158
Magnoliya daraxtining gullari.
Magnoliyagullilarning boshqa vakillaridan lola daraxti (Liriodendron) ni
ko’rsatish mumkin. Bu avlod vakillari Kavkaz, Qrim va O’rta Osiyoning janubidagi Ashxobod
va Dushanbedagi parklarda, hozirgi vaqtda Toshkentdagi parklarda ham o’stirilmoqda. Lola
daraxtining bo’yi magnoliyaning bo’yidan biroz balandroq, 40mga yetadi. Lola daraxtining
barglari oddiy, panjasimon o’yilgan bo’lib, poyada ketma-ket joylashgan. Gulqo’rg’oni uch
qavat. Gullarining diametri 6-8sm, changchilari cheksiz, mevalari ikki urug’li qanotcha. Bu
darxtning gullari sirtidan lolaga birmuncha o’xshaydi, lekin rangi loladek ochiq bo’lmaydi,
ko’kimtir-sariq rangli bo’ladi. Lola daraxti Amerikada “oq terak” deb ataladi. Uning
yog’ochidan har xil asboblar tayyorlanadi . Magnoliyagullilarning ko’pchiligi dekorativ
o’simlik sifatida o’stiriladi. Bu oila vakillari eng qadimgi o’simliklardan biridir. Bo’r davriga
taaluqli qazilma qoldiqlar shundan guvohlik beradi. Oddiy novdaga xos ko’pgina belgilarni
saqlab qolgan oddiy tuzilishli gullar, shuningdek boshqa morfologik belgilar bu oilaning qadim
zamonlardan qolganligiga mos keladi. Ularning ba’zi vakillarining yog’och qismida suv naylari
yo’q, shunga ko’ra suv o’tkazuvchi elementlar hoshiyador teshikchali trxeidlardangina iborat
bo’ladi, shu tufayli bularning yog’och qismi ninabarglarning yog’och qismiga juda o’xshab
ketadi.
25
Ayiqtovondoshlar oilasi – Ranunculaceae.
Bu oila 45 turkum 2000 dan ortiq turni o’z ichiga oladigan katta oila bo’lib, ko’pchilik
vakillari bir va ko’p yillik o’tlardir. Ba’zan buta va lianasimon butalar ham uchraydi. Ularning
barglari navbatlashib joylashgan, ko’pincha panjasimon yoki patsimon qirqilgan yon barglari
bo’lmaydi. Bu oila vakillarining gullari har xil tuzilgan: ba’zilarida aktinomorf, ba’zilarida
zigomorf bo’lsa, goho siklik, goho doirali bo’ladi. Ularning guli shingil va boshoqsimon gul
to’plamlaridan iborat yoki yakka holda joylashgan. Gullari ikki jinsli. Gulqo’rg’oni murakkab
ba’zan oddiy (qarg’atuyoqlar-Anemone). Gulkosa 5ta, ba’zan 3-20 ta, gultoji ochiq rangli,
tojbargi 2-20 ta, ba’zan mayda bo’lib, shiradonlarga aylangan. Onaligi ko’p, erkin, changdoni
esa gulning ichkarisiga yoki tashqarisiga qaragan bo’ladi. Genitseyi ko’p, ba’zan bitta, apokarp
tipda tuzilgan, onaligi bir meva bargli. Tugunchasi ustki, bir uyali, 1ta yoki bir nechta
urug’kurtakli.
1.
25
V. Ch. Evans Farmakognoziya. –Xalqaro nashr: Edinburg, London Nyu– York,
Filadelfiya, Sidney, Toronto (16 nashr).- Saunders Elsevier Limited, 2009.
159
Ayiqtovondoshlarning asosiy gul tuzilishi
Bu oila vakillarining xarakterli belgisi otaliklarining magnoliyadoshlar oilasining
vakillaridagi singari cheksiz bo’lib, ko’pincha spiral joylanishi, onaligining qariyb hamma vaqt
erkin bo’lishidir. Ayiqtovondoshlarning to’qimasida efir moyi bezlari bo’lmasa ham, lekin
tarkibida chorva mollari uchun zaharli bo’lgan alkaloidlar, glikozidlar, saponinlar bo’ladi.
Shuning uchun bu oila vakillarini mollar xush ko’rib yemaydi, ko’plari zaharli o’tlar
hisoblanadi. Ovqat uchun faqat bir turi sedana (Nigella sativa) ekiladi.
Ayiqtovondoshlar oilasi ba’zi turlarining mevasi bargsimon bo’lsa, ba’zilarining mevalari
ochilmaydigan yong’oqchalar holida bo’ladi. Ba’zan rezavor va ko’sakcha mevalilari ham
uchraydi.
Bu oilaga kiruvchi tipik vakillardan biri ayiqtovon (Ranunculus) avlodidir. Bu avlod 600
turga ega. Bular orasida o’rta mintaqada eng ko’p uchraydiganlaridan zaharli ayiqtovon
(R.sceleratus), o’rmalovchi ayiqtovon (R.repens), o’yuvchi ayiqtovon (R.acer) ni aytib o’tish
mumkin.
O’rmalovchi ayiqtovon ( Ranunculus repens) .
Nam joylarda ko’p uchraydigan o’t bo’lib, ildiz yonidan chiqqan uchta-uchtalik yopirma
barglari (rozetkasi) bor. Gullari simoz tipda shoxlanadigan yopiq to’pgulda joylashgan.
Gulning qo’sh gulqo’rg’oni bor. Bu gulqo’rg’on, 5 ta gulkosacha va och sariq rangli 5 ta
gultojbarglardan tashkil topgan. Har qaysi gulbarg tagida nektardonli kichkina chuqurcha bor,
bu chuqurcha sariq rangli tangacha bilan bekilib turadi. Otaliklar soni cheksiz sonda bo’lib,
spiral holda joylashgan. Ulardan yuqoriroqda talaygina onaliklar joylashgan. Har qaysi onalik
bitta mevabargchasidan iborat bo’lib, ularda ko’zga arang ilashadigan ustuncha bor. Bir uyali
tugunchada bitta urug’kurtak bo’ladi. Mevasi ochilmaydigan quruq meva – yong’oqchadan
iborat.
O’rmalovchi ayiqtovon – Ranunculus repens
Dala ayiqtovoni (R. parvensis).
Bir yillik o't o'simlik, bo'yi 10-30 sm. Mevalari ilmoqli tugunchalarga ega. zararli va
zaharli begona o't hisoblanadi.
Zaharli ayiqtovon ( R. Sceleratus).
160
Ko'p yillik o't o'simlik, bo'yi 20-55 sm, poyasi yumshoq va kovak. Botqoqlarda, daryo va
ariq bo'ylarida o'sadi.
O'yuvchi ayiqtovon ( R. Acer).
Ko'p yillik, zaharli o't o'simlik, bo'yi 80 sm gacha yetadi. Barglari barmoqsimon
qirqilgan. Ildizoldi barglari uzun bandli, poyaga o'rnashgan barglarining bandi qisqa bo'lishi
ham mumkin. Daryo bo'ylari, zax yerlarda va ariq bo'ylarida o'sadi.
Severtsev ayiqtovoni ( R. Severtsovii).
Ko'p yillik o't o'simlik. Adir va tog' etaklarida tarqalgan.
Bu oilaga: Adonis yoki suvur o’t - Adonis, sedana - Nigella, isparak - Delphinium, akonit
- Aconitum, uchma - Ceratocephalus kabi avlodlar ham kiradi.
R. aquatilis R. bulbosus R. ficaria R. multifidus
Uchma avlodi ( Ceratocephalus).
Ular erta bahorgi, efemer o't o'simliklar. Barglari uchtali qirqilgan va ildiz oldiga
o'rnashgan. O'simlikning bo'yi 1dan 10 smgacha, poyasi bargsiz. Gullari aktinomorf, ikki jinsli,
hasharotlar yordamida changlanadi. Gulkosa va gultojbarglari 5 tadan, erkin o'sgan,
changchilari 5 -15 tagacha, urug'chisi cheksiz. Gullagan davrida hayvonlar uchun zaharli
hisoblanadi. O'zbekistonda 2 turi: C. orthoceras va C. falcatus uchraydi.
Trollius avlodi ( Trollius). Ular ko'p yillik o't o'simlik. Barglari oddiy panjasimon.
Kalujnitsa avlodi (Caltha). Erta bahorda gullaydigan zaharli o't o'simlik. Nam yerlarda
o'sadi. Botqoq kalujnitsasi (C. palustris) gullari yirik va sariq rangda.
Anemone avlodi (Anemone) ko'p yillik o't o'simlik. Barglari uchtali yoki panjasimon,
poyaga ketma-ket o'rnashgan, ildizoldi barglari ham bo'ladi.
Bandchali anemone ( A. petilosa) bo'yi 20 sm atrofida bo'ladi. Efemorand, erta bahorda
gullaydi, gultojbarglari sariq rangda. Zaharli o'simlik.
Adonis avlodi (Adonis).
Bu avlodning hamdo’stlik mamlakatlarida tarqalgan 11turidan 9tasi O’rta Osiyoda
uchraydi. Ularning jamisi ko’p yillik o’t o’simlik. Gul qo’rg’oni murakkab, to’g’ri gul, ikki
jinsli, kosachabarglari 5ta birlashmagan, tojbarglari cheksiz, changchi va urug’chilari cheksiz.
Mevasi ko’p urug’li. O’zbekistonda bu avlodning turkiston suvur o’ti (A.chrysocastus) deb
yuritiladigan turi Zarafshon, Oloy va Turkiston tizma tog’larining mayin tuproqli yon
bog’irlarida keng tarqalgan. U baland bo’yli, yirik sariq gulli, o’ziga xos xushbo’y hid taratadi.
Tibbiyotda dori-darmon olish uchun ishlatiladigan adonizin shu o’simlikdan olinadi.
Akonit avlodi - (Aconitum).
Bu avlod vakillari ildizlari tugunaksimon, bo’rtgan, poyasi tik chiqqan, barglari
panjasimon qirqilgan, yirik gulli o’t o’simliklar bo’lib, ularning gullari noto’g’ri, ko’k,
Dostları ilə paylaş: |