Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya



Yüklə 19,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/102
tarix26.03.2018
ölçüsü19,01 Kb.
#34535
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   102

191 
 
Davolovchi shifokor: 
Bakteriologik  usulda  bemorlar  tashhisi  tasdiqlanganidan  so‗ng  etiotrop  davo  qo‗llang  va 
uni  asoslang.  Bemorlarni  kasallikdan  sog‗ayganlaridan  so‗ng  shifoxonadan  chiqarish  tartibini 
tushuntirib bering. 
Uchastka shifokori: 
Kasallikdan tuzalib turar joyiga qaytgan talabalarga nisbatan profilaktik maqsadda qanday 
ishlar olib boriladi? 
12.  45  yoshli  bemor  uzoq  muddatli  safardan  qattiq  bosh  og‗rig‗i,  tanasida  razeolyoz-
petexial  toshmalar  bo‗lishi  hamda  alahsirash  kuzatilgan  holda  uyga  qaytdi.  Og‗riq  azobidan 
shikoyat  qilib  QVP  ga  murojaat  qilgan.  Anamnezi  bo‗yicha  bemorda  epidemik  toshmali  tifga 
shubha tug‗ildi. 
Uchastka shifokori: 
Anamnezi  bo‗yicha  bemorda  epidemik  toshmali  tifga  shubha  tug‗ilgan  vaziyatda  Sizning 
hatti-harakatingiz. 
Davolovchi shifokor: 
Dastlabki  tashhisni  tasdiqlash  maqsadida  bakteriologik  laboratoriyaga  tekshirish  uchun 
qanday biologik ashyo olasiz? Yo‗llanma to‗lg‗azing va uni asoslang. 
Vrach bakteriolog: 
Olingan  biologik  ashyo  va  yo‗llanmani  izohlang.  Tekshirish  o‗tkazish  rejasini  tuzing  va 
muddatini belgilang. YAkuniy javobni yozma ravishda bering. 
Davolovchi shifokor: 
Tashhisi  ma‘lum  bo‗lgan  bemorda  davolash  ishlarini  olib  borish  tartibini  tushuntirib 
bering.  Davo  choralari  tugagach,  uni  shifoxonadan  chiqarib  yuborishda  nimalarga  e‘tibor 
beriladi? 
Uchastka shifokori: 
Epidemik  toshmali  tifdan  sog‗aygan  shaxsga  nisbatan  ko‗riladigan  chora-tadbirlar  va 
kasallikning bundan keyin uchramasligi bo‗yicha qanday ishlar amalga oshiriladi? 
13.  Bolalar  poliklinikasiga  25  oktyabr  kuni  10  yoshli  maktab  o‗quvchisi  quruq  yo‗tal, 
tumov,  yuqori  harorat,  ko‗z  qizarishi,  lunjida  toshmalar  bo‗lishi  bilan  murojaat  etdi. 
Anamnezidan o‗quvchi 15 oktyabrda mehmonda bo‗lgani va u erda xuddi shu belgilari mavjud 7 
yoshli qarindoshi bilan o‗ynagani ma‘lum bo‗ldi. 
Uchastka shifokori: 
Anamnez  bo‗yicha  bemorda  qanday  kasallik  kelib  chiqqaniga  shubha  tug‗ildi. 
Bakteriologik laboratoriyada tekshirish uchun  qanday ashyo olasiz? Yo‗llanma to‗ldiring va uni 
asoslang. 
Vrach virusolog: 
Yo‗llanma  va  olingan  biologik  ashyoni  izohlang.  Tekshirish  o‗tkazish  rejasini  tuzing  va 
muddatini belgilang. YAkuniy natijani yozma ravishda bering. 
Uchastka shifokori: 
Virusologik laboratoriyadan olingan javobni izohlang. YAkuniy tashhis qo‗yilgandan sung 
etiotrop davo belgilang. Kasallikning oldini olishda maxsus va umumiy chora -tadbirlar nimadan 
iborat bo‗ladi. 
 
14.  Uy  egasi  tongda  o‗z  uyining  hovlisiga  sigirga  em-hashak  berish  uchun  chiqqan. 
Hovlida  adashgan  tulki  unga  xujum  kilib,  bo‗ynidan  tishlamoqchi  bo‗lganda  bo‗ynini  qo‗llari 
bilan  berkitishga  ulguradi.  Xayvon  uning  qo‗lini  tishlab,  tirnab  tashlaydi  va  qochadi. 
SHikastlangan kishi 4 soat o‗tgach, uchastka shifokoriga murojaat etgan. 
Uchastka shifokori: 
Yuzaga kelgan vaziyatda uchastka shifokori sifatida Sizning hatti-harakatingiz. 
Travmatolog shifokor: 
Yo‗llanma bilan kelgan bemor anamnezidan qutirish kasalligiga shubha tug‗ildi. Bu holda 
shikastlangan kishiga nisbatan qanday tez chora-tadbirlar amalga oshiriladi. 


192 
 
Virusologik tekshirishlar o‗tkaziladimi? Qanday holatda? 
 
15.  shahar  yuqumli  kasalliklar  shifoxonasiga  isitma,  sariqlik,  holsizlik  belgilari  bilan 
bemor  murojaat  etdi.  Epidemik  anamnezi  bo‗yicha  bemor  shifoxonaga  tushishdan  oldin  uyda 
davolangan. 
Yuqumli kasalliklar shifokori: 
Kasallik  belgilari  va  anamnezi  bo‗yicha  qanday  kasallik  kelib  chiqqaniga  shubha  bor? 
Sizning hatti-harakatingiz. Bemorda tashhisni tasdiqlash uchun  qanday biologik ashyo olasiz va 
qaysi laboratoriyaga jo‗natasiz? 
Vrach virusolog: 
Yo‗llanma va olingan ashyoni izohlang. Tekshirish olib borish rejasini tuzing va muddatini 
belgilang. Yakuniy javobni yozma ravishda 192ering. 
Yuqumli kasalliklar shifokori: 
Virusologik laboratoriyadan olingan javobni izohlang. Tashhis tasdiqlangandan so‗ng davo 
ishlarini  olib  boring  va  kasallikdan  tuzalgandan  keyin  shifoxonadan  chiqarish  qoidalarini 
tushuntirib bering. 
 
 


193 
 
VII. MUSTAQIL TA‘LIM MAVZULARI 
 
Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni 
Tinglovchilarning  mustaqil  ishi  o‗rganilayotgan  mavzu  yuzasidan  ma‘lumotlarni  axborot 
texnologiyalarining  imkoniyatlaridan  keng  foydalangan  xolda  yig‗ish,  olingan  ma‘lumotlarni 
mustaqil ravishda ishlab chiqish, tahlil qilish va amaliyotda qo‗llay olishdan iborat bo‗lib, uning 
shakllari  turli  ko‗rinishda  bo‗lishi  mumkin.  Mustaqil  ishga  mo‗ljallangan  mavzular  quyida 
keltiriritilgan. 
Tinglovchilarning  mustaqil  ishiga  shuningdek,  bitiruv  malakaviy  ishlarini  bajarilishi 
borasida olib boradigan faoliyati ham kiradi. 
Mustaqil ishni bajarish natijalari baholanadi.  Uyga vazifalarni bajarish, qo‗shimcha darslik 
va  adabiyotlardan  yangi  bilimlarni  mustaqil  o‗rganish,  kerakli  ma‘lumotlarni  izlash  va  ularni 
topish  yo‗llarini  aniqlash,  internet  tarmoqlaridan  foydalanib  ma‘lumotlar  to‗plash  va  ilmiy 
izlanishlar  olib  borish,  mustaqil  ravishda  ilmiy  manbalardan  foydalanib  ilmiy  maqola  va 
ma‘ruzalar  tayyorlash  kabilar  tinglovchilarning  mashg‗ulotlarda  olgan  bilimlarini 
chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. 
 
Mustaqil ta‘lim mavzulari 
 
1.Mikroskopni tuzilishi. Mikrobiologik tekshirish usullari. 
2.Bakteriya  hujayrasining  asosiy  struktur  komponentlari  va  funksiyasi.  Prokariot  va 
eukariot hujayralarining tuzilishi. 
3.Mikroorganizmlar  fiziologiyasi:  oziqlanish,  bakteriyalar  oziqlanishida  noorganik 
moddalarning  ahamiyati.  Biologik  oksidlanish  yoki  bakteriyalarni  nafas  olishi.  Bakteriyaning 
o‗si-shi va ko‗payishi. 
4.Mikroorganizmlarning 
fermentativ 
xususiyatlaridan  amaliyotda 
foydalanish 
va 
ahamiyati. Bijg‗ish va oksidlanish jarayonlari. Ularning sanoat amaliyotdagi ahamiyati. 
5.Mikroorganizmlar irsiyatining tibbiyotdagi ahamiyati. Viruslar irsiyati. 
6.Mikroorganizmlar  ekologiyasi,  atrof-muhit  mikroflorasi.  Oziq-ovqatlar  va  boshqa 
mahsulotlar mikroflorasi. 
7.Infeksiya 
shakllari. 
Yuqumli 
kasalliklarning 
tarqalishi. 
Yuqumli 
kasalliklar 
ximioterapiyasi 
8.Immun  sistema  hujayralari,  ularning  rivojlanishi,  vazifa-lari.  Immunitetning  namoyon 
bo‗lish  shakllari.  Immun  tizimiga  bog‗liq  kasalliklar.  Dori  vositalarining  immun  sistemasiga 
ta‘siri. 
9.Zamburug‗lar keltirib chiqaradigan kasalliklar (kandidozlar). 
10.Ovqatdan zaharlanish toksikoinfeksiya qo‗zg‗atuvchilari. 
11.Rikketsiya, xlamidiya va mikoplazmalar qo‗zg‗atuvchi kasalliklar 
12. Viruslarning  infeksion xossalari (gerpes virus, onkogen viruslar). 
 
 


Yüklə 19,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə