagi oraliq masofa.
svod balandligi =3637.4/3=1212mm
Ishchi xarakatlanishi uchun qoldiriladigan normal balandlik
Elektrovoz balandligi
ballast qatlamining qalinligi
markaziy yoy radiusi

Verxnyakdagi yoy radiusi

Laxim balandligi
=1900mm+219+49=2168mm
Sochma-beton (mustaxkamlagich) qalinligi
Laximning ko’ndalang kesim (svetu) yuzasi =3637.4(1900+0.26*3637.4)=10352mm
Laxim perimetri
=2*1900+2.33*3735.4=12503mm
Laxim (tashqi) kengligini xisoblash formulasi


=3637.4+2*49=3735.4
Laximning ko’ndalang kesim (vcherne) yuzasi
=2168*3735.4=8098347.2mm

Yuzani o’zgarish koeffistienti =16/8.09=1.9


Laximdan o’tish kerak bo’lgan xavo miqdori
Xavoni xarakatlanish tezligi =62/8.09=7.6
Demak laximda xavo 7.6m/s tezlik bilan xarakatlanishi kerak.

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə