Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya



Yüklə 19,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/102
tarix26.03.2018
ölçüsü19,01 Kb.
#34535
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   102

187 
 
shubhalanasiz va Sizning hatti-harakatingiz. 
3.SHifoxonaga farzandsizlikka shikoyat qilgan bemor yotqizildi. Unda 7 yil oldin so‗zakka 
o‗xshash  kasallik  paydo  bo‗lganda  o‗zi  vrach  maslahatisiz  uyda  davolangan.  Ayol  28  yoshda, 
turmushga chiqqaniga 6 yil bo‗lgan. Nimadan shubhalanasiz va Sizning hatti-harakatingiz. 
4.Qon  quyish  muassasasiga  donor  bo‗lish  istagi  bo‗lgan  erkak  kishi  murojaat  qildi.  Unda 
zahm kasalligi yo‗qligini isbotlovchi qanday tekshirish usullarini qo‗llash mumkin? 
5.YUqori  tanglayida  yarasi  bor  bo‗lgan  bemor  jarroh-stomatolokka  murojaat  etdi.  Uning 
zahm bilan og‗rishi ma‘lum bo‗ldi. Tashhis qo‗yish uchun qaysi usullardan foydalanilgan? 
 
17-Keys. Virusli kasalliklar. (Gripp, qizamiq) Gepata viruslari. 
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar: 
1.Laboratoriyaga gripp  bilan  og‗rib  o‗tgan  bemordan  qon  zardobi  olib kelindi.  Qaysi usul 
yordamida qo‗yilgan tashhisni tasdiqlash mumkin? Buning uchun qaysi serologik reaksiyalardan 
foydalaniladi? 
2.Qutirishga shubhalanilgan it veterinar laboratoriyaga olib kelindi. Tashhis qo‗yish uchun 
qanday biologik ashyo olinadi? Qaysi usullar qo‗llaniladi? 
3.Kanali  ensefalitga  shubhalanilgan  bemordan  ikki marta qon  zardobi  olib, laboratoriyada 
tekshirildi. Qo‗yilgan tashhis qanday tasdiqlanadi? Buning uchun qaysi usullar qo‗llaniladi? 
4.Adenovirus  infeksiyasiga  shubxalanilgan  bemor  burun  bo‗shlig‗idan  bosma-surtma 
olindi. Qaysi tekshirishlarga asoslanib adenovirus infeksiyasi tasdiqlanadi? 
 
18Keys Rabdovirus. (qutirish).OITS,Entero-, neyroviruslar    (poliomielit).  
Keysni bajarish bo‗yicha topshiriqlar: 
1.Gripp  kasalligini  oldini  olish  uchun  aholi  orasida  emlash  o‗tkazildi.  Ular  nima  bilan 
emlandi va qanday qilib? 
2.Travmatologiya  bo‗limiga  notanish  it  tishlagan  bemor  murojaat  qildi.  Maxsus 
profilaktika uchun nimadan foydalaniladi? SHifokor sifatida Sizning hatti-harakatingiz. 
3.OITS markazi  shifokori  shubhalanilgan  odam  qon zardobini immunoferment usuli bilan 
tekshirganda  musbat  natija  kuzatildi.  Lekin  immunobloting  usuli  bilan  tekshirganda  bu  natija  
tasdiqlanmadi. Buning sababi nimada? 
4.Uzoq  vaqtdan  beri  isitmalab  yotgan  narkoman  bemor  immun  tizimi  tekshirilganda  T- 
xelperlar, tabiiy killerlar  miqdori keskin kamayib ketganligi, T- supressorlar miqdori  oshganligi 
kuzatildi. Qaysi kasallik to‗g‗risida taxmin qilish mumkin? Nima uchun? 
A  M   A   L   I  Y           O‗   Y   I  N   L   A  R 
1.  SHifoxonaga  bir  oiladan  ikkita  bemor  nevrologik  simptomlar  -  diplopiya,  afoniya, 
afagiya  va  boshqalar  bilan  tushdi.  Kasallik  anamnezida  shu  narsa  ma‘lum  bo‗ldiki,  bemorlar 
uyida konservalangan ko‗ziqorin iste‘mol qilishgan. 
Davolovchi shifokor: 
Anamnezi  va  klinik  belgilariga  asoslanib,  qanday  kasallik  kelib  chiqqaniga  shubha  bor? 
Sizning  hatti-harakatingiz.  Bemorlarda  tashhisni  tasdiqlash  uchun  qanday  ashyo  olasiz  va  buni 
qaysi  laboratoriyaga  jo‗natasiz?  Laboratoriyaga  jo‗natish  uchun  yo‗llanma  tayyorlang  va  uni 
asoslang. 
Vrach bakteriolog: 
Olingan  ashyo  va  yo‗lanmani  izohlang.  Tekshirish  o‗tkazish  rejasini  tuzing  va  javob 
muddatini  belgilang.  Mumkin  bo‗lgan  javoblarni  tuzing.  YAkuniy  natijani  davolovchi 
shifokorga yozma ravishda bering. 
 
Davolovchi shifokor: 
Laboratoriya  javobini  izohlang.  Sizning  qo‗ygan  tashhisingiz  tasdiqlangandan  so‗ng 
etiotrop davo tayinlang. Kasallik tarqalishini oldini olish  uchun qanday choralar ko‗rasiz? 
 


188 
 
2. Poliklinkaga bir guruh ishchilar o‗tkir ovqatdan zaharlanish bilan murojaat qilishdi. Ular 
ko‗ngil  aynishi,  qusish,  epigastral  tomonda  og‗riq  bo‗lgandan  shikoyat  qilishdi.  Ishchilar  o‗z 
kasalliklarini korxona oshxonasida iste‘mol qilingan kremli tort bilan bog‗lamokdalar. 
Davolovchi shifokor: 
Sizning  hatti-harakatingiz  va  dastlabki  tashhis.  Laboratoriya  tekshirishi  uchun  qanday 
ashyo olasiz? Yo‗llanma to‗lg‗azing va uni asoslang. 
Vrach bakteriolog: 
Yo‗llanma va olingan ashyoni izohlang. Tekshirish o‗tkazish rejasini tuzing va  muddatini 
belgilang. YAkuniy natijani yozma ravishda bering. 
Davolovchi shifokor
Laboratoriyadan  olingan  javobni  izohlang.  Dastlabki  tashhisingiz  tasdiqlangandan  so‗ng 
etiotrop davo belgilang. Kasallikning oldini olish maqsadida qanday ishlarni olib borasiz? 
 
3.  YUqumli  kasalliklar  shifoxonasiga  og‗ir  gastroenterit,  ich  ketish,  suvsizlanish,  tana 
haroratining  pasayishi  va  boshqa  belgilari  bor  bemor  tushdi.  Bemor  2  kun  oldin  Hindistondan 
xizmat safaridan qaytgan. 
Davolovchi shifokor: 
Kasallik  alomatlari  bo‗yicha  qaysi  kasallikka  shubha  tug‗ildi.  Sizning  hatti-harakatingiz. 
Dastlabki  tashhisni  tasdiqlash  maqsadida  bakteriologik  laboratoriyada  tekshirish  uchun 
bemordan  biologik  ashyo  oling.  Yo‗llanma  to‗ldirib,  biologik  ashyoni  yuborish  qoidalarini 
izohlang. 
Vrach bakteriolog: 
SHifokor  yo‗llanmasini  izohlang.  Tekshirish  rejasini  tuzing  va  muddatini  belgilang. 
Mumkin bo‗lgan javoblarni tuzing. YAkuniy javobni asoslab bering. 
Davolovchi shifokor: 
Vaboga  shubha  tug‗ilganda  bakteriologik  laboratoriyadan  javob  olguncha  qanday  tez 
chora-tadbirlar  qo‗llaysiz?  Laboratoriyadan  olingan  javobni  izohlang  va  qo‗ygan  tashhisingiz 
tasdiqlangandan  so‗ng  etiotrop  davo  qo‗llang.  Kasallikning  tarqalishini  oldini  olish  uchun 
qanday ishlarni olib borasiz? 
 
4.  YUqumli  kasalliklar  shifoxonasiga  ichak  sohasida  o‗tkir  og‗riq  (tenezmlar),  tez-tez 
―soxta  chaqiriqlar‖  bo‗lishi,  ich  ketishi  bilan  bemor  tushdi.  Bemor  yashagan  joyda  dizenteriya 
kasalligi hodisasi bo‗lgan. 
Davolovchi shifokor: 
Simptomlari  va  epidemiologik  holati  bo‗yicha  qaysi kasallikka  shubha tug‗ildi. Dastlabki 
tashhisni  tasdiqlash  uchun  bemordan  qanday  biologik  ashyo  olib,  jo‗natasiz.  Bakteriologik 
laboratoriyaga yo‗llanma to‗ldiring va uni asoslab bering. 
Vrach bakteriolog: 
Yo‗llanmani izohlang. Tekshirish rejasini tuzing va muddatini belgilang. Mumkin bo‗lgan 
javoblarni tuzing. YAkuniy natijani izohlang. 
Davolovchi shifokor: 
Bakteriologik 
laboratoriyadan 
olingan 
javobni 
izohlang. 
Sizning 
tashhisingiz 
tasdiqlangandan  so‗ng,  etiotrop  davo  qo‗llang,  uni  asoslab  bering.  Kasallikning  tarqalishini 
oldini olish uchun qanday tadbirlar olib borasiz. 
 
5. Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuqori harorat (38
0
S), qusish, terida toshmalar, qorin 
sohasida  qattiq  og‗riq  bilan  bemor  tushdi.  U  yashaydigan  yotoqxonada  qorin  tifi  kasalligining 
hodisasi bo‗lgan. 
Davolovchi shifokor: 
Simptomlari  va  epidemiologik  holatiga  qarab  dastlabki  tashhis  qo‗ying.  Sizning  hatti-
harakatingiz,  bakteriologik  laboratoriyaga  jo‗natish  uchun  biologik  ashyo  oling.  Yo‗llanma 
yozing va uni asoslab bering. 


Yüklə 19,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə