Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə18/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74
ТЖЛ majmua LP

MA`RUZA № 7 (2 soat)
MAVZU: Kichik seriyali oqimlar

Reja:
1. Moslanuvchan tashkiliy – texnologik tizimlar


2. Erkin va qatiy ma’romli oqimlar
Kichik seriyali oqimlar
Tikuv buyumlarni assortimentini kengaytirish zaruriyati shunday oqimlarni tashkil qilishni talab qildiki ularda ish vaqtidan va asbob-uskunalardan ratsional foydalangan xolda buyumlarni turli modelini oqimda xech qanday o‘zgartirish kiritmay ishlab chiqarish mumkin bo‘lsin. Bunday oqimlar kichik seriyali oqimlar ( KSO)nomini olgan. KSO da buyum sermexnatligi xar xil bo‘lgan turli modellar kichik seriyalarda tayyorlanadi. Modellarni KSOga ketma-ket, tsiklli va aralash usullarda tushirish mumkin. Kam seriyali oqimlarni bir chiziqli bir fasonli konveyer oqimlar va bir chiziqli ko‘p fasonli sektsion oqimlar kabi xisoblanadi. Tashkiliyoperatsiyalarni tuzishda operatsiyaning ixtisosi, razryadi va qo‘llaniladigan asbob-uskunalarga kat`iyan etibor beriladi, ammo texnologik ketma-ketlikni saqlash shart emas, bu esa yuqoriunumdorli asbob-uskunalardan to‘liq foydalanishga imkon beradi. Buyumlarni ishlab chiqarish ma`romini ta`minlash maqsadida KSOda etakchi ishchilar ko‘zda tutiladi. Ular yuqorimalakali ishchilar bo‘lib, oqimdagi barcha operatsiyalarni bajara oladi.
Mexnat predmetlari ish joydan keyingi ish joyga transportyorlar va qo‘lda jarayonaro transport vositasi yoki aravachalar yordamida 5dan 15 donagacha bo‘lgan pachkalab uzatiladi. KSOda qo‘llaniladigan transport vositalari bir biridan konsiruktsiyasi bo‘yicha farqlanadi. Ularni o‘xshashlagi berg traektoriyasi bo‘yicha xarakat qilishi va mexnat predmetlari qutichalarda tasmali transportyor orqali uzatilishidir. Kutichalarni konstruktsiyasi xar xal bo‘lishi mumkin.
KSOda qullaniladigan transportyorlar ikki xil bo‘ladi:

  • yarimfabrikatlar solingan qutichalarni ish o‘rinlariga avtomatik adreslanmagan – TMS-1 va TMS-2;

  • yarimfabrikatlar solingan qutichalarni ish o‘rinlariga avtomatik adreslangan – TKT-1( Yugoslaviya), “Durkopp” firmasining 755 sinfli transportyori, “Altin” birlashmasining ( Germaniya) 13950 sinf transpotyori, M-157 tipidagi AVS transportyori.

Avtomatik adreslangan ransportyorlarni qo‘llash nafaqat mexnat madaniyatini oshiradi, balki “ qutichalarni transporterdan olish ” kabi yordamchi operatsiyalarni bajarish uchun sarflandigan vaqtni qisqartirida.
Qutichalarga solingan buyumlar kartochkalar yordamida ish o‘rinlariga tarqatiladi. Xar bir tashkiliy operatsiya uchun uning raqami yozilgan kartochka tayyorlanadi. Qutichalarni old qismida kartochkalarni solish uchun maxsus cho‘ntak bor. Mexnat predmetlarini oqimga tushiruvchi ishchi qutichaga buyumlarni, maxsus cho‘ntakka esa buyumga ishlov berish tartibida kartochkalarni soladi. Xar bir ishchi tasmadan uning operatsiyasini tartib raqami qurinib turgan qutichani oladi. O‘z operatsiyasini bajargandan so‘ng ishchi uning operatsiyasining tartib raqami yozilga kartochkani olib, transporterga qitichani qaytarib qo‘yadi. Bunda keyingi operatsiyani tarptib raqami qurinab qoladi. Xar bir ish joyga odatda uchta quticha (bittasi transportyorda, ikkitasi esa - ishchi o‘rnida) to‘g‘ri keladi. Ishni bunday tashkil qilish ishchilarni ishsiz o‘tirishina oldini oladi, ish vaqtini rezervi bo‘lishiga va ishchilarni shaxsiy mexnat qobiliyatidan foydalanish imkonini beradi.
Agar ishchi o‘rnida ikkita quticha bo‘lsa va uning oldiga transportyor orqali yana bittasi kelsa, ishchi uni olmaydi, quticha transportyorda aylanib keyin yana shu ish o‘ringa keladi. Bu ishchini ish ma`romidan qolib ketayotganini ko‘rsatadi. KSOda transportyorlar faqat mexnat predmetlarini solingan qutichalarni tashish uchungina xizmat qiladi. Qutichalarni xarakatlanish tezligi ishlab chiqarish oqimining ma`romiga bog‘liq bo‘lmaydi va oqimning ish ma`romiga ta`sir etmaydi.
KSOlar konveyerli oqimlar kabi bir guruxli va ko‘p guruxli bo‘lishi mumkin.
KSOni afzalligi:

  • ishchining shaxsiy qobiliyatidan to‘liq foydalanish;

  • assortiment o‘zgarganda ish o‘rinlarini o‘zgartirish kerak bo‘lmagani uchun oqimni qayta qurish osonligi;

  • texnologik sxemani tuzishda texnologik tartibga ka`tiy rioya qilinmagani uchun oqimni xisoblash osonligi;

  • tashkiliy operatsiyalarni tuzishda ma`romga nisbatan farq kattaligi;

  • ishchilarni va ish o‘rinlarini yuqori darajada ixtisolashtirilishi;

  • asbob- uskunalardan to‘liq foydalanish;

  • oqimga xizmat qilish osonligi.


Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə