Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya



Yüklə 19,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/102
tarix26.03.2018
ölçüsü19,01 Kb.
#34535
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   102

189 
 
Vrach bakteriolog: 
Davolovchi  shifokor  yo‗llanmasini  asoslang.  Tekshirish  o‗tkazish  rejasini  tuzing  va 
muddatini  belgilang  (qo‗zg‗atuvchining  turini  aniqlang).  Tekshirishning  natijasini  yakuniy 
javobda ko‗rsating va uni izohlang. 
 
Davolovchi shifokor: 
Bakteriologik  laboratoriyadan  olingan  javobni  izohlang.  Qorin  tifi  tashhisi  tasdiqlanib, 
qo‗zg‗atuvchining  turi  aniqlangach,  etiotrop  davo  qo‗llang,  uni  asoslang.  Kasallikning 
tarqalishini oldini olish uchun qanday maxsus va umumiy profilaktika choralarini ko‗rasiz? 
 
6.  Teri  va  tanosil  kasalliklari  shifoxonasiga  jinsiy  organida  noma‘lum  yara,  limfa 
tugunlarining  kattalashuvi,  subfebril  harorat,  suyaklarda  (tunda)  og‗riq  bo‗lishi,  uyqusizlik 
belgilari  bilan  bemor  tushdi.  Bundan  3  hafta  oldin  bemor  notanish  jinsiy  hamroh  bilan  jinsiy 
aloqada bo‗lgan. 
Davolovchi shifokor: 
Kasallik  simptomlari  va  bemor  anamneziga  asoslanib,  dastlabki  tashhis  qo‗ying.  Sizning 
hatti-harakatingiz.  Bemordan  qanday  biologik  ashyo  olasiz?  Bakteriologik  laboratoriyaga 
yo‗llanma yozing va uni asoslab bering. 
Vrach bakteriolog: 
Yo‗llanmani  izohlang.  Tekshirish  o‗tkazish  rejasini  tuzing  va  muddatini  belgilang. 
Mumkin bo‗lgan javoblarni tuzing. YAkuniy javobni asoslab bering. 
Davolovchi shifokor: 
Bakteriologik  laboratoriyadan  javob 
olingungacha  qanday  choralarni  ko‗rasiz? 
Laboratoriyadan  tasdiqlangan  javob  olingandan  keyin  etiotrop  davo  qo‗llang,  uni  asoslang. 
Profilaktik chora-tadbirlarni belgilab bering. 
7.  Bolalar  poliklinikasiga  12  yashar  bola  tomog‗ida  og‗riq,  yuqori  harorat  bilan  murojaat 
etdi.  Bolaning  4  kun  oldin  ota-onasi  bilan  qarindoshlarinikida  mehmonda  bo‗lgani  va  ularning 
bolalarida xuddi shunday simptomlar bo‗lgani aniqlagan. 
Uchastka shifokori: 
Anamnezi  va  klinik  belgilariga  binoan  bolada  qanday  kasallik  kelib  chiqqaniga  shubha 
bor? Buday vaziyatda bemorga nisbatan va infeksiyaning mabaini aniqlash, turar joy, maktabda 
epidemiyaga qarshi qanday chora-tadbirlarni olib borasiz? 
Davolovchi shifokor: 
Yo‗llanma  bilan  bemor  shifoxonaga  tushganda  dastlabki  tashhisni  tasdiqlash  uchun 
bemordan  qanday  biologik  ashyo  olib,  qaysi  laboratoriyaga  jo‗natasiz?  Yo‗llanma  to‗ldirib, 
ashyoni olish qoidasini izohlang. 
Vrach bakteriolog: 
Yo‗llanma va olingan biologik ashyoni izohlang. Bakteriologik tekshirish o‗tkazish rejasini 
tuzing va uning muddatini belgilang. YAkuniy tashhisni yozma ravishda bering. 
Uchastka shifokori: 
Kasalliklan  sog‗aygan  bola  uyga  qaytgandan  so‗ng  turar  joyda  va  uchastkangizda  shu 
kasallikning oldini olish borasida qanday ishlarni olib borasiz? 
8. Bolalar bog‗chasiga qatnaydigan 4 yashar bolada xurujli yo‗tal alomatlari paydo bo‗ldi. 
Bundan  8  kun  oldin  bolani  yuqori  nafas  yo‗llarida  kataral  holat  kuzatilsada,  u  bolalar 
bog‗chasiga  qatnashda  davom  etgan.  Bu  vaqtda  bog‗cha  hamshirasi  mehnat  ta‘tilida  bo‗lgan, 
tabiyachilar  esa  bolaning  kasalligiga  etarlicha  ahamiyat  bermagan.  Tekshirishda  shu  guruhda 
yo‗talib turgan yana uch bola aniqlangan. 
Uchastka shifokori: 
Simptomlari  va  epidemik  holatiga  qarab  dastlabki  tashhis  qo‗ying.  Tashhisni  aniqlash 
uchun  qanday  tadbirlar  ko‗rilishi  lozim?  Bog‗chada  kasallik  manbaini  aniqlash,  oldini  olish 
bo‗yicha qanday choralar ko‗riladi? 
 
 


190 
 
Vrach bakteriolog: 
Uchastka shifokori  yo‗llanmasini izohlang. Tekshirish rejasini  tuzing  va  mumkin bo‗lgan 
tadbirlarni tuzing. YAkuniy natijani izohlang. 
Davolovchi shifokor: 
Bakteriologik  laboratoridan  olingan  javobni  asoslang.  Dastlabki  tashhis  tasdiqlangandan 
so‗ng,  etiotrop  davo  tayinlang  va  bolalar  kasallikdan  sog‗ayganda  shifoxonadan  chiqarish 
qoidasini izohlang. 
9.  SHifoxonaga  go‗sht  do‗konida  ishlaydigan  qassob  yuqori  harorat,  tayanch  harakat 
organlari, periferik nerv tizimi hamda tanosil a‘zolarining zararlanishi bilan murojaat etdi. Ishchi 
kasallik sababini o‗zining kasbi bilan bog‗lamoqda. 
Davolovchi shifokor: 
Sizning  hatti-harakatigiz  va  dastlabki  tashhis.  Bakteriologik  laboratoriyada  tekshirish 
uchun qanday ashyo olasiz? Yo‗llanma to‗ldirib, uni asoslang. 
 Vrach bakteriolog: 
Yo‗llanma  va  olingan  ashyoni  izohlang  hamda  tekshirish  o‗tkazish  rejasini  tuzing. 
Mumkin  bo‗lgan  javoblarni  yozing,  yakuniy  tashhisni  davolovchi  shifokorga  yozma  ravishda 
bering. 
Davolovchi shifokor: 
Bakteriologik  usulda  dastlabki  tashhis  tasdiqlanganidan  so‗ng,  etiotrop  davo  qo‗llang  va 
bemor to‗liq tuzalgach shifoxonadan chiqarish qoidasini tushuntirib bering. 
Uchastka shifokori: 
Kasallikdan  sog‗ayib  uyga  qaytgan  shaxsga  nisbatan  turar  joyda  profilaktik  maqsadda 
qanday ishlarni olib borasiz? 
10. 54 yoshli ayolning qo‗lida karbunkul paydo bo‗lgani tufayli og‗ir ahvolda shifoxonaga 
yotqizilgan.  Bemor  uyida  yolg‗iz  yashaydi  va  qishloq  xo‗jaligi  hayvonlarini  boqmaydi. 
Anamnezidan  ma‘lum  bo‗lishicha  ayol  uyida  paypoq,  sharf,  qo‗lqop  va  boshqalarni  to‗qish 
uchun bozorda turli shaxslardan jun xarid qilgan. 
Davolovchi shifokor: 
Simptomlari va epidemik vaziyat bo‗yicha bemorda kuydirgi bo‗lishi mumkinmi? Sizning 
hatti-harakatigiz,  bakteriologik  laboratoriyada  tekshirish  uchun  biologik  ashyo  olish  qoidasini 
tushuntirib bering. Yo‗llanma yozing va asoslang. 
Vrach bakteriolog: 
Yo‗llanmani  izohlang  va  tekshirish  rejasini  tuzing,  muddatni  belgilang.  YAkuniy  natijani 
izohlang. 
Davolovchi shifokor: 
Bakteriologik  laboratoriyadan  olingan  javobni  izohlang  va  tashhis  tasdiqlangandan  so‗ng 
etiotrop  davo  tayinlang.  Kasallikdan  batamom  sog‗ayganda  shifoxonadan  chiqarish  koidasini 
xamda kasallik tarqalishini oldini olish uchun qanday maxsus va umumiy choralar ko‗riladi. 
11.  Talabalar  10  oktyabrda  Qo‗shko‗pir  tumaniga  paxta  yig‗im-terimiga  borishdi.  31 
oktyabrda  4  nafar  talabada  bosh  og‗rig‗i,  haroratning  yuqori  bo‗lishi,  ishtaha  yo‗qligi,  yorug‗ 
nur,  shovqin  yoqmasligi  belgilari  kuzatildi.  Anamnezdan  shu  narsa  ma‘lum  bo‗ldiki,  talabalar 
yotoqda quduq suvidan ichishgan. 
Uchastka shifokori: 
Anamnezi  bo‗yicha  bemorda  qanday  kasallik  paydo  bo‗lgan  va  bunday  vaziyatda 
bemorlarga hamda yotoqda yashayotgan talabalarga nisbatan Sizning hatti-harakatingiz. 
Davolovchi shifokor: 
QVP  shifokori  yo‗llanmasida  ko‗rsatilgan  dastlabki  tashhis  bilan  talabalar  shifoxonaga 
tushishdi. Bemorlarga oxirgi tashhis qo‗yish uchun ulardan  qanday  biologik ashyo  olib, qaerga 
jo‗natasiz? 
Vrach bakteriolog: 
Yo‗llanmani  izohlang.  Tekshirish  o‗tkazish  rejasini  tuzing  va  muddatini  belgilang. 
Mumkin bo‗lgan javoblarni tuzing. YAkuniy javobni asoslab bering. 


Yüklə 19,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə