Toshkent davlat iqtisodiyot untversiteti m. S. Qosimova, M. A. Yusupov



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/200
tarix26.02.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#101538
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   200
Marketing

Qisqa xulosalar
Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlami 
faollashtirish uslublarini, tovarlami ishlab chiqarish hamda sotish 
muammolarini kompleks, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga 
keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali 
yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlami vujudga keltirish va ulami 
ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o’rganish va prognoz qilish 
hamda ta’sirchan rekiamani rivojlantirish masalalarini o’rganishni o’z oldiga 
maqsad qilib qo’ygandir.
Marketing ehtiyoj va muhtojlikni ayirboshlash orqali qondirishga 
qaratilgan inson faoliyatining turidir. Marketingni vujudga kelishining asosiy
1
Юсупов М. Маркетинг. Кўргазмали ўқув қўлланма. -Т.: ТДИУ, 2001.


sabablaridan biri - bu ishlab chiqarish hajmining ortib borishi, yangi 
tarmoqlaming vujudga kelishi, tovar turining ko’payishi va tadbirkorlar 
o’rtasida mahsulotni sotish muammosining vujudga kelishidir.
Marketing konsepsiyasining quyidagi turlari mavjud: ishlab chiqarish 
konsepsiyasi, tovar konsepsiyasi, sotish kontseptsiyasi, an’anaviy marketing 
konsepsiyasi, ijtimoiy-axloqiy marketing konsepsiyasi, o’zaro aloqaviy 
marketing konsepsiyasi.
Marketing faoliyatida tovar, narh, taqsimlash va siljitish kabi elementlar 
muhim o’ringa ega. Bu jarayonda albatta kishilar ishtirok etadi. Uning asosida 
“5 P” formulasi turadi: 1 - narx (price); 2 - mahsulot (product); 3 - o’rin- 
joy (place); 4 - siljitish (promotion); 5-inson(people) va bu marketing 
elementlari hisoblanadi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1
.Marketing deganda nimani tushunasiz?
2. Marketingni asosiy rivojlanish bosqichlari qanday?
3
.Muhtojlik, ehtiyoj, talab ,taklif deganda nimani tushunasiz?
4.Mamlakatimizda marketing qaysi davrdan boshlab rivojlangan?
5.Bozor elementlari haqida tushuncha bering.

Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə