Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


Eksportni rag‘batlantirishning tashkiliy usullariga



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə601/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   597   598   599   600   601   602   603   604   ...   623
Eksportni rag‘batlantirishning tashkiliy usullariga 
quyidagilami 
kiritish mumkin:
- eksport qiluvchilarga axborot va maslahat berish xizmatlarini 
ko‘rsatish uchim maxsus bo‘linmalami tashkil etish;
- savdo bitimlarini tuzishda davlat idoralarining ishtirok yetishi;
- tashqi savdo uchun malakali kadrlami tayyorlashga 
ko‘maklashuv;
- xorijiy mamlakatlarda ko‘rgazmalar tashkil etishda yordam 
ko‘rsatish;
- milliy kompaniyalami diplomatik jihatdan qo‘llab-quwatlash va h.k.
Eksportni rag‘batlantirishning kredit-moliyaviy usullari 
quy-
idagilardan iborat:
- eksportga tovarlar yetkazib berishni subsidiyalash;
- eksport qiluvchilar uchun davlat kreditlarini berish va xususiy 
kreditlar berilishini rag‘batlantirish;
- xorijda amalga oshiriluvchi savdo bitimlarini davlat tomonidan 
sug‘urtalash;
- eksportdan olinuvchi foydadan soliq to‘lashdan ozod etish va h.k.
744


Mamlakatimizda ishlab chiqaruvi korxonalaming eksport salohi- 
yatini yanada oshirishni rag‘batlantirish ko‘lami yanada oshirildi. Shu 
borada 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil-26-martda- 
gi “Eksport qiluvchi korxonalami rag‘batlantirishni kuchaytirish va 
raqobatbardosh mahsulotlami eksportga yetkazib berishni kengayti- 
rish borasida qo‘ shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1731 -sonli 
Qarori qabul qilinib, unga muvofiq mikrofirma va kichik korxonalar- 
ga sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish, mahsulotlar-ning xalqaro 
standartlarga muvofiqligini sertifikatsiyadan o‘tkazish, shuningdek, 
laboratoriya testlari va sinovlarini o‘tkazish komplekslarini xarid qil- 
ishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar uchun yangi texnologik uskunalar- 
ni sotib olishda nazarda tutilgan yagona soliq to‘lovi bo‘yicha soliq 
solinadigan bazani kamaytirish huquqi berildi.
Importni tartibga solish, asosan, uni tarifli va tarifsiz vositalar 
orqali cheklashdan iborat. Asosiy tarifli to‘siq sifatida bojxona bojla- 
rini keltirish mumkin.
Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatdoshligini 
oshirishda eksport salohiyatidan samarali foydalanishning strategik 
yo‘nalishi sifatida 0 ‘zbekistonning xorijiy sheriklar bilan 2017-yilda- 
gi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy-texnik 
hamkorligini tubdan rivojlanishi va kengayishini ta’minlashga doir 
«Yo‘l xaritasi» loyihasini ishlab chiqib, unda quyidagilami nazarda 
tutilmoqda:208
- 0 ‘zbekiston korxonalarining mahsulotlari va xizmatlarini tashqi 
bozorga eksport qilishni kuchaytirib borish;
- 0 ‘zbekistonga investitsiyalami, ilg‘or texnologiyalami, sayyoh- 
lar oqimini, shuningdek, grantlar, imtiyozli kreditlar va texnik 
ko‘maklami jalb etish;
- Respublikaning transport-tranzit imkoniyatlarini oshirish, tashqi 
savdo yuk tashish ishlari uchun qulay sharoitlarni shakllantirish;
- ta’lim, fan va texnika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish.

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   597   598   599   600   601   602   603   604   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə