Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə346/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
343 
1. Geoekologiya umumiy ekologiyaning bir bo‗limi sifatida ekologiya fanlari 
turkumiga kiradi. Bu holda geoekologiyaning tadqiqot obyekti katta ko‗lamli 
ekotizimlar bo‗lib, predmeti biosfera, materik, okean, biom kabi yuqori darajali 
ekotizimlarda abiotik va biotik tarkibiy qismlar o‗rtasidagi o‗zaro ta‘sirlarning 
umumiy qonuniyatlarini o‗rganish hisoblanadi.
2. Geoekologiya geografik fan sifatida geografiya fanlari turkumiga kiradi. 
Hozirgi vaqtda geoekologiya tabiiy geografiya, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 
hamda kartografiya bilan bir qatorda geografiyaning to‗rtinchi tarkibiy qismi sifatida 
qarab chiqilmoqda. Bu holda geoekologiyaning tadqiqot obyekti geoekotizimlar, 
predmeti esa tabiiy, tabiiy-antropogen va antropogen geoekotizimlarning xususiy va 
umumiy qonuniyatlarini o‗rganishdan iborat bo‗ladi. 
3. Geoekologiya geologiya va ekologiya fanlari o‗zaro tutashgan joyda 
shakllanayotgan ilmiy yo‗nalish, ya‘ni ekologik geologiyaning geologik muhitdagi 
texnogen o‗zgarishlarni o‗rganuvchi bir bo‗limi sifatida qarab chiqilmoqda. Bu holda 
geoekologiyaning tadqiqot obyekti geologik muhit, predmeti esa geologik muhitning 
atmosfera, gidrosfera va biosferadagi boshqa muhitlar bilan tabiiy (to‗g‗ri va teskari) 
aloqadorligini o‗rganish hamda odam xo‗jalik faoliyatining geologik muhitga ta‘sirini 
baholashdan iborat bo‗ladi. 
4. Geoekologiya geografiya, ekologiya, biogeografiya, tuproqshunoslik va 
geologiya fanlari o‗zaro tutashgan joylarda tadqiqot obyekti tabiiy tizim yoki 
geoekotizim bo‗lgan alohida (mustaqil) fan tarmog‗i sifatida qarab chiqilmoqda. Bu 
holda geoekologiya antropogen o‗zgarishga uchragan tabiiy tizimlarning 
qonuniyatlarini geoekologik yo‗nalishda, ya‘ni geoekotizim sifatida o‗rganuvchi 
umumlashgan fan sifatida namoyon bo‗ladi. 
Aksariyat olimlar va bizning fikrimizcha, zamonaviy geoekologiyaning 
obyekti – geoekotizimdir. Geoekotizim deganda odam xo‗jalik faoliyatining bevosita 
va bilvosita ta‘siri ostida bo‗lgan tabiiy tizim, tabiiy o‗zgartirilgan, o‗zaro bog‗liq uch 
birikmali (tabiat, aholi, xo‗jalik) tabiiy-antropogen tizim va odam tomonidan sun‘iy 
bunyod etilgan (vujudga keltirilgan) antropogen tizim tushuniladi [2; 4; 5].
Bajaradigan ishi, ya‘ni ustuvorlik xususiyatlariga ko‗ra geoekotizimlarning 
bir necha turlari farqlanadi: tabiiy-ijtimoiy-iqtisodiy tizim (TIIT), tabiiy-ijtimoiy-
ishlab chiqarish tizimi (TIICHT), tabiiy-xo‗jalik tizimi (TXT), geoekoijtimoiy tizim 
(GEIT), integratsiyalangan geotizim (IGT), majmuiy ekologik-iqtisodiy tizim 
(MEIT). Shuningdek, geoekotizimlar tashkiliy tuzilmasining bir necha darajasini 
ajratib ko‗rsatish mumkin: global (dunyo miqyosidagi), davlatlararo (bir necha 
mamlakat ko‗lamidagi), federal (o‗zaro birlashgan), mintaqalararo (bir necha mintaqa 
ko‗lamidagi), mintaqaviy (bitta zona (mintaqa) yoki katta rayon (maydon) 
miqyosidagi), munitsipial (mahalliy yoki viloyat, tuman miqyosidagi) darajasi. 
Geoekotizimlar quyidagi asosiy xususiyatlari bilan namoyon bo‗ladi [3; 7]: 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə