Tizimni aniqlanishi sk-42 va sk-95 tizimlari Balandlik tizimlari`



Yüklə 70,55 Kb.
səhifə2/5
tarix23.12.2023
ölçüsü70,55 Kb.
#157373
1   2   3   4   5
LOKAL REFERENS KOORDINATALAR TIZIMI

SK-42 va SK-95 tizimlari

1942 yil tizimi ( ) Rossiya (sobiq SSSR)da foydalanish uchun qabul qilingan. 1946 yil yangi ellipsoid parametrlari qabul qilingandan keyin, MDH davlatlarida kartografiya va astronomik-geodezik qurilmalarni qayta ishlash uchun, Pulkovo punktida berilgan geodezik sana boshlang‘ich tizimi va Krasovskiy referens-ellipsoidi ko‘rinishiga nisbatan yuza o‘rnatilgan. Yangi referens-ellipsoid parametrlari xulosalari bo‘yicha ishlar SNIIGAiKda professor F.N.Krasovskiy rahbarligi ostida 10 yil mobaynida olib borildi. Ellipsoid parametrlarni chiqarish uchun, dastlab, sobiq SSSR va chet-el territoriyasidagi gravimetrik ma’lumotlar jalb etildi. Bu tizim “1942 yil tizimi” nomini oldi .


1942 yil koordinata tizimining boshlanishi, nazariy aniqlashlar bo‘yicha, yer massasi markaziga yaqindir. o‘qi umumer tizimidagi o‘qiga paralleldir, o‘qi uzoqlik hisobi qabul qilingan tizimlari no‘l-punktidan aniqlanadi, o‘qi tizimni to‘g‘rigacha to‘ldiradi.
referens-ellipsoidining markazi to‘g‘ri burchakli koordinata tizimi boshlanishi bilan mos keladi, aylanish o‘qi o‘qi bilan mos keladi, boshlang‘ich meridian tekisligi tekisligi bilan mos keladi.
Tizim Rossiya territoriyasi evropa qismining to‘liq qoplovchi va sharq tomonga ingichka poligonlar zanjiri ko‘rinishida tarqatilgan 1-klass 87 ta triangulyasiya tenglashtirilgan poligonlari to‘rlari ko‘rinishida qo‘llanilgan. Triangulyasiya to‘rlari alohida bloklarda tenglashtirilgan. Bloklar chegarasida oldingi tenglashtirish natijalari xatolarsiz qabul qilindi va shunday qilib koordinatalar sharqga tomon uzatildi. 1-klass poligonlari karkasiga 2-klass triangulyasiya to‘ldiruvchi to‘rlari kiritildi. Bunday to‘rlarni qurish prinsipi to‘rda muqarrar deformatsiyani paydo bo‘lishiga olib keldi.1991 yilda mamlakat territoriyasida qurilgan 164000 punktlardan astronomik-geodezik to‘r bitta butundek, tenglashtirilgan. Tenglashtirish natijalari to‘rda sezilarli, ya’ni shimolda va sharqda 20-30 metrga yetadigan, deformatsiyaning borligini tasdiqladi. Bloklar chegarasidagi lokal deformatsiyalar, ayrim hollarda, 10 m ga yetardi. Tenglashtirilgan to‘rdagi o‘zaro punktlarning joylashishi 10, 100, 1000 va 10000 km masofalarda, mos ravishdagi o‘rta kvadratik xatoligi 6, 20, 60 va 200 sm dan iboratdir.Astronomik-geodezik to‘rlarning o‘tkazilgan tenglashtirishlari, butun mamlakat bo‘yicha, yangi bir-xil aniqlikdagi koordinata tizimi kerakligini ko‘rsatdi. Aniqlikni oshirish uchun, harbiy geodezistlar tomonidan qurilgan, Kosmik geodezik to‘rning 26 punktlari yuqori aniqlikdagi yo‘ldosh o‘lchashlari va Roskartografiya tomonidan yaratilgan Dopler geodezik to‘rlarining 134 punktlari natijalarini qo‘llash masalasi yechilgan edi. Qo‘shimcha o‘lchashlar sifatida, kvazigeoidning gravimetrik balandligidan foydalanib, geodezik punktlarning geosentrik masofalari kiritildi. 1995 yilda o‘tkazilgan, birgalikdagi tenglashtirish natijalari, geodezik koordinata tizimi uchun asos bo‘ldi.
tizimining o‘qi umumer tizimi o‘qiga parallel, ya’ni ushbu tizimlar orasidagi bog‘liqlik faqat uchta ko‘chirish parametrlari bilan o‘rnatiladi. Tizimni qo‘llashning boshqa shartlari Pulkovo punkti geodezik koordinatasini o‘zgarmasligi bilan bog‘liqdir, ya’ni va tizimlarida geodezik to‘r koordinata tizimlari bir-xil qabul qilingan. Bu nostandart qaror shunga olib keldiki, Rossiyaning evropa qismi va Sibir janubidagi koordinata punktlaridagi tuzatmalar juda kichik bo‘lganligi sababli, 1:10000 masshtabgacha kartalarni qayta chop ettirish talab etilmadi. Mamlakat shimoli-sharqiy rayonlari uchun esa, bunday masshtabdagi kartalar yo‘q hisobi.
Yer massasi markaziga bog‘lash aniqligi 1 m atrofida tavsiflanadi. tizimidagi davlat geodezik to‘rlari koordinata punktlari barcha to‘rlar uchun bir xil aniqlikga ega. Qo‘shni punktlar uchun, o‘zaro joylashish xatosi 3-5 sm, 200-300 km uzoqdagi punktlar uchun 20-30 sm, 500 va undan ko‘p kilometrdagi punktlar uchun esa, xatolik 50-80 sm gacha oshib boradi. Hisobiy yuza sifatida Krasovskiy referens-ellipsoidi qabul qilingan .



Yüklə 70,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə