Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti e. A. Akramov korxonalar moliyaviy holati



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/66
tarix28.11.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#136092
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66
portal.guldu.uz-KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI TAHLILI

Aktiv 
1. Asosiy vositalar va qo‘yilmalar. 
2. Kreditlar va xarajatlar. 
3. Pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va boshqa aktivlar. 
Passiv 
1. O‘z mablag‘lari manbalari. 
2. Kreditlar va boshqa qarzga olingan mablag‘lar. 
3. Hisob-kitoblar va boshqa passivlar. 
Ma’lumki, 1993 yil 1 yanvardan ilgarigi tuziladigan balans-brutto bo‘lib, 1993 
yildan boshlab balans-nettoga o‘tildi. Bu balans ham uch bo‘limli bo‘lib, quyidagi 
shaklda tuzilar edi:


22 
Aktiv
1. Asosiy vositalar va boshqa aylanmadan tashqari aktivlar. 
2. Zaxiralar va xarajatlar. 
3. Pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va boshqa aktivlar. 
Passiv 
1. O‘z mablag‘lari manbalari. 
2. Uzoq muddatli passivlar. 
3. Hisob-kitoblar va boshqa passivlar. 
Pirovardida 1997 yil 1 yanvardan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligining 1997 yil 15 yanvarda qabul qilingan buyrug‘iga binoan yana balansning 
yangi shakli qabul qilindi. Endi ilgari tuzilgan uch bo‘limli balansdan ikki bo‘limli 
balansga o‘tildi. Bu balans quyidagi shaklda tuzildi: 
Aktiv 
1. Uzoq muddatli aktivlar. 
2. Aylanma aktivlar. 
Passiv 
1. O‘zlik mablag‘larning manbalari. 
2. Majburiyatlar. 
2004 yil yanvar oyidan boshlab buxgalteriya balansining yana yangi shakli 
qabul qilindi. Unda balansning bo’limlari quyidagicha berilgan. 
Aktiv 
1. Uzoq muddatli aktivlar. 
2. Joriy aktivlar, shu jumladan: tovar-moddiy zaxiralari; pul mablag‘lari, jami. 
Passiv 
1. O‘z mablag‘lari manbalari. 
2. Majburiyatlar, jami, shu jumladan: uzoq muddatli majburiyatlar; joriy 
majburiyatlar. 
1997 yilda qabul qilingan balans shaklidan bu balansning farqi shundan iboratki, 
balansning aktiv tomonida korxona aylanma mablag‘lari moddiy zaxiralar ya’ni 
moddiy aylanma mablag‘lar va pul aylanma mablag‘lari, balansning passiv tomonida 
esa ilgarigidek ikkiga bo‘lib ko‘rsatilgan uzoq va qisqa muddatli majburiyatlar. Bu 
o‘zgarishlar korxonalar moliyaviy holatini tahlil qilishni ancha yengillashtiradi. 
Shunday qilib, korxona balansining tuzilish shakli doimo takomillashtirilgan. Bu 
takomillashtirish quyidagi o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi:
Birinchidan, balansning ham aktiv, ham passiv bo‘yicha bo‘limlari soni 
o‘zgarib, korxona mablag‘lari va ularning manbalari kontsentratsiyalanib bordi. 
Ikkinchidan, balans bo‘limlarining nomlari o‘zgarib, yangi nomlarda mablag‘lar 
va ularning manbalari mazmuni to‘liqroq aks ettirila boshlandi. 
Uchinchidan, korxona balanslarining o‘zgarishida alohida ishlab chiqarish 
tarmoqlarining mablag‘lari va ularni qoplovchi manbalarining xususiyatlari e’tiborga 
olingan. 
To‘rtinchidan, xalq xo‘jaligi bozor munosabatlariga o‘tkazilishi munosabati 
bilan korxonalar balansi bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan yo‘nalishda 
takomillashtirilmoqda. 
Beshinchidan, moliyaviy tahlil o‘tkazishni yengillashtirish maqsadida balans-


23 
bruttodan, balans-nettoga o‘tilgan.
Oltinchidan, respublika jahon bozor iqtisodiyotiga kirib borar ekan, mamlakatda 
hisob va hisobotini tashkil qilish xalqaro andozalarga o‘tkazilayapti. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə