Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   139

156 
 
paporotniklarning  yuqolib  ketgan  davri  (bo`r  davri)  gulli  o`simliklarning  paydo  bo`lishiga 
to`g`ri keladi.Akademik A.Taxtadjyan (1986) yuqoridagi «chin gul» nazariyasini ma`qullagan 
xolda,  «gul-bu  shakli  o`zgargan  bennettitlarning  2  jinsli  qubbasidir.  Bennettitlar  o`z  yo`lida 
urug`li  paporotniklardan  paydo  bo`lgan»  degan  to`ldirishni  kiritadi.  Lekin,  shuni  qayd  etish 
kerakki, shu kunga qadar bu fikrlar to`liq isbotini topmagan. Sababi, keyingi tekshirishlar shuni 
ko`rsatmoqdaki, gulli o`simliklarning ko`pchiligi uchun xos bo`lgan urug`dagi oqsil moddalar 
bennettitlar  urug`ida  yo`q  ekanligi  aniqlangan.  Gulli  o`simlikni  kelib  chiqishi  bo`yicha  yana 
ko`p  olimlar  o`z  fikrlarini  bildirganlar.  Masalan:  Nazariyotchi  botanik  olim,  O`rta  Osiyo 
florasining taniqli tadqiqotchisi M. G. Popov «Gulli o`simliklar gibridizatsiya – duragaylanish» 
yo`li bilan kelib chiqqan degan fikrni bildiradi. Bu gipoteza ham munozarali va ko`p isbot talab 
qiladi. 
 
Ikki pallalilar sinfi – Dicotyledones. 
 
Bu  sinf  vakillari  quyidagi  belgilar  bilan  xarakterlanadi:  murtagi  ikki  urug’pallali, 
urug’lari endospermsiz yoki endospermli va perspermli. Anatomik tuzilishi jihatidan birlamchi 
va  ikkilamchi.  Barglari  oddiy  va  murakkab.  Barg  qirralari  va  shakllari  har  xil.  Barg 
tomirlanishi  to’rsimon  tomirlangan.  Hayot  shakllari  daraxtsimon,  butasimon,  chalabutasimon 
va o’tsimon. Asosiy ildizi yaxshi rivojlangan. Kambiy qavati bo’lganligidan, tanasi ikkilamchi 
yo’g’onlashish  xususiyatiga  ega.  Naychalar  to’dasi  ochiq.  Gullari  besh  bo’lakli  tipda. 
Gulqo’rg’oni ko’pincha qo’sh bo’ladi. 
Biroq bu barcha belgilar emas, ammo ular ikki pallali o’simliklarni bir pallalilardan farq 
qilishga imkon beradi. Ikki pallali o’simliklarni birontasi bir pallalilar bilan chatishmaydi, hatto 
ular bir-biriga payvand qilinsa, payvand ham tutmaydi. 
 
Ikki pallalilarning ichki tuzilishi 
 
Bir pallalilar sinfi – Monocotyledones.  
 
Bu sinf vakillari yer yuzining hamma joylarida tarqalgan bo’lib, tarkibida 4ta kenja sinf, 
104 oila, 3000 avlod, va 63000 turni birlashtirgan. 
 Bir pallali o’simliklar o’ziga xos belgilari bilan  ikki pallalilardan farq qiladi. Bu  sinfga 
kiradigan o’simliklarning ichki tuzilishi ham bir-biridan farq qiladi. Ularning urug’ murtagi bir 
pallali. Urug’lari endospermli. Anatomik tuzilishi faqat birlamchi.  
 
Bir pallalilarning ichki tuzilishi 
 
Poyadagi o’tkazuvchi bog’lamlari  yopiq  (kambiysiz), kollaterial va tartibsiz joylashgan. 
Ularda poya va ildizlarining yo’g’onlashmasligiga sabab po’stloq bilan markaziy silindr qismi 
o’rtasida ikkilamchi paydo qiluvchi to’qima – kambiy qavatining bo’lmasligidir. Lekin ayrim 
bir pallalilardan yog’ochsimon dratsena, yukkalarda kambiyning hosil bo’lishi bilan birga ular 
eniga yo’g’onlashadi. Bir pallali o’simliklarning bir vaqt qurib qolishi tufayli poyasining pastki 
tomonidan qo’shimcha ildizlar o’sib chiqib sochma – popuk ildizni hosil qiladi. Barglari faqat 
oddiy,  qirralari  butun,  parallel  yoki  yoysimon  tomirlangan.  Barg  shakllari  lansetsimon, 
lentasimon,  chiziqsimon,  naychasimon,  tuxumsimon  bo’ladi.  Gulqo’rg’oni  oddiy,  asosan  uch 
a’zoli. Hayot shakllari o’t, qisman daraxtsimon o’simliklar.  
Hozirgi  yopiq  urug’lilardan  ko’p  mevalilar  (magnoliyagullilar, 
ayiqtovongullilar,  zirkgullilar)  va  ba’zi  boshqa  o’simliklar  eng  oddiy 
o’simliklar  hisoblanadi.  Ko’p  mevalilarning  juda  ko’p  oddiy  belgilari 
xos  bo’lgan  tipik  gulining  spetsifik  tuzilganligi  buning  isbotidir. 
Ularning  gul  o’rni  konussimon,  gultoji  ayrim  gulbargli,  gulbarglari 
ko’p,  ular  spiralsimon  joylashgan  va  hokazo.  Changchi  va 


157 
 
urug’chilarning ko’pligi bu o’simliklar uchun ayniqsa xarakterli. 
Ko’p mevalilar qabilasi – (Polycarpicae). 
Ko’p  mevalilar  qabilasi  23ta  oilani  o’z  ichiga  oladi.  Bu  qabilaga  kiruvchi  daraxtlardan 
magnoliyadoshlar,  lavrdoshlar,  zirkdoshlar,  o’t  o’simliklardan  esa  ayiqtovondoshlar  eng 
tipikdir.  
Ko’p mevalilarning gullari xilma-xil bo’lgani bilan ular sodda tipda tuzilgan.  
Biz faqat magnoliyadoshlar va ayiqtovondoshlarni ko’rib chiqamiz. 
Magnoliyadoshlar oilasi – Magnoliaceae. 
Bu oilaga faqat daraxt va butasimon o’simliklar kiradi. Ularning 12 avlod 100 ga yaqin 
turi  bor.  Ularning  asosiy  vatani    Shimoliy  yarim  sharimizdagi  subtropik  iqlimli  joylardir. 
Barglari  oddiy,  ko’pincha  yon  bargchalari  bo’ladi,  yirik,  navbat  bilan  joylashgan.  Bu  oila 
vakillarining  ba’zilari  doim  yashil  tursa,  ba’zilari  kuzda  bargini  to’kadi.  Barglarida  efir  moy 
chiqaradigan ichki bezchalar bor. Bu oilaga mansub bo’lgan ayrim o’simliklarning ikkilamchi 
o’tkazuvchi  naychalari  o’rnida  ochiq  urug’lilar  kabi  teshikchalar  bilan  o’ralgan  traxeidlar 
bo’ladi.    Gullari  ko’pincha  ikki  jinsli,  aktinomorf  bo’lib,  gul  o’rni  cho’ziq.    Gulqo’rg’on 
bargchalari har xil sonda, 6 tadan 12 tagacha va bundan ko’proq bo’lib, ba’zi vakillarida spiral 
holda  joy  olsa,  ba’zilarida  doiralar  hosil  qiladi,  ko’pincha  uch  bo’lakli  bo’ladi.  3tadan  doira 
bo’lib joylashganlarida tashqisi ranggi bilan boshqalardan farq qiladi va kosacha hosil qiladi. 
Talaygina  otaliklar,  urug’kurtaklari  tugunchalar  chetidan  joy  oladigan  ko’p  a’zoli  apokarp 
genitsey  hosil  qiluvchi  meva  barglari  senokarp  spiral  bo’lib  joylashgan.  Gulqo’rg’on 
bargchalari  ranglari  odatda  oq  yoki  pushti.    Mevasi  barglardan  iborat  bo’lgan  g’uddaga 
o’xshagan to’pmeva. 
 
Bu oilaning tipik vakili magnoliya avlodidir. 
Uning  qisman  Sharqiy  Osiyoda,  qisman  Shimoliy  Amerikada  uchraydigan  30  ga  yaqin 
turi bor. Magnoliyalarning ba’zi turlari Floridada yovvoyi holda o’sadi. Subtropik iqlimli rayon 
bo’lgan Qrim va Zakavkazeda ekib o’stiriladi. Park va bog’larda, asl vatani shimoliy Amerika 
bo’lgan yirik gulli magnoliya (M.grandiflora) ekiladi. Bu o’simlik kalta bandli, barglari katta-
katta  va  oddiy,  cheti  butun,  qalin,  yaltiroq  bo’ladigan  daraxtdir.  Shu  barglarining  yonbarglari 
kurtakdan  hali  ochilmagan  yosh  barglarni  saqlab  turadi.  Yakka-yakka  bo’ladigan  yirik-yirik 
gullarining  diametri  10  smga  boradi  va  bundan  ham  oshadi.  Gullari  oq  yoki  pushti  rangda 
bo’lib, juda xushbo’y.  
 Gul  o’rni  cho’ziq  konussimon  shaklda.  Unda  gulqo’rg’oni  6-12ta  nimrang,  yirik-yirik, 
bargchalari uch a’zoli doira bo’lib turadi. Changdonlar cho’zinchoq bo’lib, bog’lam atrofidan 
joy oladi. Gul o’rnini 2/3 bo’lagini yuqori qismini ginetsiy egallagan. Spiral holda joylashgan 
talaygina  meva  bargchalarining  har  qaysisi  mustaqil  onalik  hosil  qiladi,  shu  bilan  birga  o’rta 
tomirdan bukilib turadigan meva bargchasining chetlari bir-biriga qo’shilib ketadi va shu tariqa 
yuzaga  kelgan  bir  uyali  tugunchadan,  ko’pincha  2  ta  urug’kurtak  joy  oladi(  ba’zi  turlarida 
urug’kurtaklar  6  donagacha  bo’ladi).  Onalik  ustunchasi  yo’q,  shuning  uchun  og’izchaning 
chang  ushlaydigan  yuzasi  meva  bargchasining  chetida,  yuqori  qismida  turadi.  Tugunchasi 
ustki.  
Gullash  tamom  bo’lgandan  keyin  gulqo’rg’on  bargchalari  bilan  otaliklari  tushib  ketadi, 
ularning  o’rni  esa  chuqurcha-chuqurcha  bo’lib  qoladi:  gul  o’rni  qalinlashadi  va  onaliklardan 
kulrang  tukli  bir  talay  bargsimon  meva  hosil  bo’ladi,  ular  qorin  chokidan  ochiladi.  Shu 
mevalarni bo’yi 5-7 sm va bundan ko’proq keladigan cho’zinchoq “qubba” hosil qiladi. Pishib 
yetilgan urug’lari qizil rangda bo’ladi va etdor po’st bilan qoplanib ipdek uzun bandida pastga 
osilib turadi. 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə